• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Dahshatli avtohalokat va saraton sindira olmagan aktrisa: “Sarobga aylangan umidlar” filmi yulduzi Mahima Chaudxari hozir qayerda? (foto)

    1997-yilda Mahima Chaudxari Shohrux Xon bilan “Sarobga aylangan umidlar” melodramasida debyut qilganida, ko‘pchilik uning porloq kelajagini bashorat qilgan edi, deb yozadi Bollywoodtime.

    Foto: Bollywoodtime

    Film muvaffaqiyatga erishdi va Mahima eng yaxshi debyut roli uchun Filmfare mukofotiga sazovor bo‘ldi. Rejissor Subhash Gxay Mahimani ko‘rib, rolga tasdiqlashdan oldin 3000 ta aktrisani tinglaganiga ishonish qiyin. Biroq umid beruvchi go‘zal ertak tezda yakun topdi va tez orada u muammo hamda janjallar girdobiga tushib qoldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Mahima Chaudxarining haqiqiy ismi Rita. Ammo uni suratga olgan birinchi rejissor shu qadar g‘alati ediki, u faqat ismlari “M” harfi bilan boshlanadigan aktrisalarni rolga tasdiqlashni xohladi (Madxuri Dikshit, Minakshi Sheshadri, Manisha Koyrala). U Ritaning ismini Mahimaga o‘zgartirishga majbur qildi va o‘shandan keyin u shu taxallus bilan tanildi.

    Foto: Bollywoodtime

    Mahima 1973-yil 13-sentabrda G‘arbiy Bengaliyaning Darjiling shahrida tug‘ilgan. Aktrisa o‘z go‘zalligini nepallik onasi va hind otasidan meros qilib oldi. Uning shunchalar go‘zalligidan, hatto o‘smirlik chog‘idanoq reklama agentliklari unga e’tibor berishni boshladi. U o‘qishni yoqtirmasdi, shundandir balki, suratga tushish uchun maktabni xursandchilik bilan tark etdi. Keyinchalik u Bombeyga ko‘chib o‘tdi va u yerda boshlovchi bo‘lib ishladi. Aynan o‘sha yerda Subhash Gxay uni ko‘rib qoldi.

    Foto: Bollywoodtime

    “Sarobga aylangan umidlar” butun Hindistonni larzaga solib, 1997-yilning eng ko‘p daromad keltirgan Bollivud filmlari beshligiga kirdi va bir qancha nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Biroq muvaffaqiyat aktrisa va rejissor o‘rtasidagi xunuk janjal soyasida qoldi. Mahima Subhash Gxayni qo‘rqitish va ta’qib qilishda aybladi, shuningdek, kino sanoatining boshqa aktyorlaridan u bilan ishlamaslikni so‘radi.

    Foto: Bollywoodtime

    Aslini olganda, Gxay asosiy rollarni faqat unga ma’lum xizmatlar ko‘rsatgan aktrisalarga bergani bilan tanilgan, ammo Mahimadan oldin uning qahramonlaridan hech biri bu haqda ochiq gapirmagan. Chaudxarining jasorati kimlarningdir g‘ashiga tegdi va u darhol “surbet yulduz” deb nomlandi. Katta rejissorlar Mahima blan ehtiyotkorona munosabatda bo‘ldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Mahimaning navbatdagi loyihasi Sanjay Datt bilan hamkorlikdagi “Tavba” trilleri, undan keyin esa “Yurak qanday urishi kerak?” melodramasi bo‘ldi, unda rol ijro etish Mahima uchun juda qimmatga tushdi. Akrisa o‘sha kunni shunday eslaydi:

    “Men Ajay Devgan va Kajol bilan film ustida ishlayotgan edim, studiyaga ketayotganimda baxtsiz hodisaga uchradim. Yuk mashinasi mening mashinamga urildi va shisha yuzimni kesib tashladi. Men o‘layapman deb o‘yladim. O‘shanda shifoxonaga borishimga hech kim yordam bermadi. O‘zimni ko‘zguda ko‘rib, dahshatga tushdim. Shifokorlar meni operatsiya qilib, tanamdan 67 dona shisha olib tashladi. Ko‘p filmlardan voz kechishga to‘g‘ri keldi. Men hammadan yashiringan edim. Va faqat oilam tufayli omon qoldim”.

    Foto: Bollywoodtime

    Ammo bundan keyin ham uning karyerasida ajoyib va e’tiborga molik rollar paydo bo‘ldi. Masalan, “Yurak urishi”, “Qochoq”, “Menga faqat sevgi kerak” kabi filmlarda ko‘rish mumkin.

    Mahima Chaudxari va Leander Payes

    Mahima Chaudxari va Leander Payes
    Foto: Bollywoodtime

    Mahimaning so‘zlariga ko‘ra, uning karyerasiga ta’sir qilgan yana bir fakt shaxsiy hayoti edi. 2000-yilda u tennischi Leander Payes bilan uchrashdi va ularning munosabati jiddiy tus oldi. Keyinchalik u bu tufayli qimmatli yillarini yo‘qotganini aytib o‘tdi. Leander o‘sha paytda aktyor Sanjay Duttga turmushga chiqqan Reya Pillay bilan ham munosabatda bo‘lganini bilgach, uning orzulari va umidlari bir zumda puchga chiqdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Mahima Reya undan farzand kutayotganini bilgach, darhol Leander bilan barcha munosabatlarni uzdi va 2006-yilda me’mor va biznesmen Bobbi Mukerjiga turmushga chiqdi. Ularning munosabati 2011-yilgacha, er-xotinning ajrashgani haqida xabar paydo bo‘lgunga qadar sir bo‘lib qoldi. Ularning Ariana ismli qizi bor. U hozir 15 yoshda va u onasi kabi go‘zal bo‘lib ulg‘aymoqda.

    Foto: Bollywoodtime

    Ammo baxtsiz hodisa va xiyonatga boy munosabatlar Mahima hayotida yetarli emasdek tuyildi. Yaqinda unga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. “Men davolandim va hozir juda yaxshi holatdaman”, — deydi aktrisa. U oxirgi marta 2016-yilda “Qora shokolad” filmida ishtirok etgan. Ammo tez orada u “So‘nggi imzo” loyihasi bilan ekranlarga qaytadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Mavzuga doir:

    • Bollivud aktrisasi Sonam Kapur ilk marta ona bo‘ldi (foto)
    • Bollivud aktrisasi Shilpa Shetti suratga tushish vaqtida jiddiy jarohat oldi
    • “Yillar davomida gaplashmagan bo‘lsak-da, bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdik”. Amir Xon Juhi Chavla bilan do‘stligi haqida

    05.09.2022, 18:12   Izoh (0)   27944
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yiliga 120 million so‘m: Nafaqat san’atdan, balki dehqonchilikdan ham katta mablag‘ topayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video)

    05.09.2022, 15:45

    Shahnoza Mirziyoyevaning qadrdon dugonasi hamda Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandasi Lola 37 yoshda (foto, video)

    05.09.2022, 12:48

    Yangi filmlarda odatiy ampulasidan tubdan farq qiladigan obrazlarni gavdalantirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    05.09.2022, 10:50

    Instagram: Shohruxxon va Asal Shodiyeva xonadonida bayram, bir kunda 3 o‘g‘lini uylantirgan Sobirjon Mo‘minov, Ra’no Yarasheva oilasida judolik

    04.09.2022, 22:57

    Sharq malikalari: Xande Erchel, Fahriye Evjen hamda boshqa eng mashhur turk aktrisalarining hashamatli uylari (foto)

    04.09.2022, 20:57

    Gollivud yulduzi Bred Pitt 20,5 million dollarni kimlarga va nima uchun berdi?

    04.09.2022, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.