Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda rus tilini rasmiy maqomdan mahrum qilib bo‘lmasligini va buning sababini ma’lum qildi. Bu haqda u “Kabar” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Japarovning aytishicha, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun unga minnatdorlik bildirgan.
Rus tili bizda Konstitutsiyada rasmiy til sifatida mustahkamlangan. Aynan rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun Vladimir Vladimirovich minnatdorchilik bildirdi. Aslida rus tili bizga muhtoj emas, biz unga muhtojmiz. Birinchidan, rus tili dunyodagi oltita tildan biridir. Ikkinchidan, rus tilisiz Qirg‘izistondan uzoqqa ketolmasligimizni unutmasligimiz kerak. Masalan, MDH davlatlarini aytmay qo‘ya qolay, qo‘shni davlatlarni olaylik. O‘zbekiston yoki Tojikistonga borsangiz, rus tilisiz muloqot qila olmaysiz.
Xuddi shu Yevropa, Amerika, Xitoyda rus tarjimonlaridan foydalanishadi. Siyosatchilarning rus tili maqomini o‘zgartirish taklifi noto‘g‘ri. Albatta, birinchi navbatda tilimizni rivojlantirishimiz kerak. Lekin rus va ingliz tillarini ham bilishimiz kerak. Dunyoning yarmi shu ikki tilda gaplashadi, dedi siyosatchi.
Sadir Japarov hozirda yoshlar 3-4 tilda gaplashayotganini qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, ko‘p til bilish yaxshi, chunki inson dunyoning qaysi burchagiga bormasin, o‘zini erkin his qiladi.
2-iyul kuni Japarovni Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qildi. Qirg‘iziston rahbari o‘z davlati Rossiya bilan gumanitar aloqalarni rivojlantirayotganini ta’kidladi. Masalan, 43 ga yaqin maktabda Rossiyadan kelgan 200 nafar o‘qituvchi ishlaydi. Putin qirg‘izistonlik hamkasbiga rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Avvalroq Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengash a’zosi Sadirdin Toraliyev rus tilini rasmiy maqomdan mahrum qilishni taklif qilgan edi. U o‘z taklifini yoshlar o‘z ona tilida gaplashmay qo‘ygani bilan izohlagandi.
Izoh (0)