• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston prezidenti IHT doirasida “Ekoinvest” dasturini qabul qilish muhimligini aytdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajap Toyyip Erdog‘on, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari v.b. Mulla Abdul G‘ani Barodar, IHT bosh kotibi Asad Majid Xon hamda boshqa qator davlatlar va mintaqaviy tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari qatnashdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    IHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

    O‘zbekiston prezidenti so‘zining avvalida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdid solayotgan xavf-xatarlarni qayd etdi. O‘zbekiston yetakchisi mojaro va nizolarni diplomatiya va konstruktiv muzokaralar yo‘li bilan hal etish muhim ekanini yana bir bor taʼkidladi.

    Shu bilan birga, Falastin—Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishib bo‘lmasligi taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilish kun tartibiga o‘tar ekan, O‘zbekiston prezidenti qator dolzarb masalalarga eʼtibor qaratdi.

    Avvalo tashkilotning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadida “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari — 2035” konsepsiyasini qabul qilish muhimligi qayd etildi. Hujjatda anʼanaviy yo‘nalishlar bilan bir qatorda innovatsiyalar, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratish zarur.

    Ayniqsa, tovarlar va xizmatlar savdosini soddalashtirish, texnik va notarif to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, elektron tijoratni rivojlantirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu boradagi strategik masalalarni muhokama qilish va Savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish uchun joriy yilda Toshkent shahrida savdo vazirlarining uchrashuvini o‘tkazish taklif qilindi.

    Davlat rahbari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha tezkor axborot almashish va ularni to‘siqsiz yetkazib berish uchun “yashil yo‘laklar” tizimini yaratish tashabbusini ilgari surdi.

    Investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yanada shaffof va jozibador investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida uzoq muddatli “Ekoinvest” dasturini qabul qilish muhimligi taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etish, deb hisoblaymiz”, dedi O‘zbekiston yetakchisi.

    Hozirgi geosiyosiy sharoitda muqobil transport yo‘laklarini shakllantirish strategik ustuvor vazifadir. Istiqbolli Transafg‘on yo‘lagiga tutashtirilishi mumkin bo‘lgan Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi keng mintaqadagi tranzit tarmoqlarini samarali bog‘lash imkonini berishi qayd etildi.

    Davlat rahbari transport-logistika sohasini raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini tashkil etishni tezlashtirish taklifini ham ilgari surdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Mintaqada yangi aviaqatnovlar yo‘nalishlarini ochish, aviakompaniyalar o‘rtasida innovatsion hamkorlik shakllarini yo‘lga qo‘yish, turizm va aviatsiya sohalari o‘rtasida marketing bo‘yicha integratsiyalashgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir”, dedi O‘zbekiston rahbari.

    Shu masalalarni muhokama qilish uchun joriy yilda Samarqandda Milliy aviakompaniyalar forumini o‘tkazish taklif qilindi.

    Sayyohlar oqimini ikki barobar oshirish uchun katta salohiyat borligi ko‘rsatib o‘tildi. Tashkilot doirasida turizm xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilinishi bunga xizmat qiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Global iqlim kun tartibidagi masalalarda saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligini qayd etib, prezident cho‘l hududlarida o‘rmonlar tashkil qilish va rekreatsiya zonalarini barpo etish bo‘yicha Transchegaraviy “yashil dastur” ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

    O‘zbekiston yetakchisi Yuqori darajadagi qo‘mita ishini ijobiy baholab, unga kelgusi sammitga qadar IHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar tayyorlash vazifasini topshirishni taklif qildi.

    “Islohotlar hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish, tashkilotning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori va nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi”, dedi prezident.

    Davlat rahbari so‘zining yakunida ushbu sammit Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikka kuchli surʼat bag‘ishlashi va yangi bosqichni boshlab berishiga ishonch bildirdi.

    4 iyul, 17:05   Izoh (0)   681
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston—Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davrini boshlashga kelishildi

    5 fevral, 11:49

    “Yashil” energetika, savdo uyi, turizm haftaliklari: Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri bilan muzokara o‘tkazdi

    17 fevral, 17:22

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan muzokara olib bordi. Nimalar muhokama qilindi?

    26 fevral, 14:33

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    26 fevral, 21:31

    Shavkat Mirziyoyev SHHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayevni qabul qildi

    5 mart, 19:25

    Gruziya bosh vazirining Toshkentga safari: O‘zbekiston “Kavkaz yuragi” orqali nimalarni reja qilmoqda?

    6 mart, 15:56

    Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlatdan yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi (foto)

    6 mart, 16:40

    Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi

    5 aprel, 17:04

    Shavkat Mirziyoyev umumiy aktivlari qiymati 200 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan Vengriyaning yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi

    20 may, 15:50

    Shavkat Mirziyoyev OTP Bank Group direktorlar kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    20 may, 16:47

    Toshkentda SpaceX, Meta, Boeing kabi kompaniya vakillari ishtirokida xorijiy investorlar kengashi yalpi majlisi o‘tkazildi

    11 iyun, 15:08

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

    17 iyun, 19:30

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hukumatlari tomonidan imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi

    24 iyun, 20:25

    O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy forumida: mintaqaviy faollik va  iqtisodiy diplomatiya 

    27 iyun, 21:30

    O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

    2 iyul, 11:27

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan keldi (foto)

    2 iyul, 14:03

    “Munosabatlarimiz tarixda hech qachon bugungidek yuksak darajada bo‘lmagan” — Shavkat Mirziyoyev

    2 iyul, 17:30

    Samarqandda mansabdorlar eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi

    2 iyul, 19:10

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildi

    2 iyul, 19:36

    “Siz mamlakat hududiy yaxlitligini tikladingiz”. Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjon erishayotgan yuksak natijalardan xursandligini aytdi

    2 iyul, 20:31

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib berdi (foto)

    2 iyul, 22:07

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    2 iyul, 22:38

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    2 iyul, 23:05

    Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev va Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)

    3 iyul, 15:02

    Shavkat Mirziyoyev Fuzuliy shahriga bordi

    3 iyul, 16:06

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Xonkendi shahrida qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi

    3 iyul, 17:39

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi

    3 iyul, 18:41

    Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev hamrohligida IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi (foto)

    3 iyul, 21:11

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    3 iyul, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chaqaloq onasiz qoldi”: Toshkent viloyatida er ayolini o‘lgunicha kaltaklab, vafotiga sababchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 21:40

    Nepalda dronlar Everestdagi chiqindilarni tozalashni boshladi (video)

    Dunyo | 4 iyul, 21:30

    Yangicha suv hisoblagich, aholi qarzdorligi va subsidiyalar: Toshkentda issiq suv taʼminoti haqidagi savollarga javoblar

    O‘zbekiston | 4 iyul, 21:22

    Slotdan Salahgacha: “Liverpul” vakillari Diogu Jotani qanday xotirlamoqda?

    Sport | 4 iyul, 21:12

    Neyrotarmoqlar OAV trafigining pasayishiga sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 4 iyul, 21:10

    O‘zbekistonda iyunda qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlangani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.