AQSHning Jorjiya shtatida o‘lik ayolning homilasi kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dirib olindi. Bu haqda ayolning onasiga tayanib BBC xabar berdi.

Marhum ayolning ismi Adriana Smit bo‘lib, uning farzandiga Chance deb ism qo‘yilgan. U 13-iyun kuni muddatidan avval dunyoga keltirilgan. Vazni 0.8 kilogramm bo‘lgan bola hozirda neonatal reanimatsiya bo‘limida saqlanayotgani aytilgan. Adriananing onasi Aprel Nyukirk shunday dedi:
“Bolani yaxshi bo‘lishini aytishdi. Hozirda u hayot uchun kurashmoqda. Men uning haqiga duo qilyapman”.
Ayolning aytishicha, 31 yoshli hamshira bo‘lgan marhuma qizi 17-iyun kuni sun’iy nafas apparatidan uzib qo‘yilgan.
Adriana fevral oyida qattiq bosh og‘rig‘i tufayli shifoxonaga borgan va unga dori-darmon berilib, uyiga jo‘natilgan. Ammo ertasi kuni Adriana nafas qisishidan uyqusidan uyg‘onib ketgan. Emori universiteti kasalxonasi uning miyasida tromb hosil bo‘lganini aniqlab, uni “o‘lgan” deb ma’lum qilgan.
O‘sha paytda uning homilasi tug‘ilishiga 3 oydan ko‘proq vaqt bor edi. Shifokorlar oilaga sun’iy nafas qurilmasini o‘chirib qo‘ya olmasligini ma’lum qilgan. Chunki shtat qonunlariga ko‘ra, homiladorlikning oltinchi haftasidan keyin abort qilish mumkin emas.
Izoh (0)