• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bolam o‘lgan bo‘lsa, murdasini bering, aza tutay” — Samarqanddagi shifoxonada bolasini yo‘qotgan ota

    “Daryo”da Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan chaqaloq davolanish uchun Samarqand viloyatidagi shifoxonaga olib borilgani va u yerda dom-daraksiz yo‘qolgani xabar berilgandi. Bu haqda tahririyatga murojaat qilgan onaizor Ziyoda Jovliyeva ayni kunda farzandining na tirik va na o‘likligini bilmasligini aytgandi. “Daryo”ga qayta murojaat qilgan Ziyoda Jovliyeva hamda uning turmush o‘rtog‘i Otabek Ro‘zimov Samarqand shahar Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi mazkur ishni yopganini, ularning farzandi tirik yoki o‘likligi mavhum qolayotganini aytmoqda.

    Mas’ullarga murojaat qilib, agar mening bolam o‘lik bo‘lsa, o‘ligini; tirik bo‘lsa tirigini topib bering dedim. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi voqea boshqa hududda bo‘lganligini, shu sabab voqeani o‘rganish ularning vakolatiga kirmasligini aytmoqda. Samarqand viloyati prokuraturasi esa ko‘milgan chaqaloq Qashqadaryoda ekani, shu sabab bu ish bilan Qashqadaryo prokuraturasi shug‘ullanishi kerakligini aytdi, — deydi yo‘qolgan chaqaloqning otasi Otabek Ro‘zimov.

    Otabek Ro‘zimov.

    Otabek Ro‘zimov.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev
    Farzandi yo‘qolgan otaning aytishicha, muammo hal bo‘lmagach, ular Bosh prokuraturaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
    2022-yilning 27-iyun kuni bu haqda Bosh prokuraturaga murojaat qildik. Shundan so‘ng 2-iyul kuni holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari boshlandi. Biz dastlab boshqa bolani DNK qilganmiz. 21-sentabr kuni Samarqand shahar Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi Jo‘rabek Pardayev bizni chaqirib, DNK qilingan bola bizning farzandimiz emasligini, bola E’zoza Umarovaga tegishli bo‘lib chiqqanini aytdi. Shu sabab ishni yopamiz dedi. Keyinroq bilsak, tergovchi bizni chaqirishidan bir kun avval 20-sentabr kuni ishni yopish bo‘yicha qaror chiqargan ekan, — deydi Otabek Ro‘zimov.
    Bolasi yo‘qolganini aytayotgan Ziyoda Jovliyeva farzandi sog‘lom tug‘ilganini, buni shifokorlarning o‘zi aytganini, shunga qaramasdan ular farzandini Samarqandga yuborganini bildirmoqda.
    Bolamni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar uning sog‘lomligini aytgandi. Lekin shunga qaramasdan Chiroqchi tuman shifoxonasida vakuum yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatib, “Bolangning ertaga sog‘lig‘i yomonlashishi mumkin, shunday paytda bizga vakuum kerak bo‘ladi”, deya Samarqandga yuborishdi. Qon bosimim oshib ketgani sabab menga ruxsat berishmagach, bolamni erim va onam olib ketdi. Turmush o‘rtog‘imning mashinasida E’zoza Umarova ismli ayolning egizak farzandlari ham olib ketilgan. Samarqandda chaqaloqlarni Mavluda Hasanova ismli hamshira qabul qilib olgan. Va uch nafar chaqaloq o‘sha paytda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan hamda aynan o‘sha paytda almashtirilgan, — deydi Ziyoda Jovliyeva.
    Bolasini yo‘qotgan onaning aytishicha, u Samarqandga — farzandi yotgan shifoxonaga 2022-yilning 19-may kuni borgan.
    Shifoxonaga borgan kunim qo‘limga begona chaqaloq berishdi. Men o‘sha paytda bola meniki emas, bu bola begona ekan dedim. Aziza opa esa “Men bolalarni almashtirmadim, shu bola seniki”, deb o‘z og‘zi bilan aytdi. Menga berilgan bola yig‘lab, ko‘karib qolardi. Mening bolamda esa bunaqa odat va kasallik yo‘q edi. 23-maygacha shubha-gumonlar bilan yashadim. 23-may kuni ketayotganimizda esa E’zoza mening qo‘limdagi bola uniki ekanligini aytib, tashlab ketishimni talab qildi, — deydi Ziyoda Jovliyeva.
    Yo‘qolgan bolaning otasi Otabek Ro‘zimovning ma’lumot berishicha, u 2022-yilning 6-oktabr kuni yana Bosh prokuraturaga murojaat qilgan. Shundan so‘ng Qashqadaryo hamda Xorazm viloyati prokuraturasidan unga telefon qilishib, Qashqadaryo prokuraturasi ish Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilganini, shu sabab ishni qayta ko‘rmasliklarini aytgan. Xorazm viloyati prokuraturasi esa tergov xulosasini so‘rash bilan kifoyalangan.
    Mening bolam tirik, men buni yaxshi bilaman. Shu sabab prokuraturadan bolamni topib berishlarini, agar bolamni o‘lgan deyishsa, uning murdasini topib berishlarini so‘rab, ota sifatida bolam uchun aza tutishim kerakligini aytmoqchiman. Shifokorlar xatosi sabab yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar o‘rniga mening bolam olib qo‘yilgan. Yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan egizaklar esa vafot etishgan, — deydi u.
    Murojaatchining aytishicha, E’zoza Umarovaning qo‘lidagi bola uniki ekanligiga shubha qilib, DNK tekshiruvi o‘tkazilgan. Ammo er-xotin bu DNK xulosasiga ishonmayapti.
    To‘g‘ri, Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan DNK qilishdi. Bola E’zoza Umarovaniki ekanini aytishdi. Ammo men bu DNK xulosasiga ishonmayapman. Shu sabab xususiy klinikada yana DNK qilib ko‘rmoqchiman. Menga shu imkoniyatni berishlarini so‘rayman. Va prokuraturadan ham hech kimda shubha qolmasligi uchun ishni oxirigacha olib borishlarini iltimos qilaman, — deydi ota.

    Ziyoda Jovliyeva.

    Ziyoda Jovliyeva.
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ziyoda Jovliyeva ham E’zoza Umarovaning qo‘lidagi bolani qayta DNK qilmoqchi ekanliklarini aytmoqda.

    E’zoza Umarovaning qo‘lidagi bolani yana DNK qilsak, haqiqat oydinlashadi. Dastlabki tekshiruvda mendan 10 ta, erimdan 14 ta tahlil olingan. Ammo E’zoza Umarovadan umuman tahlil olinmasdan uning bolasi bo‘lib chiqishi mumkinmi? Qolaversa, egizaklarning har ikkisida yurak nuqsoni bo‘lgan. Mening bolamda esa bunaqa kasallik bo‘lmagan. Hozir shu bolani shifokor ko‘rigidan o‘tkazib, yuragini tekshirtirsak, nuqsonsiz bo‘lib chiqadi. Men bu bola o‘zimniki ekanligiga ishonaman. Shu sabab prokuraturadan ishni qayta ko‘rib, bizda ham shubha qolmasligi uchun qayta DNK qilishimizga, bolani shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazishga ruxsat berishlarini so‘rayman, — deydi Ziyoda Jovliyeva.
    Otabek Ro‘zimov shifokorlar xatoga yo‘l qo‘yganini, shu sabab otasi va ayolining sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lganini aytmoqda.
    Shifokorlar xatosi bilan bolam almashib qoldi. Otam shu sabab insult bo‘ldi. Xotinim esa tushkunlikdan chiqolmayapti, tentak bo‘lib qolishi mumkin. Xo‘sh, ayting-chi, men nima qilay endi?, — deydi bolasi yo‘qolganini aytayotgan ota.
    Bolasi yo‘qolgan ona besh oydan beri bolasidan yiroqda yashayotganini, bu unga og‘ir botayotganini bildirmoqda.
    Besh oydan beri bolamdan yiroqda yashayapman. Ona sifatida bu men uchun juda og‘ir. Xotin-qizlarning dardini tinglab, ularga yordam beradiganlar bormi? Iltimos, onaizorni eshitib, adolatli qaror chiqarishsin, — deydi Ziyoda Jovliyeva.

    Mavzuga doir: Na tirigi va na o‘ligi ma’lum: Qashqadaryoda tug‘ilib, davolanish uchun Samarqandga yuborilgan chaqaloq dom-daraksiz yo‘qoldi

    11.10.2022, 20:27   Izoh (0)   61359
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Savdo vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi

    11.10.2022, 20:19

    O‘zbekistonda “Yashil makon” loyihasi doirasida yil yakuniga qadar 75 mln dona ko‘chat ekiladi

    11.10.2022, 19:55

    O‘zbekistonda 2023-yildan aholidan undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla budjetida qoladi

    11.10.2022, 19:39

    Shavkat Mirziyoyev Tatariston prezidenti bilan qo‘shma biznes loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi

    11.10.2022, 19:32

    O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha talablar kuchaytirilmoqda

    11.10.2022, 19:11

    O‘zbekistonda 2023-yildan viloyat budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining 30 foizi “Tashabbusli budjet”ga beriladi

    11.10.2022, 19:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.