• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    “Garri Potter”ning sirli olamidagi g‘ayritabiiy, hatto sehr yordamida ham tushuntirib bo‘lmaydigan holatlar

    Sehrgarlar maktabi va sehrgarligini o‘zi ham bilmaydigan bola haqidagi filmlar to‘plami barcha tomoshabinlarga manzur bo‘lgan, albatta. Ammo Garri Potter haqidagi kitoblarda ham, asar asosida ishlangan filmlarda ham shunday holatlar borki, tomoshabinda bir qancha savollar tug‘ilishi aniq. 

    Nega Garri sehr yordamida ko‘rish qobiliyatini tiklab olmaydi?

    Sehrgarlar dunyosida tibbiyot magl (oddiy odamlar)lar dunyosiga qaraganda ancha rivojlangan. Xogvarts kasalxonasidagi Pomfri xonim va Muqaddas Mungo kasalxonasi tabiblari oddiy odamlarning xayoliga kelmagan ishlarni qila oladi.

    Misol uchun, Pomfri xonim Garrining qo‘lida osongina yangi suyak o‘stiradi va sehrli suyuqlik ichgan Germionani mushukdan yana odamga aylantira oladi. Grenjer tishlarini kattalashtiradigan tavqi la’nat ta’siriga tushib qolganida ham Pomfri ularni shunday davolaydiki, Germiona yanada jozibali ko‘rinishni boshlaydi.

    Bunday ishlardan so‘ng nega Garri ko‘zining xira ko‘rishiga chidab, ko‘zoynak taqib yuradi? Undan tashqari qudratli sehrgar Dambldor, Artur va Persi Uizli, Minerva Makgonagall ham ko‘zoynak taqishadi.

    Agar sehrgarlar singan suyaklarni, dahshatli yaralarni tuzata olsa, nega oddiy astigmatizmni davolay olmaydi? Magllar esa kamida 1980-yildan beri bu ishni osongina amalga oshiradi.

    Sehrli afsunlar nimaga asoslanib tuzilgan?

    “Garri Potter”dagi og‘zaki afsunlarning aksariyati lotin tilidan olingan so‘zlar. “Ekspelliarmus”, “Vingardium Leviosa” va “Petrifikus Totalus” kabi iboralar bir qarashda ma’noga ega emasdek ko‘rinadi. Yosh sehrgarlar bunday so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadi, tayoqchalarini ham shunga mos harakatlantiradi.

    Xo‘sh, nima uchun afsunlarning aksariyati psevdo-lotin jumlalari, ammo ba’zilari mutlaqo normal so‘z va iboralar?

    Nega hamma uy elfining qulligidan tashvishlanmaydi?

    “Garri Potter va mahfiy xujra” kitobida uy elflari bilan tanishamiz. Bular ma’lum oilalar yoki joylarga bog‘langan va ularga xizmat qilishga majbur bo‘lgan sehrli mavjudotlardir. Shunisi e’tiborga loyiqki, elflar o‘zlarining qullik pozitsiyasidan zavqlanishadi va hatto psixologik jihatdan bunga bog‘langan.

    Ammo bu holatidan mamnun bo‘lmagan va erkinlikni xohlaydigan yagona elf — bu Dobbi. Uni tushunish mumkin, chunki u Malfoylar oilasiga xizmat qiladi. Oxir-oqibat Garri Lutsius Malfoyni aldab Dobbiga paypoq olib berish orqali uni ozod qiladi.

    Barcha sehrgarlar uy elflarining qulligini oddiy narsa deb hisoblashadi. Faqatgina Germiona Grenjer bunga qarshi chiqadi. Qolganlar esa jim, shalpangquloq mavjudotlarning qulligidan narsa ko‘rmaydi.

    Qudratli sehrgarlar kundalik hayotda yordamga muhtojligi yanada g‘alati. Molli Uizli uy elflarisiz afsunlardan foydalanib, idish-tovoqlarni bir zumda yuvish, tozalash, kiyimlarni yuvish va boshqalarni yaxshi biladi. Aftidan, Malfoylar va Bleklar oilasi yomon fe’l-atvori tufayli uy elflarini qullikda saqlasa kerak.

    Nega Xogvarts talabalariga haqiqatan ham kerakli fanlar o‘rgatilmaydi?

    Xogvartsda sehrgar bilishi kerak bo‘lgan ko‘plab fanlar o‘qitiladi. Bular transfiguratsiya, o‘simlikshunoslik, suyuqliklar tayyorlash, qora jodulardan himoyalanish, sehr tarixi, astronomiya va boshqalar. Bundan tashqari, foydasiz fanlar ham bor. Masalan, bashorat qilish, qarta va qahva bilan fol ochish, shuningdek, numerologiya va gippogriflar kabi ishlar.

    Shu bilan birga, Xogvarts talabalari sehr bilan bog‘liq bo‘lmagan fanlarni umuman o‘rganmaydi. Garchi matematika, fizika, kimyo yoki geografiya bilimlari hammaga kerakli fan. Sehrgarlik maktabida gumanitar fanlar yo‘q — u yerda na ingliz tili, na jahon tarixi, na ijtimoiy fanlar, na iqtisodiyot asoslari o‘rgatilmaydi.

    Birinchi kitobda yosh Garri Potter Hagridning nimani bilishi haqidagi savollariga javob beradi —  “masalan, matematika va boshqa narsalarni”. Ammo uning sehrdan tashqari boshqa bilimi umrining oxirigacha 11 yoshli bola darajasida qoladi. Voyaga yetgan va katta oilaning otasi Artur Uizli eskalatorni ko‘rib, o‘g‘li Ron esa magllar orasida radioaloqa mavjudligidan hayratda qolgan bo‘lsa ajab emas.

    Nega Voldemort har doim Garriga hujum qilish uchun o‘quv yilining oxirini kutadi?

    Voldemort xavfli va shafqatsiz yovuz sehrgar bo‘lib, sehrgarlar jamoasini shunchalik qo‘rqitadiki, ular hatto uning ismini tilga olishdan qo‘rqishadi. Bu yovuz odam ko‘plarni, shu jumladan, Garrining ota-onasini o‘ldiradi, magllarni yo‘q qiladi, diktatura o‘rnatadi.

    Ammo bir narsani inkor etib bo‘lmaydi — uning o‘quv jarayoniga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi. Har safar u yana bir makkor rejalarini amalga oshiradigan bo‘lsa, Xogvartsda bahorgi semestrning oxiri keladi. Hikmatlar toshini o‘g‘irlashga urinish, Uch sehrgar turnirida Garrining o‘g‘irlanishi, Dambldorning Sneyp qo‘lida o‘ldirilishi — bularning barchasi faqat o‘quv yili oxirida sodir bo‘ladi.

    Voldemort Garrini yomon ko‘rishi mumkin, lekin u har yili imtihondan o‘tishini kutadi va uni yana o‘ldirishga harakat qiladi. Shunday yovuz odamning boshqa vaqtda Potterga hujum qilishiga nima to‘sqinlik qiladi?

    Nega aka-uka Uizlilar ukasini notanish odam bilan yurgani haqida ogohlantirmaydi?

    Egizaklar Fred va Jorj Uizli juda shum va ayni paytda juda aqlli yigitlar. Sirli xarita ularga shumlik qilishga yordam berdi. Bu pergament real vaqtda Xogvartsda bo‘lgan barcha odamlarni harakatlanuvchi nuqtalar ko‘rinishida ko‘rsatadi. Ular ko‘rinmas mantiyadan foydalanganmi yoki boshqa narsaga aylanganmi, farqi yo‘q.

    Bir vaqtlar xarita Garrining otasi Jeyms Potter va uning do‘stlari tomonidan tuzilgan. Keyinchalik Uizlilar bu foydali xaritani Garriga berishadi.

    Ammo shu joyda kichik bir nomuvofiqlik bor. Uchinchi kitobda Ron Uizlining kalamushi aslida Garrining ota-onasiga xiyonat qilgan Voldemortning xizmatkori Piter Pettigryu ekanini bilib olamiz. Shuningdek, Ron bu kalamush bilan birga uxlagani, uni uy hayvoni deb hisoblagani bir necha bor qayd etilgan. Lekin negadir Ronning akalari unga bu haqda aytishmaydi.

    Nima uchun sevgi eliksirlari taqiqlanmagan?

    “Imperius” afsuni sehrgarga boshqalarning fikrlari va his-tuyg‘ularini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi. Ammo undan foydalanish shu qadar jirkanch ish hisoblanadiki, bu ishni qilgan kishi umrbod Azkabanga jo‘natiladi.

    Ammo sehrgarlar hech qanday ikkilanmasdan boshqa vositadan — sevgi eliksirlaridan foydalanadi. Merope Glum magl Tomas Riddlga sevgi eliksirini beradi va uni birga yashashga majbur qiladi. Natijada ushbu nikohdan Voldemort tug‘iladi. Romilda Veyn Garrini xuddi shu eliksirdan tayyorlangan konfet bilan o‘ziga maftun qilmoqchi bo‘ladi, lekin konfetlarni yeb qo‘ygan Ron Romildani sevib qoladi.

    Hatto aka-uka Uizlilar ham o‘zlarining do‘konida sevgi eliksirlarini sotadi. Odamlar dunyosida kimgadir mast qiluvchi moddalarni o‘zi bilmagan holda berish jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ammo sehrli dunyoda eliksirlar sehrgarlar tomonidan ko‘proq hazil sifatida qabul qilinadi.

    Nima uchun odamning irodasini afsun yordamida bo‘ysundirish kechirilmas jinoyat deb hisoblanishi, ammo eliksirdan bemalol foydalanish mumkinligi mutlaqo tushunarsiz.

    Nima uchun hech kim vaqtni ortga qaytaruvchi qurilmadan eng kerakli vaziyatlarda foydalana olmaydi?

    “Azkaban asiri” nomli uchinchi kitobida Germiona Grenjer vaqtni besh soatgacha orqaga qaytarish imkonini beruvchi qurilma tufayli maktab o‘quv dasturidagidan ko‘ra ko‘proq fanlarni o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi. Professor Makgonagall a’lochi talabaga o‘qishda yanada ilg‘or bo‘lishi uchun ushbu qurilmani sovg‘a qiladi.

    Darhol savol tug‘iladi: nega bunday qimmatbaho artefakt foydali narsalar uchun ishlatish o‘rniga voyaga yetmagan qizga beriladi? Vaqtni orqaga qaytarish va bir qancha fojialarni tuzatish Voldemortning har qanday hiyla-nayranglariga qarshi katta yordam berishi mumkin edi.

    Joan Rouling kitobiga tushunib bo‘lmas holatlarni qo‘shganini o‘zi ham tan oladi, shuning uchun beshinchi qismda u barcha artefaktlarni yo‘q qiladi. Ammo nega qudratli sehrgarlar ulardan oldin foydalanmaganligi noma’lum. Misol uchun, buning yordamida Garrining ota-onasini qutqarish va Voldemortni tuzoqqa tushirish mumkin edi.

    Va nihoyat, uchinchi kitobda Germionaning ikki baravar ko‘proq mashg‘ulotlarga borishdan qanchalik charchagani ta’kidlangan. Nima uchun qiz qurilma yordamida uxlab olishga harakat qilmaydi? U kechasi vaqtni yana bir marta orqaga qaytarib, qo‘shimcha besh soat uxlashi mumkin edi. Ajabo, Germionadek aqlli jodugar bu haqda o‘ylab ham ko‘rmagan.

    Nima uchun maktabga Slizerin uyi kerak?

    Xogvartsda to‘rtta uy bor, ularning har biri o‘z asoschisi nomi bilan atalgan: Griffindor jasurlar uchun, Kogtevran aqllilar uchun, Pufenduy mehribonlar uchun va Slizerin qora joduga moyil ayyor yaramaslar uchun.

    Gapiruvchi shlyapa u yoki bu bolaning tabiatan yovuz ekanini tushunadi va uni hokimiyatga chanqoqlar jamoasiga yuboradi. Lord Voldemort deyarli barcha qora jodu bilan shug‘ullanadiganlar, shuningdek, jirkanch Dolores Embrij ham Slizerin bitiruvchilari hisoblanadi.

    Boshqa uylarning o‘quvchilari Slizerinlarni yomon ko‘rishlari va ularga qarshi birlashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasliklari ajablanarli hol emas. Lekin shu joyda yana savol tug‘iladi: nima uchun maktabda qora sehrgarlar yoki yoqimsiz odamlar birlashishi uchun alohida fakultet tashkil qilingan va ularni qayta tarbiyalashning iloji yo‘qmidi?

    19.06.2024, 11:45   Izoh (0)   18591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bug‘u bolasi”, “Bezori”, “Kaskadyorlar”: g‘ayrioddiy syujetga ega film va teleseriallar

    16.06.2024, 18:30

    “Haqiqiy san’at asari”. Uslub tuyg‘usini rivojlantiradigan moda haqidagi eng sara filmlar

    16.06.2024, 11:25

    Kinotavsiya: Dam olish kunlari tomosha qilish uchun 8 ta ajoyib film

    18.06.2024, 11:20

    Doimiy bosh og‘rig‘i va qo‘ldagi uvishish: Immunitet zaiflashganining 9 ta belgisi

    19.06.2024, 10:33

    Olqish yoki tanqid: turli aktyorlar tomonidan ijro etilgan mashhur obrazlar (foto)

    19.06.2024, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.