• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston havo yo‘llari”: xorijga parvoz qilish nega qimmat?

    Yoz — sayohat hamda dam olish mavsumi. Bu sayyohlik agentliklari uchun ham ayni muddao. Ular sayyohlarga arzon, qulay yo‘llanmalar, aviachiptalar va kompleksli dam olish maskanlarini tavsiya etadi. Ammo “O‘zbekiston havo yo‘llari”da Turkiya, Rossiya, Misr yoki Dubayga uchish narxi xuddi shu yurtlarga Qozog‘istondan yoki Qirg‘izistondan uchishga qaraganda ikki barobar qimmat, deb yozadi O‘zA.

    Foto: “O‘zbekiston havo yo’llari”

    Foto: “O‘zbekiston havo yo’llari”

    Istanbuldan Chimkentga uchayotgan xorijiy kompaniya samolyoti Istanbuldan Toshkentgacha ham shuncha masofaga uchadi, shunga yarasha yonilg‘i sarflaydi, o‘shancha odam oladi. Tabiiyki, zarar qilsa, uchmasdi. Samolyotlari ham o‘sha samolyot — Airbus yoki Boeing. Ammo narxlarda tafovut darajasi katta. Aviachiptalar bo‘yicha xalqaro sayt hisoblangan Anywayanyday’da ham chiptalar narxidagi farqni ko‘rish mumkin.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda kuniga 2 mingga yaqin o‘zbekistonlik Qozog‘iston samolyotlari orqali parvoz qilmoqda. Buning sabablari nimada? Aslida milliy aviakompaniyamiz xalqimizga boshqa kompaniyalarga nisbatan eng qulay xizmatlarni taqdim etishi kerak emasmi?

    Shular xususida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi axborot xizmati mutaxassisi Feruza Qurbonova bilan suhbatlashdik.

    Faqat ichki yo‘nalishda monopoldir

    — Aholi orasida “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning chiptalari narxi boshqa xalqaro aviakompaniyalarnikiga nisbatan ancha qimmat va mavsumiy yirik chegirmalar kuzatilmaydi, degan tushuncha mavjud, — deydi F.Qurbonova. — Aslida aviaqatnovlar aviachiptalarni bron qilish tizimining ancha murakkabligi hamda biznes va iqtisod klasslaridan tashqari yanada ko‘proq turlarni o‘z ichiga olishini ko‘pchilik yo‘lovchilar bilmaydi. Mazkur tizim o‘z ichiga eng arzondan tortib, eng qimmatgacha, 12 ta tarifni oladi va barcha aviatashuvchilarda shunday tizim mavjud. O‘zbekistonga 2018-yilda parvozlarni amalga oshirgan aviakompaniyalar soni, 2017-yilga solishtirganda, 14 tadan 18 tagacha (28 foiz) ko‘paydi. Xorijiy aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan reyslar soni esa 6833 tadan 9657 taga qadar (41 foiz) ortdi. Xalqaro aviatashuvlar bozorida Uzbekistan Airways’dan tashqari, dunyoning to‘qqiz mamlakatidan Toshkent va O‘zbekistonning boshqa aeroportlariga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ygan 18 ta xorijiy aviakompaniya faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda 63 ta xalqaro yo‘nalish bo‘yicha muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan. 2019-yildan boshlab Fly Dubai (BAA) va Buta Airways (Ozarbayjon) kabi loukoster aviakompaniyalar O‘zbekistonga parvoz qilishni boshladi. Rossiyadan past budjetli aviakompaniyalar tamoyili asosida Red Wings, NordWind va Utair parvoz qilmoqda. Bulardan ko‘rinib turibdiki, o‘z-o‘zidan raqobatlar ham ko‘paymoqda.

    Shuni ta’kidlash mumkinki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” faqatgina ichki yo‘nalishlarda yagona aviakompaniya, ya’ni monopoldir. Agar kimdir mamlakat ichida tashuvlarni tashkil etish bo‘yicha taklif bilan chiqsa, bunga milliy aviakompaniya qarshilik qilmaydi. Hozircha bunday taklif bo‘lgani yo‘q.

    Aviachiptalar narxi nimalarga bog‘liq?

    Yurtimizda 11 ta aeroport mavjud bo‘lib, ular xalqaro maqomga ega. Joriy yilning birinchi yarim yilligida viloyat aeroportlaridan 9302 ta qatnov amalga oshirilib, 969 427 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Ba’zan charter qatnovlar haqida tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Charter nima o‘zi? Charter qatnovlari sayyohlik operatorlari tomonidan sayyohlik mavsumi davomida tashkil etiladigan jarayon. Muntazam qatnovlar esa aviakompaniyalar tomonidan tashkillashtiriladi. Yoz mavsumida mahalliy sayyohlik agentliklari charter qatnovlariga buyurtma berish uchun Milliy aviakompaniyaga murojaat qilishadi. Aviakompaniya majburiyatiga samolyot, uchuvchi tarkibi hamda parvoz xavfsizligini ta’minlash kiradi. Yo‘lovchilar uchun aviatashuvning yakuniy narxlanish masalasi bilan sayyohlik agentliklari shug‘ullanadi. Charter qatnovining asosiy buyurtmachisi joylarning bir qismini boshqa sayyohlik agentliklariga sotishga haqli. Joriy yilning yozidan sayohat agentliklari bilan birgalikda Sharm-al-Shayxga arzon narxlardagi yo‘llanmalarni taklif qilayotgan AlMasria (Misr) charter aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.

    Qayd etilgan aviakompaniyalarning parvozlar geografiyasi va qatnovlar soniga qarab, aksariyat yo‘nalishlarda biz ular bilan tenglik asosida ishlayotganimizga ishonch hosil qilish mumkin. Ya’ni xorijiy aviakompaniyalar va “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi tomonidan u yoki bu shaharga amalga oshirilgan qatnovlar soni bir xil. Yo‘lovchilarda esa tanlash imkoniyati mavjud. Yo‘nalishlarda bevosita raqib bo‘lmagan holatda xorijiy aviakompaniyalar muqobil, ya’ni alternativ sifatida tranzit tashuvlarni taklif etmoqda.

    Shuningdek, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Italiya, Latviya, AQSh, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning aviatashuvchilari O‘zbekistonga tenglik asosida qatnovlarni amalga oshirish uchun to‘la huquqqa ega va mamlakatimiz yuridik jihatdan ularga rad javobini bermaydi.

    Fuqaro qancha vaqtliroq, ya’ni oldinroq aviachipta sotib olsa, bilet shuncha arzonga tushadi. Qatnov kuni yaqinlashgani sari tariflar qimmatlashadi. Har bir klass uchun aviachiptalar narxi, qoidaga ko‘ra, oldindan tasdiqlanadi va narx keyinchalik o‘zgarmaydi.

    MAKning ichki yo‘nalishlar bo‘yicha rejalariga qaytgan holda, ta’kidlaymizki, hozirgi vaqtda qatnovlar sonini oshirish va tariflarni qo‘shimcha optimallashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

    Xavfsizlik — birinchi o‘rinda

    Milliy aviakompaniyada mavsumiy chegirmalar yo‘q, degan tushuncha noto‘g‘ri. Muayyan davrlarda (parvoz yo‘nalishi, talab va qatnovning mavsumiyligiga qarab), aviakompaniya qimmat klasslarni bronlashning ma’lum bir qismini arzonroq tarifga o‘zgartiradi va bu ularning narxi pasayishiga olib keladi. Natijada aksariyat yo‘lovchilar biletlarni minimal narxlarda sotib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi, bu esa chegirma bilan tenglashtirilgan. Agar xalqaro qatnovlardagi aviachiptalarning narxiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirda ko‘plab yo‘nalishlarga (Moskva, Sankt-Peterburg, Qozog‘iston, Seul, Dushanbe) qatnovlar soni oshirildi va barcha turdagi xarajatlar (aviatsiya kerosinlari, aeroportlar aviakompaniya to‘lovlari) oshganiga qaramasdan, milliy aviakompaniya o‘z tariflarini pasaytirmoqda. Rossiya Federatsiyasining shaharlarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz uchun mavjud tariflar bo‘yicha 50 foizgacha chegirmalar taqdim etilmoqda.

    O‘tgan yili aviakompaniya tomonidan taqdim etilgan chegirmalarda Rossiya davlatiga vaqtinchalik ishlash uchun ketgan shaxslarga tejamkor klass minimal tarifdan 20 foiz miqdorida(jami 48,9 mlrd so‘mlik 33450 dona chipta sotilgan bo‘lib, ushbu toifadagi jismoniy shaxslarga berilgan chiptalar 9,9 mlrd. so‘mni tashkil etadi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisiga 50 foiz miqdorda narxlar pasaytirildi.

    Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish uchun mahalliy yo‘nalishlarda “Individual yo‘lovchilar” — 30 foiz, “Oila” — 50 foiz, “Talaba” va “Turist” — 40 foiz chegirmalarini taqdim etish tizimi qo‘llanilmoqda.

    Keyingi paytda Chimkent aeroporti xizmatidan foydalanish keng tus olmoqda. To‘g‘ri, Chimkentdan parvoz qilish arzonga tushadi. Ammo o‘zimizdan parvoz qilishning ham qulayliklari bor. Milliy aviakompaniyamiz qatnovlarida Istanbuldan istalgan klassda keladigan yo‘lovchining 30 kilogramm o‘lchamli pulsiz yuk limiti mavjud. Chimkentdan parvoz qiluvchilar uchun bunday limit ko‘rsatilmagan. Shuni ta’kidlash joizki, MAK yo‘lovchilarga chiptalarni qaytarish va parvoz vaqtini o‘zgartirish imkoniyati kabi “keng” xizmat turlarini taqdim etadi.

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aviaparkni muntazam yangilab kelmoqda. Mavjud samolyotlarimizning o‘rtacha yoshi 10 yilni tashkil etadi. O‘zbekiston aholisi muqobil ravishda foydalanayotgan qo‘shni mamlakatlar aviatashuvchilarining samolyotlar parki esa ancha eskirgan. Misol uchun, Chimkent—Istanbul aviaqatnovlarini amalga oshiruvchi samolyot taxminan 18 yildan ortiq vaqt davomida ekspluatatsiya qilinmoqda.

    Xulosa o‘rnida

    Aviakompaniya o‘zining imkoniyatlari va qulayliklari haqida qanchalik tushuntirishga urinmasin, mavjud kamchiliklardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Aviachiptalar narxi aholi orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqarayotgani hech kimga sir emas. Bugungi kunda har qanday kishi uchun havodagi qulaylikdan ko‘ra, arzon uchish muhimdir. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun jahon andozalariga tayanib, raqobat asosida ishlash davri kelgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Shundagina fuqarolarimiz uchun parvoz qilish, cho‘ntakbop sayohatlarga chiqish muammoga aylanib qolmasmidi?!
    Nilufar Yunusova
    Manba: “Mahalla” gazetasi.

    18.07.2019, 21:02   Izoh (0)   28448
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida navbatdagi yangi masjidga birinchi g‘isht qo‘yildi

    18.07.2019, 20:49

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Andijondagi “ko‘zbo‘yamachilik” haqida tarqatilgan ma’lumotlarni rad etdi

    18.07.2019, 20:23

    Buxoro viloyati IIB boshlig‘i: Birlashib, harakat qilsak, Buxoro yoshlari o‘rtasida jinoyatchilik sodir bo‘lmaydi, deb ishonaman

    18.07.2019, 20:16

    Akmal Burhonov: Aksariyat talabalar pul talab qilinishi holatlari to‘g‘risida xabar berishni xohlamaydi

    18.07.2019, 20:10

    O‘zbekistonda jamoat transportlari oynalarini qoraytirish haqida petitsiya e’lon qilindi

    18.07.2019, 20:04

    Buxoroda oyparastlik xastaligiga chalingan yigit mashinani olib qochdi

    18.07.2019, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.