Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida homilador ayol kaltaklangani aytilgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa o‘rganilganida joriy yilning 18-mart kuni Q.S. Sh.N bilan qarz masalasida nizoga borib, uni urib tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Tayinlangan sud tibbiy ekspertiziyasi fuqaroga sog‘lig‘ining buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlari yetkazilganini tasdiqladi.
O‘z navbatida, mazkur holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Jizzax viloyatining Zomin tumanida probatsiya nazoratida turgan shaxs va uning ukasi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ikki xodimni kaltaklagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)