• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Ko‘nglimga og‘ir botgan, san’atni ham tashlayman, deganman”. Dilshodbek Kattabekov yoshligidagi kamsitishlar, “Kichkina tabib”dan qancha gonorar olgani haqida

    Aktyor Dilshodbek Kattabekov “Chotki TV” ko‘rsatuviga bergan intervyusida “Kichkina tabib” filmidagi qiziqarli voqealar, kinokartinadagi rolidan qancha gonorar olgani, Umra safariga borib kelgani, yoshligidagi kamsitishlar sabab san’atni tark etmoqchi bo‘lgani, “Nihol” mukofotini olishda pul so‘rashgani, ota-onasi, festivaldagi holatlar haqida gapirdi.

    “Ba’zi vaynerlarning mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan harakati yoshlarning ongini buzadi”

    Yurtimizda, poytaxtimizda katta-katta festivallar bo‘ladi, ijtimoiy tarmoqlarda to‘s-to‘polon, ovqatga talashishlar holati aks etgan videolar tarqalib ketadi. Ba’zi vaynerlarning mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan harakati yoshlarning ongini buzadi. Bularning hammasi ko‘proq obunachi yig‘ish uchun qilinadigan harakatlar. Buni esa jamiyatimizdagi xato deb atash mumkin.

    1998-yilda “O‘zbekfilm”da “Kichkina tabib” filmiga kasting bo‘layotganini aytishdi. 1996-yil Toshkentga kelganimizdan so‘ng Farrux Zokirovning haydovchisi bilan qarindoshdek bo‘lib ketgan edik. Shu inson “Turkiston” saroyida qo‘shiq aytib turgan paytimda yoqtirib qolib, o‘zlarining oilasiga qabul qilgan va dadamga o‘g‘lingizni o‘z o‘g‘limdek ko‘raman, degan. Buvim esa 30 yildan ortiq muddat davomida “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasida boshlovchi bo‘lib ishlagan, to 2016-yilgacha shu insonning xonadonida yashab, maktabga, tadbirlarga, suratga olish jarayonlariga ham o‘sha yerdan borib yurganman. U inson ikkinchi onamdek bo‘lib qolgan, birinchi onam Sirdaryoda, ikkinchisi Toshkentda, deyman.

    “O‘sha paytda kinolar lentada olingan, xato qilishga haqqimiz yo‘q edi”

    Shu bilan buvim 1998-yilda “O‘zbekfilm”ga olib borgan, yuzta bola qatnashgan kasting bo‘lgan. Oxirida shu rol menga nasib qilgan. Qarasam, hammasi o‘zim bir yil oldin televizorda ko‘rgan aktyorlarim bo‘lgan. Murod Rajabovni “Temir xotin”da, Rajab Adashevni “Abdullajon”da, Karim Mirhodiyevni “Charxpalak”da ko‘rganman. Bundan tashqari, Fotima Rejametova, Zikir Muhammadjonov, Munavvara Abdullayeva bor edi, borsam aktyorlar ansambli yig‘ilgan, bu ham bir baxt edi. Bu ham o‘zimni erkin his qilishimga turtki bo‘lgan, ular menga rolni ijro etishimga yordam bergan.

    O‘sha paytda kinolar lentada olingan, xato qilishga haqqimiz yo‘q edi. Hozirgidek emas edi, bir kun oldin yaxshilab matnni yodlab, ertasi kuni suratga olish jarayonlariga borib, holatga kirib o‘ynalgan. “Kichkina tabib”ning ham bir yutug‘i aktyorlar ansamblining jam bo‘lganidadir, jamoa zo‘r yig‘ilgan edi. Shundan keyin menga “Kichkina tabib”da chiqqan bola deb ta’rif berishadigan bo‘ldi. Kimdir ismimni bilmasa ham, Doniyor deb chaqirar edi.

    “Bolalikda ularni ko‘p xafa qilganman, kechirishlarini so‘rab qolaman”

    Ota-onamizga qancha qilsak kam. Otamning ismi Ravshan, onamning ismi Dilorom. Dadam 1961-yilda, onam 1964-yilda tug‘ilgan. Bola bir marta kuyunsa, ota-ona o‘n marta kuyunadi, boshida qiyin bo‘lgan, chunki ota-onamning har doim oldida yuradigan farzandi tanlagan sohasi sabab uzoqda yurishi kerak bo‘lgan.

    Har birimiz Toshkentga musofir bo‘lib kelganmiz, umuman olib qaraganda, Toshkentni hamma viloyatlardan kelgan musofir insonlar tashkil etadi. Shunday ota-onaning farzandi ekanimdan faxrlanaman. Bolalikda ularni ko‘p xafa qilganman, kechirishlarini so‘rab qolaman. Vaqti kelganda, yaxshi kunlarda yonida bo‘lolmaganman.

    Dilshodbek Kattabekov Umra safarini ado etishi paytidagi hissiyotlari haqida 

    “U yerga borish hammaga ham nasib qilmaydi. Eshitganman, Makkaga 15 kunlik yo‘llanmani olib, u yerga 100 metr qolganda, avtobusdan tushib oyog‘i qayrilib sinib ketib, Makkani ko‘ra olmay qaytib kelganlar ham bo‘lgan. Alloh chaqiradi va bandasini sababchi qilib ko‘rsatib qo‘yadi.

    Saudiya Arabistonida yashovchi o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov yaxshi taklif bildirdi, viza va yo‘l haqqini o‘zingiz ko‘taring, qolganini men qilib beraman, dedi. Mehmonxona kerak emas, mening uyim bor dedi. Yil boshidan niyat qilib, shu narsa oktabr oyiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda ota-onamga ketishimga bir kun qolganda aytdim.

    Borganda birinchi ikki kun Madinada bo‘ldik. Madinaga borgan inson yana u yerga borgisi kelarkan. Keyin esa payshanba kuni yo‘lga chiqib Makkaga jo‘nadik. Juma namozini Makkada o‘qidik, bu ham bir baxt. Makkaga borgan inson onadan qayta tug‘ilgandek bo‘lar ekan. Darvozaga kirganda ko‘zim uzoqdan Ka’baga tushdi.

    Jaloliddin Masharipov bizga vakil sifatida bir insonni qo‘shib yuborgan edi, u Umra amallarini bilar ekan. U menga qarab “Ka’bani ushlagingiz kelyaptimi?, shunday bo‘lsa ozgina sabr qiling, Allohning o‘zi yo‘l ochadi”, dedi. Meni vahima bosdi, qarasam hammaning bo‘yi mendan baland, men ularning orasida past bo‘y bilan tiqilib qoldim. Yetti marta tavof qilish jarayonida turtilib-turtilib Ka’baga qo‘limni tekkizib duo qildim.

    “Ko‘nglimga og‘ir botgan, uydagilarga ko‘chaga chiqmayman, ustimdan kulishyapti, san’atni ham tashlayman, deb yig‘laganman”

    Bolaligimda ayrim insonlar qo‘li bilan bigiz qilib ko‘rsatgan, shaxsiyatga tegish holatlari bo‘lgan. Kamchiligimni, tashqi ko‘rinishimni aytib kulganlar ham bo‘lgan. Ko‘nglimga og‘ir botgan, uydagilarga ko‘chaga chiqmayman, ustimdan kulishyapti, san’atni ham tashlayman, deb yig‘lab aytganman. Ota-onam boshimni silab, “Ular kulsa kulaversin, sen xursand bo‘l, Alloh seni shunaqa kichkina qilib, aziz qilib qo‘yibdi”, der edi.

    Hozirgi kunda bundan afsuslanmayman, sog‘lomman, oq-qorani ajratib bilaman, tengdoshlarimdek bo‘yim uzun bo‘lganda, balki bu darajada mashhurlikka erishmagan bo‘lar edim. Qaysidir ma’noda shu jussam bilan boshqa hamkasblarimning orasida ajralib turaman. Yoshimiz ulg‘aygan bo‘lsa ham, insonlar haligi bola, deb ko‘rsatadi. Hamma o‘ksinishlar, xafa bo‘lish bolalikda qolib ketgan.

    “Iste’dodimni sotib shu unvonni oladigan bo‘lsam, kerak emas, deganman” 

    Litseyni bitirgan vaqtim, 2008-yilda ham “Nihol” mukofotiga, ham san’at oliygohiga topshirganman. O‘sha payti tuman, viloyat bosqichlaridan o‘tib respublika bosqichiga yetib borganman. Hozir u odamlar lavozimida bormi yoki yo‘qmi, bilmayman. Keyin menga kelib, “Bu bosqich qiyin bo‘ladi”, deyishgan. Qaysi tomonlama desam, mablag‘ bilan bog‘liqligini aytishgan. Pul talab qilishgan, 2008-yilda 500 dollar so‘rashgan. Iste’dodimni sotib shu unvonni oladigan bo‘lsam, kerak emas, deganman. Haqiqiy unvon — xalqning mehri, e’tibori.

    “Oxiri oyog‘im qoqilib, tikanaklarga burkanib pastga tushib borganman”

    “Kichkina tabib” filmida juda qiziqarli voqealar bo‘lgan. Birinchi voqea — Murod aka Rajabov meni ko‘tarib olgan paytlari yo‘limizni to‘sib mashinaga otib yuboradigan joylari bor. Rolga shu darajada berilib ketganlarki, ozg‘in, yengil bo‘lganim uchun otib yuborganlar, bu eshikdan kirib narigi eshikka borib urilganman. Keyin suratga olish jarayoni tugagandan keyin qattiq otmadimmi, deb so‘raganlar.

    Yana bir qiziqarli voqealardan biri tepalikka chiqib, Allohga iltijo qilayotgan vaqtda itning zanjirini qo‘limga ikki-uch marta bog‘lab olganman. Bu it ham o‘rgatilmagan edi, qishloqdagi bir xonadonning iti bo‘lgan. Unga bir hafta davomida go‘sht berib o‘zimizga o‘rgatib olganmiz. Shu it bilan tepalikka chiqib ketgan vaqtimda suratga olish ishlari boshlangan, keyin esa zanjirni yechmasimdan oldin, it pastga qarab yugurib ketgan. Oxiri oyog‘im qoqilib, tikanaklarga burkanib pastga tushib borganman. O‘sha payt sovuq edi, keyin rejissorlar yugurib kelib, avtobusga olib kirib, hamma yerimga spirt surtishgan.

    “Qog‘ozni berib, qo‘l qo‘y deyishgan, shu payt qo‘limni qog‘ozning ustiga qo‘ygan ekanman”

    “Kichkina tabib” filmidan 1998-yilda 50 ming so‘m gonorar olganman. O‘sha payt o‘zimni olib borishgan, kichkina edim. “O‘zbekfilm”ga borganman, adashmasam, buxgalter rus ayol bo‘lgan, meni ko‘tarishgan. Qog‘ozni berib, qo‘l qo‘y deyishgan, shu payt qo‘limni qog‘ozning ustiga qo‘ygan ekanman, keyin ular imzo qo‘yishim kerakligini tushuntirishgan. O‘sha payti birinchi filmimdan 50 ming so‘m olganman.

    Mavzuga doir:

    • Shahzod Sultonov, Yorqinxo‘ja Umarov, Dilshodbek Kattabekov hamda o‘zbek shou-biznesidagi boshqa mashhur bo‘ydoqlar qachon uylanadi? (foto).
    • Instagram: Tashkent City’dagi uyini sotayotgan Munisa Rizayeva, Yulduz Usmonovaning kichik muxlislari bilan uchrashuvi, Dilshodbek Kattabekov kaltaklandimi?

    23.12.2022, 19:23   Izoh (0)   68014
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yonida ruchka olib yuradi, changyutgich shovqiniga uxlaydi: g‘alati odatlari bilan muxlislarini hayratda qoldiradigan mashhurlar (foto)

    23.12.2022, 16:55

    Gollivud studiyalari chalg‘ituvchi treylerlar uchun sudda javobgarlikka tortilishi mumkin

    23.12.2022, 12:41

    Gollivud yulduzi Silvestr Stallone yangi uyini sotuvga qo‘ydi (video)

    22.12.2022, 19:39

    Sevgidan kuygan Makoley Kalkin salkam 40 yoshida qanday qilib haqiqiy baxtini uchratgani haqida

    22.12.2022, 17:57

    Nafaqat ekranda, balki hayotda ham samimiy bo‘lgan jahon yulduzlari (foto)

    22.12.2022, 16:52

    Nafaqat iste’dodi, balki yaxshi ishlari bilan ham hayratda qoldiradigan Gollivud aktrisalari

    22.12.2022, 11:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Britaniya o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin” — Starmer

    Dunyo | 26 iyul, 14:51

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.