• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Faqat Farhod Mannopov emas: 30 yoshga ham to‘lmay vafot etgan o‘zbek shou-biznesi yulduzlari

    San’at vakillari orasida hayot zavqini totmay turib, bu olamdan o‘tganlari talaygina. Ularning ayrimlari 30 yoshni ham qarshilashga ulgurmagan. Ular qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, samarali ijod qildi va odamlar mehrini qozondi.

    23 yoshida pichoqlangan Laylo

    “O‘zbekiston”, “Jonginam”, “Yondiradi” kabi qo‘shiqlari bilan millionlab tinglovchilar qalbiga kirib borgan xonanda Laylo Aliyeva 23 yoshida qotillik qurboni bo‘lgan.

    Foto: Yandex

    1975-yilda Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan ijodkor Toshkentda ulg‘aygan. Uning katta bobosi mashhur zargarlardan biri edi. Laylo Aliyeva ikki yoshga kirganida “Moda” jurnalida rasmlari chiqadi, o‘n yoshida esa “Semurg‘” oromgohidagi “Go‘zallik” tanlovida yuqori o‘ringa loyiq ko‘riladi. U hozirgi Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini bitirgach, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida o‘qiydi. O‘zbekiston xalq artisti Saodat Qobulovaning sevimli shogirdlaridan biri hisoblangan xonanda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovdan ham qo‘shiq aytish sirlarini o‘rganadi. Qisqa vaqt ichida shirali ovozi va go‘zalligi bilan omma nazariga tushib, muxlislar orttiradi. Xonanda oz umri davomida yigirmadan ziyod qo‘shiqlar ijro qilib, ikkita albom chiqaradi.

    Laylo Aliyevaning fojiali o‘limi yashin tezligidek tarqalib, barchani hayratga soladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1998-yilning 1-may kuni o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan “Al-Vakil” guruhining ikki nafar yigiti xonandani yashash uyida qirq ikki joyidan pichoqlab, vahshiylarcha o‘ldiradi. Uning Jasurbek ismli farzandi bor edi.

    Avtohalokat qurboni bo‘lgan Mo‘min Oripov

    “Jiyda gullaganda”, “Boyvachcha”, “Anhor bo‘yida”, “Eslama meni” kabi qo‘shiqlari bilan o‘zbek yoshlari orasida shuhrat qozongan “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov ham hayotdan erta ko‘z yumgan.

    Foto: Instagram

    “Boyvachcha”, “Nortoy”, “Achchiq hayot” singari filmlarda turli darajadagi rollarni talqin qilgan serqirra ijodkor 25 yoshida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Mazkur noxush voqea 2009-yilning 28-iyunidan 29-iyuniga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yuz bergan. Avtohalokat oqibatida guruh a’zosi Jahongir Poziljonov va Javlon Shodmonov og‘ir tan jarohatlari olgan hamda oylab shifoxonada yotib, oyoqqa turgan.

    28 yoshida olamdan o‘tgan boshlovchi

    Suxandon va xonanda sifatida tanilgan Dildora Qayumova 28 yoshida vafot etgan. U 1980-yil 19-dekabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Ustazoda ijodkor taniqli televideniye rejissori Zokir Qayumov va O‘zbekiston xalq artisti Malika Qayumovaning farzandi bo‘lib, karyerasini 1998-yilda O‘zbekiston televideniyesida boshlagan.

    Foto: Yandex

    “Unutmoq osonmas”, “Musiqiy tanaffus”, “Yangi yilda yangi qo‘shiqlar” kabi bir qancha loyihalardagi chiqishlari bilan el nazariga tushgan. Xonandalikda ham bir qancha taronalari bilan o‘z muxlislarini topgan. Dildora Qayumova 2008-yilda olamdan o‘tgan. Uning bir nafar o‘g‘il farzandi bor.

    Kontrabandachilar qurboniga aylangan Radius 21

    Radius 21 nomi bilan mashhurlikka erishgan reper Shahzod G‘ulomov o‘n bir yil oldin 29 yoshida avtohalokat sababli olamdan o‘tgan.

    Foto: Yandex

    U 1981-yil 10-oktabrda Bo‘ka shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan gitara chalish, kitob o‘qish va she’r yozishga juda qiziquvchan bo‘lgan. Maktab va texnikumni tamomlagach, hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ommaviy bayramlar rejissorligi fakultetida o‘qiydi. Oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin xususiy telekanallarning birida ikki yil davomida boshlovchi va rejissor sifatida faoliyat yuritadi. Uning “Radius 21” nomli ko‘rsatuvi tez orada tomoshabinlar e’tiborini qozonadi.

    Shu tariqa qo‘shiq aytishga bo‘lgan ishtiyoq uni san’at sohasiga yetaklaydi. Bir qator musiqa yo‘nalishida ijod qilgan xonandaning rep yo‘nalishidagi qo‘shiqlari yoshlar orasida keng ommalashadi. Uning “Akfa media” prodyusserlik markazida ijod qilgan davrida, ya’ni 2006—2008-yillarda hamda keyinchalik yaratgan “Dubay”, “Unutolmadim”, “Monolog”, “Har kun”, “Tungi kapalak” singari ko‘plab taronalari haligacha tinglovchilarini yo‘qotmay kelmoqda. Shahzod G‘ulomov “Sevgi fazosi”, “Onaizor”, “Boyvachcha” kabi filmlarda suratga tushgan.

    Foto: Yandex

    Marhum san’atkorning ukasi Bekzod G‘ulomov akasi 2010-yilning 12-sentabrida Piskent shahri postiga yaqin joyda Matiz rusumli mashinasida oilasi bilan falokatga uchraganini aytib o‘tgan. Ularga qarama-qarshi yo‘nalishdan esa kontrabanda mahsulotlarini postdan olib qochayotganlar kelib urilgan. Shahzod G‘ulomov avtohalokat bo‘lgan vaqtda, voqea joyining o‘zida olamdan o‘tgan, 3,5 oylik farzandi Beksulton ertasi kuni vafot etgan. Beksulton xonandaning yolg‘iz farzandi edi.

    Piyodalar o‘tish joyidagi baxtsiz hodisa

    “Oyijon” filmidagi bosh roli bilan tanilgan ijodkor Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 2018-yilda avtohalokat oqibatida vafot etgan. U endigina 25 yoshni qarshilagan edi. 

    Foto: Fotima Rejametovaning shaxsiy arxividan

    U 1993-yilda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi — O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist To‘g‘on Rejametov, buvisi — O‘zbekiston xalq artisti Shirin Azizova kino va teatrdagi yuzlab rollari orqali o‘zbek san’ati rivojiga hissa qo‘shgan. Onasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametova ham betakror ijrolari orqali tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan. Farangiz Rejametova “Sehrli qalpoqcha”, “Uy bekasi” kabi o‘nlab kino va seriallardagi ijrolari bilan ham o‘z muxlislarini topgan.

     

    O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchisi hisoblangan 25 yoshli Farangiz Rejametovani 2018-yil 20-iyul kuni soat 21:15 atrofida Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida Mercedes-Benz mashinasi urib ketgan. Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, ammo aktrisa yo‘lda hayotdan ko‘z yumgan.

    Operatsiyaga kirib, omon chiqmagan vayner

    Mittivine kulgi jamoasi asoschisi Farhod Mannopovning o‘limi uning muxlislari qalbini larzaga keltirdi. U endigina 27 yoshni qarshilagan edi. U xususiy klinikalardan biriga burun shaklining qiyshayishi va olgan jarohati sabab murojaat qilgan. Operasiya paytida uning yuragi urishdan to‘xtagan.

    Foto: Instagram

    Farhod Mannopov otasiz, kamtarona oilada ulg‘ayganini yashirmasdi. U vaynerlik faoliyatini boshlashdan avval o‘qish bilan birga, ofisiantlik ham qilgan. 2020-yili yaqin do‘sti Ulug‘bek Shodibekov bilan hamkorlikda vaynerlik faoliyatini boshlagandi. 
    Uning o‘limi bilan bog‘liq xabar yashin tezligida tarqaldi. Do‘sti Ulug‘bek Shodibekov o‘z intervyusida Farhod Mannopovning o‘lim tafsilotlari haqida so‘zlab bergandi.

    18.03.2023, 11:53   Izoh (0)   32188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: O‘z kuyovini kaltaklagan Dili.me, Farhod Mannopov xotirasiga bag‘ishlangan graffiti, Shahlo Alijonovaga Tracker sovg‘a qilishdi

    17.03.2023, 22:30

    Amerikaga qayiqda suzib kelgan, 13 yoshida yulduzga aylangan bo‘lsa-da, 50 yoshida “Oskar-2023” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyor — Ke Xyui Kuan haqida

    17.03.2023, 19:38

    Mashhur aktyor bilan qarindoshlari ham bitta filmda rol o‘ynagan, ammo siz e’tibor bermagan holatlar (foto)

    17.03.2023, 13:37

    “O‘g‘lingiz ichib olgan, mashinada qizlar bo‘lgan ham deyishdi” — Jamila Oripova o‘g‘li Mo‘min Oripovning o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi (video)

    17.03.2023, 09:33

    Instagram: Umidaxon xonadonida to‘y, “qoshsiz qolgan” Maryam Tillayeva, 1 millionlik dovonga yetgan Bobur Mansurov

    16.03.2023, 22:30

    “O‘g‘lingiz bu ishlarni qila olmaydi”. Rejissor Zebo Navro‘zova qizi yo‘qligi — hayotidagi eng katta armoni ekanligi haqida (video)

    16.03.2023, 19:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.