• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    2024-yilda tashqi savdo balansi taqchilligi 17,4 mlrd dollarni tashkil etdi — Markaziy bank

    O‘tgan yili eksport va import hajmi o‘rtasidagi salbiy tafovut 17,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Mamlakat tashqi savdosida taqchillik (eksport hajmi importnikidan kam) yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

    Infografika: Markaziy bank

    Markaziy bank mustaqil ravishda tashqi savdo balansini tahlil qilib keladi. Statistika qo‘mitasi ham mazkur hisobni yuritadi. Masʼullar ikki tuzilmaning tovar va xizmatlar eksport–importi hajmini hisoblash metodlari turlichaligini aytib keladi. Shu bois, raqamlar ham bir-biridan farq qiladi.

    Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston eksporti hajmi 26,2 mlrd dollarni (2023-yildagidan 4,5 foiz ko‘p), importi 43,6 mlrd dollarni (2,3 foiz o‘sgan) tashkil etdi. Bunda tashqi savdo balansi taqchilligi qariyb 17,4 mlrd dollar bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilgi defitsit 17,6 mlrd dollarga yetgandi.

    2024-yilda migrantlarga talab hamda ish haqining oshishi, mehnat migratsiyasi geografiyasi kengayishi birlamchi va ikkilamchi daromadlar tushumlarini ko‘paytirdi. O‘z navbatida, xorij fuqarolari investitsiya daromadlarining oshishi xarajatlarni ko‘paytiruvchi omillardan bo‘ldi.

    “Natijada birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi musbat saldo bilan shakllanib, mos ravishda 1,1 mlrd va 10,6 mlrd dollarni tashkil etgan holda savdo balansi taqchilligini qisman qopladi. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi moliyaviy hisob bo‘yicha kapital tushumlar, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, portfel investitsiyalar va boshqa manbalar jalb qilinishi hisobiga moliyalashtirildi. 2024-yilda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi 5,7 mlrd dollarni tashkil qildi (2023-yilda 7,8 mlrd dollar). Bunga savdo balansi manfiy saldosining kamayishi bilan birga ikkilamchi daromadlar komponenti bo‘yicha kelib tushgan joriy transfertlar hajmining sezilarli darajada ko‘payishi taʼsir ko‘rsatdi”,—deyiladi Markaziy bank tahlilida.

    Birlamchi va ikkilamchi daromadlar kompanentida mehnat migrantlari tomonidan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari asosiy o‘rinda turadi. 2024-yilda muhojirga mamlakatga 14,8 mlrd dollar pul yuborgan (2023-yildagidan 30 foiz ko‘p). Mazkur mablag‘lar respublikaga kirib kelishi natijasida eksport kamligi, import hajmi esa ko‘pligi o‘rtasidagi tafovut sezilarli yopilgan. Shu bilan birga, moliyaviy hisob bo‘yicha kapital tushumlar, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, portfel investitsiyalar va boshqa manbalar jalb qilinishi hisobiga taqchillik o‘rni qoplangan.

    Infografika: Markaziy bank

    2024-yilda mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi 2,8 mlrd dollarga teng bo‘ldi (yillk o‘sish 32 foiz). Portfel investitsiyalarning sof jalb qilinishi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobiga 3,1 barobarga ko‘payib, 3,1 mlrd dollarni tashkil qildi.

    “Yuqoridagi tarkibiy omillar hisobiga 2024-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisob manfiy saldosi 7,4 mlrd dollarni tashkil etdi”,—deya qayd etgan Markaziy bank.

    Avvalroq Statistika qo‘mitasi 2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 65,9 mlrd dollarga yetganini ma’lum qilgandi. Shundan eksport hajmi 26,94 mlrd dollar, 38,98 mlrd dollar bo‘lgan.  

    2024-yil yakuniga ko‘ra, umumiy tashqi qarz hajmi 64,1 mlrd dollarni (yalpi ichki mahsulotga nisbatan 55,7 foiz) tashkil qildi. Shundan davlat tashqi qarzi hajmi 33,9 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 29,5 foiz) hamda korporativ tashqi qarz 30,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi. 

    Joriy yilgi kutilmalar qanday?

    Markaziy bank asosiy ssenariysiga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning jami eksporti hajmi o‘tgan yildagiga nisbatan (26,2 mlrd dollar) 10–12 foiz ko‘proq o‘sishi kutilmoqda.

    Eksport tushumlari ortishiga qator omillar taʼsir qilishi prognoz qilinmoqda. Jumladan, asosiy savdo hamkori hisoblangan davlatlarda O‘zbekistonning eksport tovarlariga talab ko‘payishi, chet elga sotiladigan xomashyolar qimmatlashishi kutilmalari saqlanib qolmoqda.

    Shu bilan birga, oltin narxi yuqori darajada shakllanishda davom etishi, kumush va mis narxlari o‘sishi kutilmoqda. O‘z navbatida turizm, transport va logistika, aloqa, kompyuter va IT sohalarida xizmatlar eksporti hajmi ortishi ehtimoli yuqori.

    Joriy yilda import hajmi o‘tgan yildagiga (43,6 mlrd dollar) qaraganda 8–10 foiz o‘sishi kutilmoqda.

    Ishchi kuchiga talab va oyliklar yuqori darajada saqlanib qolishi hisobiga mehnat muhojirlari daromadlari oshishini rag‘batlantirishi mumkin. Natijada O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 2024-yildagidan (14,8 mlrd dollar) 10–15 foiz yuqori o‘sishi kutilmoqda.

    2025-yilda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi asosan xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof kiritilishi, portfel investitsiyalar va tashqi qarz mablag‘lari jalb qilinishi hisobiga moliyalashtirilishi kutilmoqda.

    30 mart, 17:01   Izoh (0)   3766
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “2024-yilda misli ko‘rilmagan narx inflyatsiyasi kuzatildi” — Ortda qolgan yil O‘zbekiston iqtisodi uchun qanday keldi? 

    2 yanvar, 15:50

    Gaz eksporti to‘xtamagan, avtomobil importi kamaygan — 2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdosi qanday bo‘ldi?

    21 yanvar, 14:55

    Aholi va biznesda kommunal to‘lovlar qimmatlashishidan xavotir kuchaygan — Markaziy bank

    20 mart, 13:13

    Qaysi sohalarda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘proq? O‘zbekiston mehnat bozori tahlil qilindi

    30 mart, 14:00

    O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi miqdori maʼlum qilindi

    29 mart, 14:14

    “Gazprom” rekord zarar tufayli xodimlarini qisqartirib, aktivlarini sotmoqchi — FT

    27 mart, 15:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    G‘azoda bemorlar uchun qon tanqisligi ko‘paydi

    Dunyo | 7 avgust, 14:15

    Darvin Nunyes faoliyatini “Al-Hilol”da davom ettiradi

    Sport | 7 avgust, 14:08

    50 yil kutilgan loyiha: Italiyada dunyodagi eng uzun osma ko‘prik quriladi

    Dunyo | 7 avgust, 13:57

    Surxondaryodagi ayrim yo‘llarda tezlik soatiga 130 kilometr etib belgilanadi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:40

    Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq birinchi xonimni hibsga olishni talab qilmoqda

    Dunyo | 7 avgust, 13:15

    O‘zbekistonda 8-avgust kuni 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:00

    Tomoshabinlar nafratiga duchor bo‘lgan “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlari

    Kino | 7 avgust, 12:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.