• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Gaz eksporti to‘xtamagan, avtomobil importi kamaygan — 2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdosi qanday bo‘ldi?

    Statistika agentligi 2024-yildagi O‘zbekiston eksport-import operatsiyalari hajmini maʼlum qildi. Hisobotdan qator muhim maʼlumotlar o‘rin olgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Tashqi savdo defitsiti qisqargan

    2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi (TSA) hajmi 65,93 mlrd dollarni tashkil etdi (2023-yilgidan 3,8 foiz o‘sdi). Shundan eksport ulushi 26,94 mlrd dollar (8,4 foiz oshdi), import 38,98 mlrd dollar (0,8 foiz ko‘paydi) bo‘ldi. Taqchillik — 12 mlrd dollar (2023-yilda 13,8 mlrd dollar).

    O‘tgan yili Xitoy mamlakat tashqi savdosida eng ko‘p ulushni (12,5 mlrd dollar, umumiy hajining 18,9 foizi) egalladi. O‘zbekiston mazkur davlatga 2 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilgan bo‘lsa, qariyb 10,4 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilgan.

    Infografika: “Daryo”

    Keyingi o‘rinni Rossiya egallagan. Ruslar bilan 3,7 mlrd dollarlik eksport, 7,94 mlrd dollarlik import operatsiyalari amalga oshirilgan.

    Shu bilan birga, tashqi savdoda yana 8 ta davlat ulushi yuqori:

    • Qozog‘iston—4,3 mlrd dollar;
    • Turkiya — 2,9 mlrd dollar;
    • Koreya — 2 mlrd dollar;
    • Germaniya —1,2 mlrd dollar;
    • Turkmaniston — 1,1 mlrd dollar;
    • Afg‘oniston — 1,1 mlrd dollar;
    • Fransiya — 1,1 mlrd dollar;
    • Hindiston — 980 mlrd dollar.

    O‘tgan yilgi O‘zbekiston tashqi savdosida Qirg‘iziston asosiy o‘ntalikdan tushib qolgan. Uning o‘rnini Hindiston egallagan.

    Infografika: “Daryo”

    Gaz eksporti ko‘payib, oltinniki kamaygan

    2024-yilda O‘zbekiston eksportining eng katta ulushini (27,8 foiz) oltin tashkil etgan. Mamlakat o‘tgan yili xorijga 7,5 mlrd dollarlik (2023-yilda 8,1 mlrd dollar) qimmatbaho metall sotgan.

    Xizmatlar eksporti hajmi 7,2 mlrd dollarni yoki jami eksport hajmining 26,7 foizini tashkil etib, 2023-yildagidan (5,6 mlrd dollar) 27,7 foizga ko‘paydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi safarlar (turizm) (48,8 fioz) va transport (35,7 foiz) tashkil etgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    O‘z navbatida 4,2 mlrd dollarlik sanoat tovarlari, 2,2 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksport qilingan. Shuningdek, chet elga 1,2 mlrd dollarlik mashinalar va transport asbob-uskunalar sotilgan.

    Press-relizda eʼtiborga molik maʼlumotlardan biri gaz eksporti bilan bog‘liq. Mamlakatda tabiiy gaz qazib olish hajmi keskin qisqarishi va taqchillikka qaramay, mazkur mahsulotni eksport qilish to‘xtatilmagan. 2024-yilda O‘zbekiston xorijga 627,6 mln dollarlik, yaʼni 2023-yildagidan 18,4 foiz ko‘proq gaz sotgan.

    Umuman olganda, respublika tovar va xizmatlarining eng ko‘p eksportni Rossiya (13,7 foiz), Xitoy (7,6 foiz), Qozog‘iston (5,4 foiz) davlatlariga amalga oshirilgan.

    Rekord darajadagi gaz importi

    2024- yil yanvar-dekabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi 2023-yildagidan 337 mln dollarga kamaygan. O‘tgan yili import tarkibining eng katta ulushini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil etgan. Yaʼni yil davomida xorijdan 13,3 mlrd dollarlik shunday tovarlar sotib olingan (2023-yilda 14,9 mlrd dollar).

    Infografika: Statistika agentligi

    Shu bilan birga, sanoat tovarlari ulushi ham nisbatan yuqori saqlanib qolgan 6 mlrd dollar (15,5 foiz). O‘z navbatida chet eldan 3,7 mlrd dollarlik xizmatlar, 3,7 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar sotib olingan.

    O‘tgan yili 3,9 mlrd dollarlik mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash materiallar import qilingan. Tabiiy gaz ham mazkur tarkibga kiradi. 2024-yilda O‘zbekiston 1,7 mlrd dollarlik — tarixda kuzatilmagan rekord qiymatdagi gaz import qildi.

    Yana bir eʼtiborni tortadigan raqamlardan biri O‘zbekistonga avtomobillar importi hajmi keskin kamaygani bilan bog‘liq. Mamlakat 2024-yilda 3,3 mlrd dollarlik avtomobil import qilgan, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 4,5 mlrd dollarga yetgandi. O‘tgan yili 2 mrd dollarlik elektr mashinalari, apparatlari va jihozlari va ularning elektr qismlari import qilingan (2023-yilda 1,9 mlrd dollar).

    Mamlakat eng ko‘p — 10,4 mlrd dollarlik importni Xitoydan amalga oshirgan. Shu bilan birga, Rossiya (7,9 mlrd dollar), Qozog‘iston (2,8 mlrd dollar), Koreya (1,9 mlrd dollar) va Turkiyadan (1,7 mlrd dollar) nisbatan ko‘p tovar va xizmatlarni import qilgan.

     

    21 yanvar, 14:55   Izoh (0)   8607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga 2024-yili kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori qariyb 15 mlrd dollarga yetdi

    20 yanvar, 23:20

    Qadrsiz so‘m. Nega o‘zbekistonliklar milliy valyutamizga ishonmaydi?

    20 yanvar, 19:35

    O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda tadbirkorlar tomonidan qancha ish o‘rinlari yaratilgani ma’lum qilindi

    20 yanvar, 12:03

    Husiylar jahon iqtisodiyotiga 200 mlrd dollar zarar yetkazdi — The Economist

    19 yanvar, 23:35

    Suriyada Rossiya tovarlarini sotish taqiqlandi

    19 yanvar, 20:35

    Shveysariya Usmonovga aloqador aktivlarning bir qismini blokdan chiqardi

    19 yanvar, 19:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.