• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    Qaysi sohalarda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘proq? O‘zbekiston mehnat bozori tahlil qilindi

    2024-yil IV choragida respublikada chakana savdo, ishlab chiqarish va umumiy ovqatlanish sohalarida vakansiyalar ko‘proq bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bankning onlayn kuzatuvlarga asoslangan mehnat bozori shahrida maʼlum qilindi.

    Infografika: Markaziy bank

    Bo‘sh ish o‘rinlari 

    Qayd etilishicha, o‘tgan yil oktyabr–dekabr oylarida mamlakatda 41 mingtaga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari eʼlon qilindi. Taqqoslash uchun, bundan bir chorak ilgari, ya’ni iyul–sentyabr oylarida 54 ming vakansiya mavjud bo‘lgan. Markaziy bank bo‘sh ish o‘rinlari sonining 14 mingtaga qisqarishiga mavsumiy omillar taʼsir qilganini sabab sifatida keltirgan. 

    “Bo‘sh ish o‘rinlarining (vakansiyalar) asosiy qismi chakana savdo (umumiy vakansiyalarning 21 foizi), ishlab chiqarish (16,1 foiz) va umumiy ovqatlanish (15,7 foiz) sohalariga to‘g‘ri kelgan. Bunda III chorakka nisbatan qurilish sohasidagi vakansiyalar 45 foizga, umumiy ovqatlanish 30 foizga va taʼlim sektori 26 foizga qisqardi”, deyiladi tahlilda.

    Vakansiyalar soni kamaygani mavsumiy omillardan tashqari bo‘sh ish o‘rinlari tezroq to‘ldirib borilayotgani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Yakuniy chorakda mehnat arizalari (rezyumelar) soni o‘sishda davom etgan. Bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish uchun nomzodlar ko‘proq o‘rta malakaga ega ishchilar (savdo, maʼmuriy va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari) bo‘lgan.

    Ishsizlik kamaygan

    O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2024-yil III choragi yakunida 5,7 foizni tashkil etgan. 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich 6,8 foiz edi.

    Infografika: Markaziy bank

    O‘tgan yil iyul–sentyabr oylarida mamlakatda iqtisodiy faol aholi soni 15,1 million kishiga yetgan.

    “Ishsizlik kamayishi yoki bandlar soni oshishi asosan, bozorda yangi turdagi soha va xizmatlarda faoliyat olib boruvchilar hisobiga yuzaga kelmoqda. Anʼanaviy hisoblanadigan tarmoqlarda, xususan, qishloq xo‘jaligi va sanoatda bandlar soni qisqarishi kuzatilmoqda”, deya yozilgan sharhda.

    2024-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 18 foizga o‘sib, yil yakunida 284 ming kishini tashkil etdi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning aksariyati chakana savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyatini davom ettirmoqda.

    Iqtisodiyotda o‘zini-o‘zi band qilganlar soni ham ortishda davom etib, 2024-yil yakunida 4,5 million kishiga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 1,8 barobarga yuqori. O‘zini-o‘zi band qilganlarning asosiy qismi maishiy xizmat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda.

    Ish haqi sekin oshmoqda

    2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha hisoblangan nominal ish haqi 5,4 million so‘mga yetdi. Mazkur raqam 2023-yildagiga nisbatan 17,4 foizga yuqori. Real hisobda esa oyliklarda 7,1 foizga o‘sish kuzatilgan.

    O‘tgan yilning yakuniy choragida davlat sektorida oyliklar oshirilishi fonida ish haqi o‘sishi tezlashgan. Bu ijtimoiy sohalardagi (taʼlim va sog‘liqni saqlash) ish haqi dinamikasiga bevosita taʼsir ko‘rsatgan.

    Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida oldingi davrlarda (2022-2023-yillar) kuzatilgan ish haqining yuqori o‘sish impulsi 2024-yilda bosqichma-bosqich kamayib borgan. Jumladan, tashish va saqlash, turar-joy xizmatlari va umumiy ovqatlanish sohalarida o‘sish surʼatlari qisqardi. Bundan tashqari, 2024-yilda bank va moliya (shu jumladan, sug‘urta va lizing bozori) hamda axborot-kommunikatsiya sohalarida ish haqi o‘sishi biroz sekinlashdi.

    “Pandemiyadan keyingi davrda iqtisodiyotda raqamlashtirish jarayonlari jadal surʼatlarda amalga oshirilishi mazkur sohalar mutaxassislariga talabni oshirib, ushbu sektorlar ish haqi miqdorida jadal o‘sish kuzatilgan edi. 2024-yilda ushbu tarmoqlarda mehnat bozori muvozanatlashishi natijasida ish haqining o‘sishi sekinlashdi. Yuqori isteʼmol talabi saqlanib qolayotgan sharoitda chakana savdoda ish haqining o‘sishi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, boshqa tarmoqlarni, jumladan, savdoni raqamlashtirish jarayonlari kelgusi davrlarda axborot-kommunikatsiya, chakana savdo sohalarida ish haqi o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan bo‘lishi kutilmoqda”, qayd etilgan tahlilda.
    Infografika: Markaziy bank

    Mehnat migratsiyasi 

    O‘tgan yili mehnat migrantlari oqimi sezilarli darajada oshdi. Bu o‘sish ildizini bir tomondan xorijga chiqqan fuqarolar umumiy soni 6,2 million kishini (2023-yildagidan 29 foiz ko‘p) tashkil etganida ko‘rish mumkin. Boshqa tomondan O‘zbekistonga mehnat muhojirlari yuborgan pul o‘tkazmalari hajmi keskin ortgani (2023-yildagidan 30 foiz oshib, 14,9 milliard dollarga yetgan) bilan ham izohlasa bo‘ladi.

    Markaziy bank tahlili so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik migrantlar ishlash uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ham avvalgi davrlardagidan ko‘proq borayotganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, Polsha (YIga berilgan vizalarning 21 foizi), Litva (17 foiz), Germaniya (16 foiz) va Latviyaga (7 foiz) migratsiya maqsadida ishga joylashish maqsadidagi safarlar soni ortgan. 

    Buyuk Britaniya tomonidan mehnat muhojirlariga bo‘lgan mavsumiy talab ham saqlanib qolmoqda. O‘zbekiston fuqarolariga berilayotgan mavsumiy vizalar barcha mavsumiy berilgan vizalarning qariyb 13 foizini tashkil etgan. Bunda Buyuk Britaniya tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga 2021-yilda 556 ta, 2022-yilda 4228 ta, 2023-yilda esa 4094 ta viza berilgan.

    O‘z navbatida Koreyaga umumiy migratsion oqim oshib bormoqda. Bunda asosan taʼlim va ishlash maqsadlari birlamchi ahamiyatga ega.

    “2024-yilda makroiqtisodiy vaziyatning bosqichma-bosqich barqarorlashuvi fonida Turkiyaga migratsiya oqimi ko‘paydi. Buni O‘zbekiston fuqarolariga berilgan ruxsatnomalar (Residence Permit — yashash uchun ruxsatnomalar) oshib borayotganida ham ko‘rish mumkin”, deyiladi tahlilda.

    Sharhlanishicha, o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining asosiy yo‘nalishlari hamon Qozog‘iston va Rossiya bo‘lib qolmoqda. Pul o‘tkazmalari joriy dinamikasi va boshqa makroiqtisodiy raqamlar (valyuta kursi, ish haqi) mazkur davlatlarga migrantlar oqimi barqaror saqlanishda davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

    30 mart, 14:00   Izoh (0)   6655
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Migrantlar pul yubormasa, O‘zbekistonda kambag‘allik keskin oshadi — Jahon banki

    10 mart, 21:40

    Kutilma va tahlillar: kelgusi uch yilda dollar kursi qanchaga oshadi?

    15 mart, 11:00

    Davlat tashqi qarzi: O‘zbekistonga kimlar kredit bergan va pullar nimalarga sarflanmoqda? 

    14 mart, 20:00

    Aholi va biznesda kommunal to‘lovlar qimmatlashishidan xavotir kuchaygan — Markaziy bank

    20 mart, 13:13

    Banklarda qaytarilmayotgan kreditlar miqdori rekord darajada ko‘paydi

    23 mart, 18:55

    So‘nggi 15 yil ichida qancha o‘zbekistonlik xorijga ko‘chib ketgani maʼlum bo‘ldi

    25 mart, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41

    Mashina boshqaruvini 13 yoshli o‘g‘liga topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:27

    Xorijlik diplomatlar Donald Tramp davrida qonun ustuvorligi susayishidan xavotirda

    Dunyo | 25 avgust, 22:05

    Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li “Checheniston Respublikasi himoyachisi” medali bilan mukofotlandi

    Dunyo | 25 avgust, 21:50

    Apple shaxsiy sun’iy intellekt terapevtli xizmatni ishga tushiradi

    Dunyo | 25 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.