• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi miqdori maʼlum qilindi

    Umumiy tashqi qarz dinamikasida o‘sish kuzatilib, davlat qarzi 4,2 milliard dollarga, korporativ kreditlar hajmi 6,6 milliard dollarga ortgan.

    Infografika: “Daryo”

    Markaziy bank 2024-yil uchun O‘zbekiston to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei hamda tashqi qarzi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni eʼlon qildi. Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakunida hukumat va korxonalar tomonidan xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari va investorlardan jalb qilingan jami qarzlar qoldig‘i 64,1 milliard dollarga yetdi. Shundan 33,9 milliard dollari davlat tomonidan kafolatlangan, qolgan 30,2 milliard dollari korxonalar zimmasidagi korporativ (kafolatlanmagan) tashqi qarzlardir.

    Taqqoslash uchun, 2023-yildagi umumiy tashqi qarz 53,3 milliard dollar bo‘lgan (davlat tashqi qarzi 29,7 milliard dollar, korporativ tashqi qarz 23,6 milliard dollar).

    Markaziy bank hisob-kitoblariga qaraganda, oxirgi yillarda korporativ tashqi qarz miqdori tezroq o‘smoqda. Chunki mamlakat kompaniyalari xalqaro moliya bozorlarida o‘z ishtirokini oshirib kelmoqda.

    O‘zbekiston to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei hamda tashqi qarzi nashriga ko‘ra, korporativ tashqi qarz tarkibida xususiy sektor korxona va tashkilotlari bilan bir qatorda ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxona va banklarning xorijiy kreditorlar oldidagi tashqi majburiyatlari aks ettiriladi. Bunda qarzlar davlat kafolatisiz jalb qilinadi hamda ular bo‘yicha to‘lovlar ushbu korxona va banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Misol uchun, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining London fond birjasida joylashtirilgan yevrobondlar summasi to‘lov balansining portfel investitsiyalar komponentida aks ettirilib, ushbu majburiyatlar yuzasidan hukumat kafolati taqdim etilmagan.

    O‘z navbatida davlat tashqi qarzi tarkibiga hukumat tomonidan va hukumat kafolati ostida jalb qilingan tashqi majburiyatlar kiritiladi.

    2024-yil yakunida davlat tashqi qarzlarining 17,9 milliard dollari qatʼiy belgilangan foiz stavkada, 15,64 milliard dollari o‘zgaruvchan foiz stavkalarda jalb qilingan.

    Davlat tashqi qarzi uch yo‘nalishdagi kreditorlardan jalb qilinmoqda. Jumladan, mamlakat tashqi kreditlarining 57 foizi xalqaro moliya institutlaridan, 31 foizi xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlaridan, qolgan 12 foizi xalqaro investorlardan olingan.

    2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonga eng yirik miqdordagi kreditlar Jahon banki tomonidan ajratilgan — 7,63 mlrd dollar (jamidan 23 foiz). Ikkinchi yirik kreditor Osiyo taraqqiyot banki bo‘lib, mamlakatdagi qarz qoldig‘i 7,4 mlrd dollar (22 foiz).

    Uchinchi yirik qarzlar xalqaro investorlardan jalb qilingan — 4,1 mlrd dollar.

    Davlat kafolati ostida olingan kreditlar turli yo‘nalishlarga taqsimlab kelinadi. Jumladan, qaytariladigan tashqi qarzlarning qariyb 15,3 mlrd dollari (umumiy miqdorning 45 foizi) davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

    Kreditlarning 5,74 mlrd dollari yoqilg‘i-energetika sanoatiga ajratilgan (umumiy summaning 17 foizi). Shu bilan birga, quyidagi sohalarga nisbatan yirik miqdorda tashqi qarz mablag‘lari yo‘naltirilgan:

    • Qishloq va suv xo‘jaligi — 2,9 mlrd dollar (9 foiz);
    • Transport va transport infratuzilmasi — 2,85 mlrd dollar (8 foiz);
    • Sog‘liqni saqlash, taʼlim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari hamda boshqa sektorlar — 2,45 mlrd dollar (7 foiz).

    O‘zbekiston davlat qarzi 2025-yil yakunida 45,1 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu yil yakunida kutilayotgan yalpi ichki mahsulotga (125 milliard dollar) nisbatan 36,7 foizga teng degani. Joriy yilda 5,5 milliard dollar miqdoridagi tashqi qarz olinishi belgilangan. Shundan 3 mlrd dollari byudjetni qo‘llab-quvvatlashga, qolgan 2,5 milliard dollari investitsiya loyihalari uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

    2026-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 140 milliard dollardan ortishi prognoz qilinmoqda. Dastlabki tahlillarda makroiqtisodiy hamda fiskal ko‘rsatkichlar barqarorligi taʼminlansa, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati kelasi yili 37,9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu davlat qarzi 53 mlrd dollardan ortishini anglatadi.

    Tashqi kreditlar miqdori ko‘payishi fonida davlat byudjetidan qarzning foiz to‘lovlarini qaytarish xarajatlari ham orta boshlagan. Masalan, 2023-yilda mazkur maqsad uchun 8 trln so‘m ajratilgan. 2024-yilda esa bu miqdor sezilarli ortib, 14,5 trln so‘mga yetgan.

    Kelgusi yillarda byudjetdan kreditlar foizlari uchun chiqimlar miqdori ortib borishi kutilmoqda. Jumladan, 2025-yilda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlariga 21,1 trillion so‘m, 2026-yilda 30,3 trillion so‘m, 2027-yilda 33,8 trillion so‘m yo‘naltirilishi prognoz qilingan.

    29 mart, 14:14   Izoh (0)   15122
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda inflyatsiya yana ko‘tarildi

    3 mart, 17:05

    Davlat tashqi qarzi: O‘zbekistonga kimlar kredit bergan va pullar nimalarga sarflanmoqda? 

    14 mart, 20:00

    Banklarda qaytarilmayotgan kreditlar miqdori rekord darajada ko‘paydi

    23 mart, 18:55

    “Gazprom” rekord zarar tufayli xodimlarini qisqartirib, aktivlarini sotmoqchi — FT

    27 mart, 15:17

    O‘zbekistonda yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi 5 yilda 18,5 foizga o‘sdi

    25 mart, 10:12

    Markaziy bank beshta bankka nisbatan jarima qo‘lladi

    24 mart, 19:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.