Rossiyaning Ermitaj muzeyida tashrif buyuruvchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari tufayli rasmga tushish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda muzeyning rasmiy Telegram kanalida ma’lumot berildi.

Fotosessiyalar muzeyga daromad olish imkonini beruvchi xizmatlardan biri bo‘lib, imtiyozlar tizimi va chipta narxlari darajasini saqlab qoladi.
Ermitaj o‘z mehmonlariga unutilmas taassurotlarni mamnuniyat bilan taqdim etadi, ammo bu imkoniyatdan tijoriy maqsadlarida foydalanilayotganini qabul qilishga tayyor emas. Agar xizmatni suiiste’mol qilishni xohlovchilar soni ko‘paysa, biz uni bekor qilishga majbur bo‘lamiz, deyiladi xabarda.
Tegishli bayonot e’lon qilinishidan oldin Ermitajga tashrif buyurgan ikki ayol ularni hashamatli kiyimda muzeyga kiritishmaganidan shikoyat qilgan. Qizlar kassir bilan suhbatni videoga olgan. Tashrif buyuruvchilar muzeyda professional suratga tushishni xohlagan. Tegishli xizmat esa 10 ming rublga (119 dollardan ortiq) baholangan.
Qizlar esa odatdagidek kiyinganliklari, yonlarida professional texnika va kiyim almashtirish uchun buyumlar yo‘qligini ta’kidlagan. Muzeyda havaskor foto va video suratga olishga ruxsat berilgan, faqat ba’zi joylarda bu taqiqlangan.
Izoh (0)