• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Bankda ishladim, qizimni turmushga berdim va endi ijodga qaytdim”. Sobiq “Jonim” guruhi xonandasi Aziza Nasriddinova bilan suhbat

    Sobiq “Jonim” guruhining xonandasi Aziza Nasriddinova MY5 telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuviga intervyu berdi. Intervyu davomida u ijodiy tanaffusning sababi, bugungi oilaviy ahvoli haqida gapirdi.

    “Bankda ishladim, ammo san’atdan ketolmadim”

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    — Pushtirang bolaligim Toshkent markazida o‘tgan. Onam qiziqishlarimni e’tiborsiz qoldirmay, “Paxtaoy” nomli vokal cholg‘u-ansambliga olib borgan. U yerda avvaliga sintezator chalishni o‘rganganman. Undan keyin vokal mashg‘ulotlarini o‘tishgan.

    Ammo maktabni bitirgandan keyin Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘qishga qaror qildim. Chunki ingliz tili va matematika bo‘yicha bilimim yaxshi edi. Egallagan mutaxassisligim bo‘yicha 3 yil bankda ham ishladim. Ammo baribir san’atga bo‘lgan intilishim so‘nmadi.

    “Jonim” kim sabab tashkil etilgandi?

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    — “Jonim” guruhining tashkil etilishi juda oddiy bo‘lgan. 1999-yili mahoratli bastakor Vagif Zokirov g‘oyasi asosida guruhga asos solingan. 2000-yilda “Tarona shou”ning Yangi yil konsertida ilk marta Shahzoda bilan guruh sifatida katta sahnaga chiqqanmiz. Odamlar ijodimizni yaxshi qabul qilishgan, ammo ikki yildan so‘ng ikkimiz ham alohida ijod qilishga qaror qildik. 2003-yili yakka holda “Borman” nomli albomimni sotuvga chiqardim. Qo‘shiq o‘sha yilning eng xit qo‘shig‘i sifatida e’tirof etildi. U paytlarda internet yo‘q, qo‘shiqlar faqat radio va televideniyeda berilsa ham, tinglovchilarning san’atga bo‘lgan mehri yuqori edi.

    “Yetti yil tanaffus qilishimning sababi...”

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    — O‘ylab qarasam, oxirgi klipimni 2015-yilda suratga olgan ekanman. Undan keyin farzandlarim tarbiyasi va oilaviy masalalar sabab ijodiy tanaffus qilishimga to‘g‘ri keldi. Yetti yil davomida ijod qilmagan bo‘lsam ham, xayolan san’atdan uzoqlasholganim yo‘q. Chunki ijodkorning san’atdan butunlay ko‘ngil uzishi juda qiyin. Orada shuncha yil tanaffus qilgan bo‘lsam ham, haligacha odamlar “Qachon yangi qo‘shiq chiqarasiz?”, “Sizni sog‘indik, ijod qiling”, deb yozishadi. Xullas, meni kutgan muxlislar uchun beshta eski qo‘shiqlarimni yangicha talqinda ijro etdim. Yaqin kunlarda klip ham suratga olishni rejalashtiryapmiz. “Tanaffus qilsam, o‘rnimni yo‘qotib qo‘yaman”, degan qo‘rquv yo‘q. Chunki san’atda har bir ijodkorning o‘rni va o‘ziga yarasha tinglovchisi bor. Raqobatdan esa umuman qo‘rqmayman.

    “Katta qizimni turmushga berdim”

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    — Ikkita farzandim bor. Katta qizimni turmushga berganman. Ammo ko‘pchilik “Qizini turmushga bergan ayolga o‘xshamaysiz. Juda yosh ko‘rinasiz”, deyishadi. Yosh ko‘rinishimning siri juda oddiy, uyda muntazam fitnes bilan shug‘ullanaman. Ko‘p emas, ikki-uchta harakatlarni har kuni takrorlayman. To‘g‘ri ovqatlanishga ham alohida e’tibor beraman, shu xolos.

    “Qo‘shiqlarim dolzarbligini yo‘qotmagan”

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    Foto: Instagram / @aziza_jonimofficial

    — Shu kungacha yaratgan qo‘shiqlarimning musiqasini o‘zim bastalaganman. Bobur Bobomurod, Ibrohim Jiyanov va Shahnoz she’rlaridan foydalanganman. Shu bois qo‘shiqlarimning bari zamon tanlamaydigan, aktualligini yo‘qotmaydigan deb aytolaman. Masalan, ikki turmushli insonlarga bag‘ishlab kuylangan “Ikki hayot” qo‘shig‘i ham haligacha dolzarbligini yo‘qotmagan. “Jonim” guruhi odamlarning qalbidan joy olgan. U ko‘pchilikning bolaligi yoki yoshlik yillarini eslatadi, desam xato bo‘lmaydi. Shu bois Aziza Jonim taxallusi bilan ijod qilishga qaror qildim.

    Eslatib o‘tamiz, 2010-yilda xonanda Shahzoda prodyusserligida yangi tarkib bilan “Jonim” guruhi tashkil etilgandi. Madina va Mira ismli qizlardan tarkib topgan guruh “Yondim”, “Qaramagin ko‘zlarimga” nomli qo‘shiqlarni ijro etgan. Yodgor Nosirov tomonidan ularga klip ham suratga olingan edi. Ammo ko‘p o‘tmay Mira guruhni tark etdi. Garchi guruhga yangi xonanda qabul qilingan bo‘lsa-da, yangi tarkibdagi “Jonim”ning davomiyligi ham uzoqqa bormadi.

    Mavzuga doir:

    • “Ko‘ngil ko‘chalari”dagi Suqsur hozir qayerda? U nega kinolarda ko‘rinmay qoldi? (foto)
    • “Qaytar dunyo”dagi Oyjamol — Gulnora Qosimova nima sababdan AQShga ketgan?
    • Taniqli bastakor va xonanda Rustam Mahmudov hozir qayerda?
    • “Qora tun” xit qo‘shig‘i ijrochisi Bonu nima sababdan san’atni tark etgan? U hozir nima ish qiladi? (video)

    21.04.2022, 16:46   Izoh (0)   44541
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktyor bo‘lishni xohlamagan hamda 40 yoshida aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi. Ranbir Kapur haqida nimalarni bilamiz?

    21.04.2022, 14:56

    Instagram: Shahzod Sultonov bilan yarashgan Feruza Normatova, kirakashga aylangan Liil Xurramov, “Qalpoq”chilardan Jahongir Otajonovga parodiya

    20.04.2022, 22:57

    O‘z-o‘zini yetarlicha baholay olmaslik: omadli va mashhur insonlar yashirin qo‘rquvi haqida so‘zlab beradi

    20.04.2022, 20:58

    Turk kinosining mashhur juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning tug‘ilgan kunini nishonladi (foto)

    20.04.2022, 18:59

    Jasur Umirovdan “Million” va Yulduz Usmonovagacha. “Xalqlar do‘stligi”da o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    20.04.2022, 14:20

    Lola, Munisa Rizayeva hamda mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun plastik jarrohlik amaliyotidan foydalangan boshqa mashhurlar (foto)

    19.04.2022, 13:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham ortdamiz” — senator odil sudlov masalasida

    O‘zbekiston | 2 iyun, 16:16

    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

    Reklama | 2 iyun, 15:11

    O‘zbekistonda dollar kursi oshdi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 16:11

    Qozog‘iston kartoshka narxi oshishida O‘zbekistonni aybladi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 15:55

    Hindistonda it “baxt direktori” lavozimiga ishga olindi

    Qo‘ziqorin | 2 iyun, 15:55

    Qozog‘iston aholisi soni e’lon qilindi

    Qozog‘iston | 2 iyun, 15:45

    BAA aeroportida o‘zbekistonliklar ushlab turilganiga munosabat bildirildi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 15:41

    Hech qanday parhez yo‘q: mashhur san’atkorlar ish vaqtida nimalar iste’mol qiladi?

    Layfstayl | 2 iyun, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.