• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Yanvarda O‘zbekiston eksporti hajmi 14 foizga o‘sdi

    Statistika agentligi 2025-yil yanvarda O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan eksport-import operatsiyalari qiymatini ma’lum qildi. 

    Infografika: Statistika agentligi

    Joriy yil yanvarda mamlakat tashqi savdo aylanmasi hajmi 4,5 mlrd dollarni (7,1 foiz o‘sish) tashkil etdi. Shundan eksport ulushi 1,3 mlrd dollar (+14,1 foiz), import 3,2 mlrd dollar (+4,4 foiz). Tashqi savdo taqchilligi 1,9 mlrd dollar bo‘ldi.

    Qayd etilishicha, yirik savdolar Xitoy (994,7 mln dollar), Rossiya (799,1 mln dollar), Qozog‘iston (313,5 mln dollar, Turkiya (212,9 mln dollar) davlatlari bilan amalga oshirilgan.

    Xorijiy mamlakatlar bilan eng ko‘p oldi-sotdi Toshkent shahri tomonidan bo‘lgan. Poytaxt qariyb 1,9 mlrd dollarlik (umumiy savdoning 41,7 foizi) tovar va xizmatlarni eksport–import qilgan. Eng kam tashqi savdo ulushi Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan — 52,1 mln dollar (1,2 foiz).

    Infografika: Statistika agentligi

    Eksport ko‘rsatkichlari

    Yanvarda O‘zbekiston eksportining 37,6 foizini xizmatlar tashkil etdi. Mamlakat xorijga oy davomida 492,1 mln dollarlik xizmatlar sotgan (o‘sish 21,9 foiz). Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 403,6 mln dollar edi. O‘tgan oyda xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi turizm (47,6 foiz) hamda transport (37,1 foiz) bilan bog‘liq sohalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Keyingi yuqori ulushni sanoat tovarlari eksporti tashkil etgan — 265,5 mln dollar (20,2 foiz). Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti ulushi nisbatan yuqori (10,9 foiz) bo‘lgan.

    Garchi O‘zbekistonda tabiiy gaz taqchilligi kuzatilsa-da, mazkur mahsulot eksporti yanvarda ham to‘xtatilmagan. Oy davomida xorijga 21,8 mln dollarlik gaz sotilgan. Shuningdek, 17,5 mln dollarlik elektr toki eksport qilingan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Xuddi 2024-yil yanvardagidek, joriy yilning ilk oyida ham oltin eksport qilinmagan. Odatda mamlakat yillik eksport tushumining uchdan bir qismi oltin sotuvidan keladi. 

    O‘z navbatida respublika o‘tgan oyda 6,6 mln dollarlik avtomobillar, 81,7 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qilgan.

    Import tarkibi

    O‘zbekistonga yanvar oyida eng ko‘p import qilingan tovarlar mashinalar va transport asbob uskunalari bo‘lgan. Bir oy davomida mamlakatga jami 1,1 mlrd dollarlik (umumiy importning 35,3 foiz) mazkur turdagi mahsulotlar xarib qilinib, olib kelingan. O‘tgan yilning mos davrida 1,3 mlrd dollarlik mashinalar va transport asbob uskunalari sotib olingandi. Avvalroq avtomobillar importi qisqarishiga mamlakatga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni kiritishda yaratilgan sunʼiy to‘siq sabab bo‘layotgani aytilgan.

    O‘tgan oyda sanoat tovarlari importi ham nisbatan yuqori ulushni (15,8 foiz) tashkil etgan. Yanvarda umumiy qiymati 504,8 mln dollarlik shunday tovarlar chet eldan xarid qilingan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Shuningdek, xorijdan 408,6 mln dollarlik kimyoviy vositalar (12,8 foiz), 334,7 mln dollarlik oziq-ovqat va tirik hayvonlar sotib olingan.

    Yanvar oyida O‘zbekistonga 144,1 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari, 27,8 mln dollarlik gaz, 21,4 mln dollarlik elektr toki import qilingan. Shu bilan birga, jami qiymati 243,8 mln dollarlik avtomobillar xarid qilingan.

    Umumiy importning eng ko‘p ulushlari — Xitoy (28,3 foiz), Rossiya (16,6 foiz), Qozog‘iston (7,5 foiz) davlatlaridan amalga oshirilgan.

    Maʼlumot uchun, 2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 65,93 mlrd dollarni tashkil etgan. Shundan eksport ulushi 26,94 mlrd dollar, import 38,98 mlrd dollar bo‘lgan. Eksport va import o‘rtasidagi taqchillik — 12 mlrd dollarga yetgan. 

    24 fevral, 20:45   Izoh (0)   4819
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston demografik holati tahlili: tug‘ilish va nikohlar kamayib, o‘limlar ko‘paydi

    31 yanvar, 14:15

    Bog‘chaga to‘lov, “prava”ga o‘qish qimmatlashdi. O‘zbekistonda inflyatsiya qanday o‘zgardi?

    9 fevral, 17:31

    Gaz, elektr, avtomobil ishlab chiqarish kamaydi. Yanvar O‘zbekiston sanoati uchun qanday keldi?

    24 fevral, 14:30

    O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin kamaydi

    24 fevral, 17:35

    Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli sanasi e’lon qilindi

    24 fevral, 11:48

    Tahlil: oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchilarning akademik natijalariga qanday taʼsir qiladi?

    23 fevral, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbek san’atkorlari Instagram’da reklama uchun qancha haq oladi?

    Madaniyat | 26 avgust, 18:36

    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

    Reklama | 26 avgust, 18:00

    “Rossiya Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvini cho‘zmoqda” — Merts

    Dunyo | 26 avgust, 18:25

    Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 18:16

    Qaysi hududda aholi va korxonalarga eng ko‘p kredit berilgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 26 avgust, 18:11

    O‘zbekistonga asosan necha yoshdagi turistlar kelgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 17:58

    Noqonuniy sigaretalar ichida nima bor? Tahlil natijalari hayratlanarli

    Toshkent sh. | 26 avgust, 16:30

    “Bizni dushmandan himoya qiladigan qurollardan voz kechmaymiz” — “Hizbulloh” Isroilga javob qaytardi

    Dunyo | 26 avgust, 17:40

    Fuqarolar begonalar uchun xayriya yig‘ishi mumkin emas: homiylik xayriyalarini yig‘ishning aniq tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 17:25

    Dunyoni o‘zgartirgan buyuk ayollar haqidagi eng sara filmlar

    Kino | 26 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.