Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 14,93 so‘mga oshib, 12 971,93 so‘m bo‘ldi;
- yevro 68,81 so‘mga pastlab, 13 394,81 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,43 so‘mga ko‘tarilib, 133,86 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun pastlab, 12 957 so‘m bo‘lgandi.
Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, 2025-yilda nominal valyuta kursida keskin o‘zgarish bo‘lishi kutilmayapti. 2024-yilda so‘m dollarga nisbatan 4,7 foiz qadrsizlangan. 2023-yilda so‘m AQSH valyutasiga nisbatan 9,7 foizga, 2022-yilda 3,94 foizga zaiflashgandi.
Markaziy bank valyuta kursi bo‘yicha prognoz bermaydi. Lekin valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga taʼsiri, albatta, o‘rganiladi. Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, valyuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3–0,4 foiz taʼsir ko‘rsatishi mumkin.
Izoh (0)