Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2025-yil 4-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 9,96 so‘mga ko‘tarilib, 12 985,01 so‘m bo‘ldi;
- yevro 188,33 so‘mga tushib, 13 284,96 so‘m bo‘ldi;
- rubl 2,54 so‘mga pastlab, 129,84 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng 18,04 so‘mga ko‘tarilib, 12 975 05 so‘m bo‘lgandi.
Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, 2025-yilda nominal valyuta kursida keskin o‘zgarish bo‘lishi kutilmayapti. 2024-yilda so‘m dollarga nisbatan 4,7 foiz qadrsizlangan. 2023-yilda so‘m AQSH valyutasiga nisbatan 9,7 foizga, 2022-yilda 3,94 foizga zaiflashgandi.
Izoh (0)