• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Afsonaga aylangan daydi: Raj Kapur qanday qilib hind kinosining qiroliga aylandi?

    Joriy yil 14-dekabr kuni hind kinosining yulduzi, ajoyib aktyor va kino ijodi arbobi Raj Kapur tavalludining 100 yilligi nishonlandi. Kapurlar sulolasi asoschisining filmlari badiiy jihatdan hanuz betakror bo‘lib, avlodlar davomida o‘z mashhurligini yo‘qotmay kelmoqda. Bugun buyuk aktyorni xotirlab uning hayot va ijod yo‘li, kino karyerasi tarixi haqida ma’lumot beramiz.

    Foto: Bollywood Times

    Raj Kapur 1924-yil 14-dekabrda tavallud topgan, aktyor sanʼatga qo‘shgan hissasi uchun nafaqat Hindistonda, balki xorijiy davlatlarda ham e’tirof etiladi. Kapurlar oilasi asli Samundri, Lyallpur tumani, Panjob viloyati, Britaniya Hindistonidan (hozirgi Panjob, Pokistonda joylashgan) kelib chiqqan. U oiladagi olti farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan.

    Foto: Bollywood Times

    Raj va Nargis “Daydi” filmida ajoyib oshiqlar rolini mahorat bilan ijro etgani tomoshabinlarga ma’lum. Ularni jahon yulduziga aylantirgan boshqa bir qancha filmlar ham suratga olingan. Filmda suratga tushish jarayonida Rajga nisbatan Nargisning ko‘nglida muhabbat paydo bo‘lgan. Rajga oq rang yoqishini bilgach, hatto ana shu rangda libos kiyishni ham odat qilgan. Ammo aktyorning allaqachon oilasi va farzandlari bor edi.

    Foto: Bollywood Times

    Raj Kapur haqiqiy dunyo yulduzi edi. Ayniqsa, “Daydi” filmidan keyin sobiq ittifoq mamlakatlarida yanada mashhur bo‘lgan. Filmda aktyorning ajoyib partnyori rolini ijro etgan Nargis uning rafiqasi ekaniga hamma ishonardi. Ammo Raj o‘zining qarindoshi Krishna bilan turmush qurgan. Nargis uzoq vaqt davomida sevgilisining oilasidan ajrashishiga umid qildi, ammo bunday bo‘lmadi.

    Raj Kapur kino sohasida ta’lim olmagan

    Foto: Bollywood Times

    Raj aktyorlar oilasida tug‘ilgan: bobosi aktyor, otasi esa teatrga rahbarlik qilgan. Shuning uchun ham Rajning bu kasbni davom ettirishi ajablanarli holat emas. U birinchi marta olti yoshida sahnaga chiqqan va o‘n bir yoshidan boshlab filmlarda o‘ynay boshlagan. Qizig‘i shundaki, Raj Kapur maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo 24 yoshida u Hindistonning eng yosh rejissyoriga aylanib, filmlar suratga olishni boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, u kinostudiyaga asos soldi. Ammo uning maktabni bitirganlik haqidagi shahodatnomasi ham yo‘q: u lotin tilini o‘rgana olmagani uchun imtihonlardan o‘ta olmagan. U kinoni auditoriyalarda emas, balki o‘z tajribasida o‘rgangan.

    “Daydi”ning muvaffaqiyati

    Foto: Kinorium

    Raj Kapur ishtirokidagi “Daydi” filmi butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Hind kinosi qanday bo‘lishi mumkin? Cheksiz muhabbatni o‘z ichiga olgan va qo‘shiq hamda raqs bilan boyitilgan ijtimoiy drama. Ba’zilar buni sodda deb atadi, kimdir uchun bundan yaxshirog‘i bo‘lishi mumkin emas, film chindan ham samimiy va tushunarli. Urushdan keyin vayrongarchilik va qiyinchiliklardan charchagan sobiq ittifoq mamlakatlari aholisi uchun daydi yigitning hikoyasi juda tanish va tushunarli edi.

    Film namoyishidan keyin tomoshabinlar ko‘zlari yoshga to‘lgan holda kinozallarni tark etgan: ular bechora daydiga achinar, uzoq vaqt davomida filmda yangragan taronalarni kuylab yurardi.

    Aytishlaricha, Javaxarlal Neru rasmiy tashrif bilan SSSRga kelganida Nikita Xrushchyov undan Raj Kapurni tanishi haqida so‘ragan. Hindiston bosh vaziri o‘g‘ri rolini o‘ynagan bola undan ko‘ra mashhurroq bo‘lishi mumkinmi, deya g‘azablangan. Lekin aynan shunday edi va Neru buni boricha qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan.

    “Janob va xonim Kapurlar”

    Foto: Kinorium

    Raj Kapur ishtirokidagi “Daydi” filmida bosh qahramonni Nargis ijro etgan. Ko‘pchilik ularning turmush qurishiga ishonchi komil edi. Hatto gazetalarda ham ular haqida: “Janob va xonim Kapurlar” deb yozishgan. Axir ekranda ular orasidagi muhabbat uchqunlari aniq sezilib turar edi, buni ijroga yo‘yib bo‘lmasdi! Filmlarga nom tanlash bahslarga sabab bo‘lardi. Bu yosh rejissyorga oson bo‘lmagan, u hali ko‘p narsani bilmas edi. Nargis unga yordam berishga harakat qilardi. Raj dastlab uning maslahatiga quloq soldi, keyin bahslasha boshladi va keyin suratga olish maydonchasida jiddiy kelishmovchiliklar avj oldi. Ko‘rinishidan, bu his-tuyg‘ular filmda o‘z aksini topgan, chunki tomoshabinlar oshiq juftlikning sarguzashtlarini nafas olmay tomosha qilar edi.

    “Oq libosli xonim”

    Foto: Kinorium

    So‘ng “Yomg‘irlar mavsumi” suratga olindi va yana xuddi shu voqea takrorlandi. So‘ngra “Daydi” butun dunyoni zabt etdi. Faqat e’tiborsizlargina Raj Kapur va Nargisning munosabati haqida gapirmasdi. Biroq Raj jurnalistlarning savollarini javobsiz qoldirgan: u turmush qurgan, rafiqasi Krishna Malxotra — uning uzoq qarindoshi bo‘lib, ularning o‘sha vaqtda uch farzandi bor edi.

    Foto: The Quint

    Aktyorning turmushga chiqmagan aktrisa bilan aloqasi bo‘lishi o‘sha yillardagi Hindistonda jiddiy janjal keltirib chiqarishi mumkin edi. Shuning uchun Raj Nargisni balandparvoz sifatlashlar bilan ta’riflagan: Nargis — uning ilhom parisi va yordamchisi, “filmlarining onasi”. U sevgan insoniga yoqish uchun oq kiyim kiygani tufayli uni “oq libosli xonim” deb atashgan. Ikkalasi birgalikda Kapur kinostudiyasining logotipini yaratgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu ikkisi Hindistonning ramzi, uning timsoli edi.

    Ayriliq

    Foto: The Quint

    Ular o‘n yil davomida ayrilmadi. Bu vaqt ichida Raj Nargis bilan oshiqlar rolini o‘ynagan o‘n oltita filmni suratga oldi. U Nargisga shon-shuhratdan boshqa narsani bera olmadi: rafiqasi bilan ajrashish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas edi. Ammo ular oxir-oqibat ajraldi. 1956-yilda tomoshabinlar juftlik ishtirokidagi so‘nggi film — “Hammadan yashirincha”ni tomosha qildi. So‘ngra darhol ekranlarda Nargisning o‘zi Rajsiz suratga tushgan “Ona Hindiston” filmi namoyish etildi. Aktrisaning yangi ampuladagi roli g‘alaba qozonish bilan barobardek edi: Nargis bolalari bilan tashlab ketilgan baxtsiz ayol rolini o‘ynadi. Uning mashhurligi misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tarildi. Bu Raj uchun og‘ir zarba bo‘ldi.

    Foto: Pinterest

    Ustiga-ustak, Nargisning yangi partnyori bilan ishqiy munosabatlari haqida mish-mishlar tarqaldi. Tez orada u, ya’ni Sunil Datt Nargisga turmush qurishni taklif qildi. Ular turmush qurdi va Nargis bu nikohdan uch nafar farzandni dunyoga keltirdi. Raj Kapur bilan munosabatlar esa o‘tmishda qoldi. Nargis Rajsiz ham baxtli bo‘ldimi, buni hech kim bilmaydi. Har holda, u orzu qilgan narsasiga erishdi: oila qurdi va uch nafar farzand ko‘rdi. Nargis 1981-yilda 52 yoshida vafot etdi.

    Raj Kapur vafot etganida butun Hindiston yig‘ladi

    Foto: The Quint

    Raj Kapur hind kinosining ulkan imperiyasi — Bollivudning asoschisiga aylandi. U har qanday sharafga sazovor bo‘ldi. Uning ijodiy karyerasi baland-pastliklarni boshdan kechirdi, filmlarida eng yaxshi aktrisalar suratga tushdi. Ammo partnyorlar orasida Nargis kabi muvaffaqiyatli va sevimli tandem yo‘q edi. “Oq libosli xonim” davri yakuniga yetgandi. Afsonaviy “daydi” 1988-yil 2-iyunda yana bir nufuzli mukofotni qo‘lga kiritib, vafot etdi. Butun Hindiston unga motam tutdi, bir necha oylardan so‘ng Kapurning xoki sochilgan Gang daryosi sohillariga tog‘ gullari keltirildi. Hindlar o‘zining filmlari bilan qo‘ldan kelganicha hayotga umid va muhabbatni saqlab qolishga yordam bergan aktyorga minnatdorchilik bildirdi. Raj Kapurning rafiqasi Krishna esa turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng — umrining so‘ngiga qadar oq libos kiyishda davom etdi.

    18.12.2024, 12:20   Izoh (0)   8566
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bollivud#hind

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hamisha namunali bo‘lishga intilgan va rassomga turmushga chiqqan “o‘zbek Kajoli” —  Lola Eltoyeva 52 yoshda (foto, video)

    09.09.2024, 14:54

    Instagram: Antaliyadan uy xarid qilgan Hosila Rahimova, Odil Ahmedov xonadonida to‘y, Bobur Yo‘ldoshev o‘g‘lini uylantirdi

    19.09.2024, 11:45

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    Faqat Ambanilar emas: Hindistonda o‘tkazilgan eng hashamatli va qimmatbaho 10 ta to‘y marosimi (foto)

    27.09.2024, 12:45

    2024-yilda premyerasi bo‘lib o‘tgan eng qiziqarli Bollivud filmlari (treyler)

    03.10.2024, 14:58

    Instagram: Timur Alixonov nikohlandi, Davron Ergashev nevarali bo‘ldi, Muhammadziyoni to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

    05.10.2024, 23:05

    Instagram: O‘tkir Shodmonov 52 ming dollarga avtomobil xarid qildi, Shahzoda Muhammedova inglizchani o‘rganmoqda, bir kunda eng ko‘p “birrov”ga boradigan rekordchi...

    06.10.2024, 22:48

    Instagram: Buenos-Ayresdan kvartira izlayotgan Munisa Rizayeva, yangi uyli bo‘lgan bloger, “Qizim” seriali aktrisasiga uyushtirilgan syurpriz

    08.10.2024, 10:46

    Instagram: Feruza Karimova Sherzod Ergashevni plagiatda aybladi, Mavluda Asalxo‘jayeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Shohruxxon qiyofadoshi bilan uchrashdi 

    16.10.2024, 11:51

    Instagram: Mirjalol Ne’matov qimmatbaho avtomobil xarid qildi, Dilnoza Habibullayevaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi, Feruza Normatova Shahzod Sultonovga turmushga c...

    20.10.2024, 20:30

    Hind filmlarida ona obrazini gavdalantiruvchi aktrisalar yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    20.10.2024, 23:10

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    Qaynonasi bilan til topisha olmagan, ortiqcha vazni sabab tanqidlarga uchragan hind kinosi yulduzi Ayshvariya Ray 51 yoshda (foto)

    04.11.2024, 15:35

    Instagram: Dubayga kelin bo‘layotgan Sitora Farmonova, ilk bor ona bo‘lgan Xonzoda Do‘stova, qiz bazmi o‘tkazgan Dilnoza Habibullayeva

    03.11.2024, 13:28

    Afg‘on qizi Zinat Aman qanday qilib Bollivud kinosanoatida ozod ayol ramziga aylandi?

    07.11.2024, 12:15

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    Bollivudga boshqacha nazar: hind kinolari haqida tasavvuringizni o‘zgartirib yuboradigan zamonaviy filmlar (treyler)

    29.11.2024, 13:27

    Astronavt bo‘lishni orzu qilgan, afg‘on qizga uylangan, bir kechada mashhur bo‘lgan Ritik Roshanning muvaffaqiyati ortidan kelgan qayg‘uli taqdiri haqida

    02.12.2024, 10:55

    O‘z vaqtida Hindiston va SSSR o‘rtasidagi madaniy ko‘prik bo‘lgan mashhur aktyor Dharmendra hozir qanday ko‘rinishda?

    11.12.2024, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.