• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Kinoterapiya: Har qanday tomoshabinni yig‘lashga majbur qiladigan filmlar (treyler)

    Umidsiz kasallar, ta’sirchan hayvonlar, yetim bolalar yoki javobsiz sevgi haqidagi filmlarni tomosha qilayotganda albatta yig‘lagansiz — bu janr sxemalari bo‘lib, ularda yig‘loqi epizodlar va fojiali sahnalar bo‘ladi. Bunday filmlardan terapiya sifatida foydalanish mumkin — ular yig‘lashga majbur qiladi, demak, bu orqali ancha yengillashasiz.

    “Hayot pulti”

    Ko‘plab muvaffaqiyatli dramatik filmlarga ega bo‘lishiga qaramay, Adam Sendler millionlab tomoshabinlar nazarida hamon eng past darajadagi komediya aktyori bo‘lib qolmoqda. Uning filmlaridagi noo‘rin hazillari barcha yaxshi tomonlarni yo‘qqa chiqaradi. O‘z hayotini sehrli qurilma yordamida boshqara oladigan qahramon haqidagi “Hayot pulti” komediyasida Sendler qahramoni xuddi sakkiz yoshli boladek pult yordamida jinnilik qiladi, ammo keyinchalik qurilma unga hayotidagi eng yaxshi daqiqalarni qadrlashni o‘rgatadi va Adam bilan birga hayotni sevishni boshlaymiz. Endi film Frank Kapraning “Bu ajoyib hayot” filmiga o‘xshab ketadi — ko‘z yoshlarni to‘xtatib bo‘lmaydi.

    “Kelajakdan kelgan yigit”

    “Haqiqiy muhabbat” va “Brijet Jonsning kundaligi” muallifi Richard Kyortisning “Kelajakdan kelgan yigit” romantik komediyasi shunchaki fantastika qo‘shilgan yana bir sevgi hikoyasidir. Bosh qahramon oilasidagi erkaklar qandaydir xatolarni tuzatish uchun o‘tmishga qaytish qobiliyatiga ega ekanligini bilib qoladi va orzusidagi qiz bilan munosabat o‘rnatish uchun bundan foydalanadi. Afsuski, yigit hamma narsani yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkin emasligini, ba’zi narsalarni esa umuman tuzatib bo‘lmasligini tushunadi. Qahramonning otasi bilan vidolashuvi yuragini tilka-pora qiladi.

    “Quyon Jojo”

     “Quyon Jojo” tragikomediyasi Tayka Vayiti haqidagi tasavvuringizni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin — u dramani ham yaxshi biladi. Darvoqe, avval film sizni aldaydi, chunki muallif 1930-yillarning oxirida aqldan ozgan Germaniyani masxara qiladi — targ‘ibot nemislarning miyasini shu qadar ishdan chiqarganki, ular yaxshilik va yomonlikni ajrata olmay qolishgan. Film bosh qahramoni, Reyxning yosh askari fyurerning har bir so‘ziga ishonadi, to bir kun kelib maydonda sirtmoqqa osilgan onasini ko‘rmaguncha. Yurakni yorib yuboradigan burilish.

    “Pusanga ketayotgan poyezd”

    Janubiy Koreyaning zombi-apokalipsisi “Pusanga ketayotgan poyezd” janr qonunlariga ko‘ra, bir soniya ham e’tiboringizni susaytirmaydi. Bu yerdagi qonunlar esa oddiy — agar hokimiyat o‘liklar qo‘liga o‘tgan bo‘lsa, tiriklar o‘lishi kerak. Faqat har xil o‘lish mumkin. Yolg‘iz ota Sok U qizining hayotini himoya qilar ekan, dahshat va harakatning shunday girdobiga tushib qoladiki, na qahramon va na tomoshabinlarga mualliflar nafas olish uchun bir soniya ham vaqt berishmaydi. Bosh qahramon hayotining so‘nggi soniyalari shunchalik og‘riqli bo‘ladi — u virus bilan zararlangan, bolasi bilan o‘tkazgan lahzalarni eslaydi va hayoti bekorga o‘tmaganligini tushunadi.

    “Interstellar”

    Kristofer Nolan kartinasida haqiqatan ham ta’sirchan olam manzaralari, jo‘shqin qahramonlik va maqsad yo‘lida fizikaning qarshiligini yengish uchun qahramonlarni mushtlarini kuchliroq qisishga majbur qiladigan aqlbovar qilmas tryuklar yetarli. Ammo filmda yana ikkita epizod borki, ularga ko‘z yoshisiz qarab bo‘lmaydi. Birinchisi — Kuperning katta yoshdagi bolalar unga murojaat qilgan yozuvlarni ko‘rishi. Ikkinchisi — otasini koinotga yuborayotgan keksa Merfining yakuniy monologi.

    “O‘zga sayyoradan tashrif”

    Yerliklarning o‘zga sayyoralik kelgindilar bilan aloqasining tarixi odatda makkorona hujum, aqlbovar qilmaydigan vayronagarchiliklar, insoniyat vakillarini shafqatsiz jazolash va kosmosdan kelgan mehmonlarning qarshiligini yengish atrofida aylanadi. Deni Vilnyovning mazkur filmi mutlaqo kinoga o‘xshamaydi. Bu yerda o‘zga sayyoraliklarning g‘alati kemalaridan tahdid keladi, lekin u keng ko‘lamli terrorga aylanmaydi, kelgindilarning ko‘rinishi qo‘rqinchli, lekin ular birinchi bo‘lib hujum qilishmaydi, mehmonlarning qurollari bor, lekin ular gaplashishni afzal ko‘rishadi. Ushbu muloqot fonida tilshunos qahramon vafot etgan qizi haqidagi tasavvurlarni boshdan kechiradi — tomshabin buni xotiralar deb o‘ylaydi, ammo oxirida ayol o‘z kelajagini ko‘rganligi ma’lum bo‘ladi. Ko‘radi-yu, baribir ona bo‘lishga qaror qiladi.

    “Logan”

    “Logan”da o‘z “qizini” himoya qilayotgan keksa, o‘lmas jangchi tarixidan biror narsa kutasiz, lekin bunday yakun xayolingizga ham kelmaydi. Tomoshabin filmning yarmigacha yuragini hovuchlab ko‘radigan film, so‘nggi qurbonlik va qizning o‘z xaloskori bilan xayrlashuvi — qalbni o‘rtaydigan kadrlar. Aynan shu joyiga kelib, ho‘ngrab yig‘lamagan odam bo‘lmasa kerak.

    19.11.2024, 19:00   Izoh (0)   17203
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Interstellar#Kristofer Nolan#syujet

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kristofer Nolanning yangi — “Dyunkerk” nomli filmining birinchi treyleri chiqdi (video)

    14.12.2016, 20:50

    Kinotavsiya: Insoniyatni qutqarish haqidagi eng yaxshi filmlar

    26.01.2023, 21:31

    Hamma filmlari tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘ladigan buyuk rejissorlar

    27.05.2023, 16:40

    “Men o‘limdan qo‘rqmayman, men bir keksa fizikman. Men vaqtdan qo‘rqaman…” — “Interstellar” filmi haqida

    31.05.2023, 23:05

    Karyerasini 30 yoshdan keyin boshlagan bo‘lsa-da, dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari (foto)

    07.07.2023, 11:30

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    28.11.2023, 23:13

    Gollivud kinosanoatida muvaffaqiyatli karyera qurgan aka-uka va opa-singil aktyorlar

    03.12.2023, 18:35

    “Bu haqiqatan ham bitta odammi?” — tanib bo‘lmaydigan darajadagi obrazlarni ham mahorat bilan ijro etgan aktyorlar (foto)

    09.01.2024, 10:15

    Nafaqat ayollarni, hatto erkaklarni ham yig‘latishi mumkin bo‘lgan ta’sirli filmlar (video)

    05.03.2024, 12:30

    Hayotingizda kamida bir marta ko‘rishingiz shart bo‘lgan koinot haqidagi eng yaxshi filmlar

    15.04.2024, 13:51

    2025-yilda Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladigan mashhurlar ismi tasdiqlandi 

    28.06.2024, 17:41

    “Sumerki” filmida Bella va Edvardning qizi rolini ijro etgan aktrisa hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    16.07.2024, 14:40

    Mashhur film va seriallardagi memga aylangan esda qolarli kadrlar (foto)

    12.09.2024, 10:55

    Transformatsiya mahorati: turli obrazlar uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan aktyor va aktrisalar (foto)

    04.10.2024, 18:52

    Gollivud sohibjamolining qora tomoni: Enn Heteuey bilan bog‘liq mojarolar

    31.10.2024, 16:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sevimli multfilmlaringiz qahramonlari siz bilan birga ulg‘ayganida, qanday ko‘rinishda bo‘lardi?

    Layfstayl | 20 iyun, 11:19

    AQSH yaqin kunlarda Eronga zarba berishga tayyorlanmoqda — Bloomberg

    Dunyo | 20 iyun, 11:13

    “General Motors bilan tuzilgan shartnomalarga qatʼiy amal qilamiz” — Akmalxon Ortiqov UzAutoMotors qanday sotilishi haqida

    Iqtisodiyot | 20 iyun, 11:03

    Eldor Shomurodov yaqin vaqt ichida “Bashakshehir” bilan shartnoma imzolaydi — manba

    Sport | 20 iyun, 10:50

    Sevgi uchburchagi va ehtiroslar jo‘sh urgan 5 ta turk seriali

    Kino | 20 iyun, 10:45

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    O‘zbekistonda 1-iyulgacha “Oila hamkori” platformasi ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 10:42

    “Eron-Isroil mojarosida betaraf emasmiz va o‘z bilganimizni qilamiz” — “Hizbulloh”

    Dunyo | 20 iyun, 10:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.