Latviya hukumati mudofaa xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy tashkilotlarga kelgusi uch yil davomida qo‘shimcha soliq joriy etmoqchi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi moliya vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.
“Ushbu qonun davlatning milliy xavfsizlik sohasidagi moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun qo‘shimcha resurslarni topishga yordam beradi”, dedi Latviya moliya vaziri Arvils Asheradens.
Banklarning sof foiz daromadlariga ta’sir ko‘rsatadigan yangi chora 2025-yilda byudjetga qo‘shimcha 93 million yevro, keyingi ikki yilda esa 170 million yevro jalb etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, kreditlash hajmini oshiruvchi muassasalar soliq stavkasi kamaytirilishi mumkin, deyiladi xabarda.
Bloomberg’ning qo‘shimcha qilishicha, qonun loyihasi respublika prezidenti Edgars Rinkevichsga imzolash uchun taqdim etilishdan oldin Latviya Seymi (parlamenti) uni ma’qullashi kerak.
Iyun oyida Latviya Mudofaa vazirligi rahbari Andris Spruds mamlakat 2024-yilda mudofaa xarajatlarini YIMning 3 foizigacha oshirishini aytgan edi.
Izoh (0)