Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 16 so‘mga tushib, 12 659,97 so‘m bo‘ldi. Yevro ham 9,87 so‘mga tushib, 13 774,05 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,57 so‘mga tushib, 142,35 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi yetti kunlik pastlashdan so‘ng ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 12 676,03 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)