O‘zbekistonda 3 ta davlat banki qoladi, qolganlari xususiylashtiriladi. Bu haqda O‘zLiDePdan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2030-yilgacha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmi hozirgi 18 milliard dollardan 40 milliard dollarga yetkaziladi.
Tadbirkorlar uchun kreditlar o‘rtacha 20 foizdan 10-12 foizgacha tushiriladi.
Shu maqsadlarga erishish uchun:
— bank omonatlari hajmi 4 barobarga oshiriladi (70 trillion so‘mdan 260 trillion so‘mgacha).
— banklarni xususiylashtirish tezlashtiriladi. Davlat ixtiyorida faqat 3 ta bank qoladi (“Milliybank”, “Xalq banki” va “Agrobank”);
— bank bozoriga yana kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banki kirib kelishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Izoh (0)