Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 8,96 so‘mga ko‘tarilib, 12 610,04 so‘m bo‘ldi. Yevro 53,26 so‘mga pastlab, 13 720,98 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,22 so‘mga tushib, 143,28 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 601,08 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham oshib, yevro tushgandi.
Izoh (0)