• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Montessori ta’lim tizimi haqida zamonaviy o‘zbek bog‘cha akasidan ikki og‘iz so‘z

    Muhammad Rasul 1996-yilning 20-mart kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. 2011—2014-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litseyda taʼlim olgan. Keyinchalik, 2014—2018-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishida bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. 

    2019—2020-yillarda Latviya poytaxti Rigada joylashgan Ekonomikas un Kulturas Augstskola universitetida o‘qishni davom ettirib, 2020—2022-yillarda Praga Montessori institutida taʼlim olgan, bu esa kelgusidagi faoliyatiga katta zamin yaratganini ta’kidlaydi. 

    Muhammad Rasul 2017—2018-yillarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 10-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 2018—2019-yillarda esa QDPI qoshidagi akademik litseyda ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yilda Rigele Xalqaro Montessori bolalar markaziga qo‘shilgan. Dastlab ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ish boshlab, 2020-yilda 3–6-sinf assisstenti bo‘lgan va nihoyat, 2021-yildan 2024-yil aprelgacha 3–6-sinflarning yetakchi gid o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

    2024-yil may oyida O‘zbekistonga qaytib Dildora Kalonxo‘jayeva bilan birgalikda Toshkent xalqaro Montessori maktabiga asos solgan. Shu bilan birga, 2024-yil sentyabr oyida “Bambini” platformasini ishga tushirgan. 

    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxividan
    Aslida Latviyaga magistratura bosqichida Biznes administratsiyasini o‘qishga borgan edim. Ish izlab yurgan vaqtlarim, 2019-yilda Rigele Xalqaro Montessori bolalar markaziga qo‘shildim. Dastlab ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ish boshlab, 2020-yilda 3–6-sinf assisstenti bo‘ldim. Men ushbu ta’lim turi ta’lim tizimimizni rivojlantirish uchun kalit ekanligini tushunib yetdim. Shu sababli ham magistraturamni tashlab Praga Montessori institutiga o‘qishga kirdim. 
    Praga Montessori instituti treneri Elina Rautasalo bilan 
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Men har doim vatanga qaytishimni bilardim. Yo‘lga otlanishimdan avval buvam “O‘g‘lim, chetga ketayotgan bo‘lsang, u yerda bilim olib, o‘qib, O‘zbekistonga yangilik olib kel. Hatto velosipedning yangi bir qismini o‘rgansang ham, shuni olib kel”, deganlar. Bu har doim quloqlarim ostida turgan. Va nihoyat 2024-yilda vatanga qaytishim oldidan Latviya, Estoniya, Slovakiya, Chexiya, Belgiya va Dubaydagi maktablardan takliflar kela boshladi. Ammo men O‘zbekistonga yevropaliklar yoki dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida mavjud ta’lim turini keng yoyish, bolalarga o‘zim sifatli deb bilgan bilimlarni berish maqsadida qaytdim. 

    Montessori haqida 

    Montessori tizimi bilan tasodifan tanishib qolganman. Ustozlarning bolalarga mehri, hurmati, munosabati, muloqoti, ularni tushunishi mening hayotiy missiyam aynan shunda, degan fikrga kelishimga turtki bo‘ldi. Hayotning qiziqligi shundaki, men har doim yaqinlarimga o‘qituvchi sifatida ishlamasligim haqida gapirardim. Bu kasb egalarining fidoyiligi, o‘rni kelsa, hatto oilasidan ham ko‘proq mehrni aynan bolalarga berishi kerakligi ozroq qo‘rquv solardi.
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Montessori tizimi bolaga hurmat, ruhiy va jismoniy bola uchun tayyorlangan muhit, chegaralar ichida erkinliklar, intellektual, ruhiy va jismoniy tayyorgarlikdan o‘tgan namuna bo‘la oladigan Montessori o‘qituvchisi va ota-onasi, bolaning zaruratlarini ta’minlash kabi tamoyillarga asoslanadi. Har bir bola uchun individual dastur ishlab chiqiladi, bolalar miya rivojlanish bosqichlariga asoslangan guruhlar, masalan, 1,5 yoshdan 3 yoshgacha sinf,  3 yoshdan 6 yoshgacha sinf, 6 yoshdan 12 yoshgacha sinf 12 yoshdan 18 yoshgacha sinflar tashkil etiladi. Bola o‘zi doimiy tanlov qiladi, mustaqillikka qadam qo‘yadi. Mas’uliyatli bo‘ladi, bu esa unga ishonch beradi. Bu o‘z navbatida bolaga quvonch va doimiy yangi materiallarni o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Montessori metodi yaxlit bo‘lib, u orqali bolaning jismoniy, aqliy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash mumkin. Shuning uchun boshqa qo‘shimcha metodlarga ehtiyoj yo‘q. Materiallarimizning hammasi Montessori materiallari. 
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Bolalarning yangi materialni ko‘rsatganimda kashfiyot hissini tuyushi, ularning ko‘zidagi qiziqish, hayratni ko‘rishdan-da zavqliroq jarayon yo‘q. Yaqinda bir bolakayga yangi materialni ko‘rsatdim, u shu darajada qiziqdiki, kuni bilan 3 soat hech qayerga chalg‘imasdan ishladi. Bu ishimning birinchi yili edi. Men buni ko‘rib to‘g‘ri yo‘ldaligimni tushunganman. Bolalar bilan ishlashda eng muhimi rahmdil, mehribon bo‘lish va doim o‘z ustida ishlashga tayyorlik.
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Hozirda Toshkent xalqaro Montessori maktabida asosiy strategik qarorlarni qabul qilaman, yetakchi gid sifatida sinfda bolalar bilan ishlayman. Bundan tashqari, ota-onalar bilan doimiy muloqot, tashkilotchilik vazifalari, bolalar qabuli va ularning moslashish jarayoni kabi mas’uliyatlar mening bo‘ynimda. Aytish kerakki, ota-onalarning aksariyati O‘zbekistonda Montessori tizimi haqida tasavvurga ega emas va bu tabiiy hol. Maqsadim har bir o‘zbek ota-onasi Montessori haqida eshitishi, ularga tizim falsafasini yetkazish, uyda farzandiga inson sifatida muomala qilishi va hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishishdan iborat. Mehr va muhabbatga asoslangan muhitni yaratish, xavfsiz va sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, bolalarni urmasdan, ularga baqirmasdan, ularni boshqalarga solishtirmasdan, ularni kamsitmay emotsional holatiga e’tibor berib tarbiyalash orqali yordam berish mumkin.

    2024-yil dekabr oyida qahramonimiz Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi Montessori maktablari bilan hamkorlik memorandumini imzolab, Olmaota shahrida Markaziy Osiyo Montessori institutiga asos solishda ishtirok etgan. 

    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    Foto: Muhammad Rasulning shaxsiy arxivi
    11.12.2024, 16:05   Izoh (0)   4326
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi yil munosabati bilan Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi

    11.12.2024, 15:59

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

    11.12.2024, 15:30

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi etib tayinlanadi

    11.12.2024, 14:50

    O‘zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda

    11.12.2024, 14:37

    O‘zbekistonning Rossiyadan qarzdorligi oshdi 

    11.12.2024, 14:15

    Foto: Toshkent derazalari, 1-son

    11.12.2024, 13:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.