Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2-oktyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra dollar 24,57 so‘mga ko‘tarilib, 12 739,99 so‘m bo‘ldi. Yevro 65,64 so‘mga oshib, 14 256,05 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,17 so‘mga pastlab, 136,83 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 12 715,42 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)