AQSH Savdo vazirligi milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan internetga ulangan avtomobillarda Xitoy dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlash niyatida ekanini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil fevral oyida Oq uy mazkur masalada tekshiruv o‘tkazishni buyurgan. Tekshiruvlar natijasida Xitoy avtomobil tizimida o‘rnatilgan dasturiy ta’minotdan foydalangan holda amerikalik haydovchilar va infratuzilma haqida ma’lumotlar to‘plagani aniqlangan. Shuningdek, avtomobillar va ulardagi navigatsiya tizimi orqali Xitoy manipulyatsiya qilishi mumkinligidan xavotir bildirilgan.
Qaror deyarli barcha Xitoy avtomashinalarning Amerika bozoriga kirishini amalda taqiqlaydi va xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilarning AQSH yo‘llarida o‘zi boshqariladigan avtomobillarni sinovdan o‘tkazishiga to‘sqinlik qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, taklif 2027-yildan dasturiy ta’minotni taqiqlashni ko‘zda tutadi. Qaror kelasi yilning 20-yanvarigacha tasdiqlanishi kutilmoqda.
Sentyabr boshida Vashington ma’muriyati Xitoy elektromobillari va ular uchun akkumulyatorlarga yuqori bojxona to‘lovlarini joriy qilgan edi.
Izoh (0)