“Barselona” Robert Levandovski o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshlamoqda.
Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati hujumchi izlash ishlarini boshlagan. Joriy mavsumda polshalik bombardir yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda (La Ligadagi 5 o‘yinda 4+2 ko‘rsatkich). Biroq uning yoshi 36 daligi va 2026-yilda shartnoma muddati o‘z yakuniga yetishi munosabati bilan klub yangi hujumchi olish istagida.
Dastlab, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand varianti eng muhimi sifatida ko‘rib chiqilmoqda. “Shaharliklar” hozir qiyin vaziyatda turgani uchun hujumchini sotib yuborish ehtimoli ham mavjud. Biroq norvegiyalikning maoshi (20 million funtdan ortiq) uni hozirgi kunda Yevropadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biri bo‘lishiga sabab bo‘lib turibdi.
Ikkinchi variant sifatida “Sporting” hujumchisi Viktor Dokeresh ko‘rib chiqilmoqda. Portugaliya chempionatida u 7 o‘yinda 9 ta golga mualliflik qilishga muvaffaq bo‘ldi. “Barselona”dan tashqari APLning bir qancha klublari ham Viktorga xaridor bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2022-yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Izoh (0)