“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchilarning o‘yin taqvimi haddan tashqari tig‘iz ekani haqida o‘z fikrini bildirdi.

UEFA va FIFA futbolchilar haqida ko‘proq qayg‘urishi zarur. Qolaversa, hamma ham juda ko‘p miqdordagi o‘yinlarni yoqtiravermaydi. O‘yinlar sonini kamaytirish kerak, — deya Flik so‘zlarini keltiradi “Sport.es” nashri
Avvalroq “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri ham taqvim haddan tashqari tig‘iz ekani uchun futbolchilar tomonidan ish tashlash ehtimoli borligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, 22-sentyabr, yakshanba kuni Flik jamoasi Ispaniya chempionatining 6-tur uchrashuvida “Vilyarreal”ga qarshi maydonga tushadi.
19-sentyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi 1-tur doirasidagi uchrashuvda “Monako” klubiga qarshi maydonga tushgan kataloniyaliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Izoh (0)