Moskva viloyatida 2025-yil 1-yanvardan boshlab migrantlarga alkogol va tamaki savdosi, ko‘cha taomlari, ijtimoiy xizmatlar, sport, madaniyat, dam olish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida patentlar asosida ishlash taqiqlanadi.
Viloyat hukumati raisining o‘rinbosari Nataliya Maslenkina buni mahalliy aholining migrantlar ishi bo‘yicha shikoyatlari ko‘payib ketgani bilan izohladi. Uning aytishicha, taqiq “ehtimoliy kelishmovchiliklarni kamaytirish” maqsadida joriy etilgan.
Hozirda Moskva viloyatida alkogol, pivo va tamaki sotuvchi chakana savdo do‘konlariga ularni jalb qilishga yo‘l qo‘yiladigan cheklov (15 foiz) mavjud. Biz patentlar bo‘yicha ishlashni to‘liq taqiqlagan 22 ta hududga qo‘shilishni xohlaymiz, dedi u.
Ushbu taqiqlar joriy etilganda, o‘rnini bosadigan patent egalari soni 5,6 ming kishini tashkil etadi. Maslenkinaning fikricha, ularning o‘rnini rossiyaliklar va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) a’zo davlatlarining fuqarolari egallashi mumkin. Bu tashkilotga Rossiyadan tashqari Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ham kiradi.
Moskvadagi Crocus City Hall’da yuz bergan teraktda Tojikiston fuqarolari asosiy tashkilotchilar sifatida qaralganidan so‘ng Rossiyada chet elliklar va mehnat migrantlariga nisbatan siyosat keskinlashdi. Turli hududlarda migrantlarning ish va yashash joylarida reydlar o‘tkazildi. Hujjatlar bilan bog‘liq muammolari aniqlanganlar deportatsiya qilindi. Ko‘pgina xorijliklarga Rossiyadagi aeroport va nazorat-o‘tkazish punktlarida kirishga ruxsat berilmagan holat ham kuzatilgan.
Izoh (0)