• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya ruslar ishlamaydigan sohalarda migrantlarga muhtoj, shunga qaramay, ularni quvishda davom etmoqda — tahlil

    Rossiya hududida so‘nggi bir necha oy ichida Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlarini mamlakatdan deportatsiya qilish va ularga cheklovlar joriy qilish kuchaygan. Bu haqda IntelliNews nashri tahliliy maqola eʼlon qildi.

    Foto: ponarseurasia.org

    Manbada aytilishicha, migrantlarga nisbatan eʼlon qilingan “quvg‘in” so‘nggi oylarda tobora inkor etib bo‘lmaydigan holga aylanib bormoqda. Rossiya, hattoki “urush iqtisodiyoti” korxonalariga jiddiy muammo olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir ishchi kuchi tanqisligi holatiga qaramay, qimmatli resurs bo‘lgan markaziy osiyolik muhojirlarni mamlakatdan haydab chiqarishda davom etmoqda.

    Maʼlumki, joriy yilning mart oyida Crocus City Hall savdo majmuasida tojikistonlik to‘rt nafar qurolli shaxs tomonidan dahshatli terakt sodir etilgan edi. Shundan so‘ng mamlakatda ksenofobiya to‘lqini kuchayib, migrantlarga nisbatan norozilik ochiqcha tus olgan.

    Fevral oyida IntelliNews nashri Bryus Pannierning Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari haqidagi maqolasini chop etgan. Maqolada Rossiya mehnat bozori so‘nggi o‘zgarishlar oqibatida O‘zbekistondan kelayotgan ulkan mehnat resurslaridan qay tariqa mahrum bo‘layotganini yoritishga harakat qilingan. Bryus Pennierga ko‘ra, Rossiya mehnat bozori borasidagi jozibadorligini Crocus City Hall voqealaridan oldin yo‘qotib bo‘lgan. Mamlakatni ko‘plab migrantlar tark etgan va hozirda mavjudlari ham asosan mavsumiy ishlamoqda.

    O‘zbekistonda tug‘ilgan jurnalist va tadqiqotchi Galiya Ibragimova 1-avgust kuni Berlindagi Karnegi Rossiya-Yevrosiyo markazida mehnat bozori xususidagi tahlillarini oshkor qilgan. Unda aytilishicha, Markaziy Osiyo muhojirlari uchun mehnat migratsiyasi yo‘nalishi allaqachon o‘zgara boshlagan.

    “Bir necha yil avval yuz minglab markaziy osiyoliklarning Osiyo qitʼasining Rossiyadan boshqa mamlakatlariga ish izlab borishini tasavvur qilib bo‘lmas edi. Hozir esa bu oddiy hol, o‘n minglab migrantlar Osiyo mamlakatlariga, hatto Yevropaga ish izlab ketmoqda. Bu esa Rossiya, hech shubhasiz, mintaqa uchun jozibadorligini yo‘qotganini anglatadi. Bularning barchasi Ukraina urushi bilan bog‘liq”, degan Galiya Ibragimova.

    Ibragimovaning taʼkidlashicha, aprel oyidan buyon Sankt-Peterburgda Tojikistondan kelgan migrantlar soni 60 foizga, o‘zbekistonliklar soni esa 40 foizga kamaygan. Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqalarida mehnat cheklovlari kuchaytirilgan.

    “Oqibatda Rossiyada bug‘doy, makkajo‘xori, kungaboqar va sholi yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Krasnodar o‘lkasi qishloq xo‘jaligida ishchilar yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda. Ural tog‘larida zavodlar, jumladan, harbiy texnika ishlab chiqaradigan zavodlarda ham xuddi shunday vaziyat hukmron. Rossiyaning uzoq shimolidagi Yoqutistonda muhojirlarga taksi va boshqa transport vositalarini boshqarish taqiqlangan. Dog‘iston hududida esa chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun ishchilar yetmayapti”, degan Galiya Ibragimona.

    Tahlilchi Rossiya uchun Markaziy Osiyo mehnat muhojirlarining muhimligini, ayniqsa, urushni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni qayta tiklash bilan bog‘liq tangliklar yuz bergan paytda qo‘shimcha ishchi kuchi talab etilishini bilgan holda Kreml nima uchun muhojirlarni quvishda davom etayotgani borasida bir qancha mulohazalarini ochiqlagan.

    “Odatda migrantlarga cheklov qo‘yishga turtki viloyat rasmiylaridan keladi. Ularning daʼvo qilishicha, muhojirlar Rossiya fuqarolarining mehnat bozorini egallab olgan, bu esa fuqarolarning maoshlariga taʼsir qilgan. Aslida esa buning g‘irt teskarisi: iqtisodiyot ishchilarning shu qadar keskin tanqisligiga duch kelmoqdaki, ish haqi tez surʼatlar bilan oshib bormoqda. Muhojirlarga qarshi “urush” davom etmoqda, rasmiylar tomonidan bu holat vatanparvarlik ifodasi sifatida qabul qilinmoqda”, deya holatga munosabat bildirgan jurnalist Ibragimova.

    Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatda ayni damda 4,8 millionga yaqin mehnat migrantiga ehtiyoj bor. Mehnat muhojirlari taqchilligi asosan sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va qurilish sohalarida kuzatilgan.

    Xabarga ko‘ra, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan Crocus City Hall’ga hujum ortidan uyushtirilayotgan tazyiqlar borasida eʼtirozlar kuchayib bormoqda. Migrantlarga cheklovlar mamlakatlararo pul o‘tkazmalariga ham ta’sir etmoqda. Rossiyadan pul o‘tkazmalari hozirda Tojikiston yalpi ichki mahsulotining 40 foizini, O‘zbekiston va Qirg‘iziston YIMning esa 20 foizdan ortig‘ini beradi. 2023-yilga solishtirganda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga Rossiyadan pul o‘tkazmalari mos ravishda 42, 12 va 8 foizga kamaygan.

    Markaziy osiyolik muhojirlar endilikda doimiy hujjatlar tekshiruvi, ish joyidagi reydlar, hibsga olishlar, parvozlar kechikishi va Qozog‘iston bilan chegarada soatlarga cho‘ziladigan navbatlarga duch kelishmoqda. Agar ular huquq-tartibot idoralari xodimlari qo‘liga tushsa, katta ehtimol bilan, qiynoqlarga duchor qilinmoqda yoki harbiy xizmatga chaqirilmoqda. Bu ikkisi yuz bermagan holatda migrantlar deportatsiya qilinayotgani aytilgan.

    Rossiyalik faxriy ekspert Mark Galeotti Moskvaning norasmiy cheklovlariga qaramay, mamlakat migrantlar mehnatidan voz kecha olmasligini aytgan. Chunki rus fuqarolari ishlamaydigan sohalar to‘liq mehnat muhojirlariga bog‘liq va muhtoj.

    “Hozirda Rossiya Markaziy Osiyo mehnat migrantlarini begonalashtirib, haydab chiqarishga qodir emas — Rossiya ularga muhtoj. Ochig‘ini aytganda, ruslar qila olmaydigan yoki ruslar faoliyat yuritishni istamaydigan sohalarda, hech shubhasiz, migrantlar ishlashi kerak”, degan Mark Galeotti.

    05.08.2024, 18:42   Izoh (0)   8626
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ayollarga hushtak chalma, ko‘chada qo‘y so‘yma: Rossiyada migrantlar uchun kurs ishlab chiqildi 

    17.07.2024, 11:45

    Avstriya muhojirlarni ishlashga majbur qilmoqda 

    18.07.2024, 20:20

    Rossiyadan rus tilini bilmagan migrantlar chiqarib yuborilishi mumkin 

    23.07.2024, 15:05

    Isroilda hukumat a’zolari uchun bunker tayyorlab qo‘yildi

    05.08.2024, 18:29

    Venesuela prezidenti Ilon Maskni jangga chorladi

    05.08.2024, 17:58

    Moldovada deputat ari chaqishi tufayli vafot etdi  

    05.08.2024, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.