Qozog‘istonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlariga Ukraina hududini tark etish haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qildi.
Elchixona o‘z murojaatini kuchayib borayotgan keskinlik bilan izohlagan.
“Ukrainadan Qozog‘istonga yetib olish uchun Qozog‘iston fuqarolari quruqlik yo‘llaridan foydalanishlari mumkin: Polsha yoki Moldova orqali. U yog‘iga esa havo qatnovlari orqali borish mumkin”, deyiladi xabarda.
Polsha orqali ketayotganda, Qozog‘iston fuqarolari Shengen vizasiga ega bo'lishi kerak. Moldovaga kirish uchun sizga viza kerak emas.
Diplomatik departament, shuningdek, barcha fuqarolarni havo hujumi haqidagi ogohlantirishni e'tiborsiz qoldirmaslikka va zudlik bilan boshpanaga kirib olishga chaqirdi.
Izoh (0)