Garovga olingan Isroil fuqarolaridan olti nafarining jasadi topilishi ortidan Tel-Avivda ommaviy norozilik va tartibsizliklar sodir bo‘ldi. Namoyishlarda qatnashgan 29 kishi hibsga olindi.
Bu haqda Isroil politsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvda ishtirok etgan, yo‘llarda harakatni to‘sib qo‘ygan, jamoat tartibini buzgan.
“Hozir barcha yo‘llar namoyishchilardan tozalandi, harakat asta-sekin tiklanmoqda”, deya qo‘shimcha qildi politsiya.
1-sentyabr oqshomida Isroil bo‘ylab 700 ming kishi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqdi. Namoyishchilar mamlakat hukumatidan G‘azo sektorida garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi.
Avvalroq G‘azo sektorining Rafah shahridagi yerosti tunnelida HAMAS tomonidan garovga olingan olti kishining jasadi topilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)