Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan qashqadaryolik fuqaroga nisbatan qidiruv e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Jabborov Alpomish 1996-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. U Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib kelmoqda.
Ushbu shaxs haqida biron-bir ma’lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33, 97-273-11-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Izoh (0)