• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangiyo‘llik ayol 12 yil birga yashagan erini nega pichoqladi? (video)

    “Nadomat” loyihasining navbatdagi suhbatdoshi Gulsara Kursanboyeva ayni damda Zangiota tumanidagi 42-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda. U spirtli ichimlik taʼsirida turmush o‘rtog‘ining joniga qasd qilgan.

    Mahkuma Gulsara Kursanboyeva 41 yoshda, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. U Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    — Turmush o‘rtog‘im bilan 2008-yili Rossiyaga ishlagani borganimda tanishganman. Men oila qurmagandim, u esa bir farzandi bor, ammo oilasidan ajrashgan edi. Bir yilga yaqin gaplashib, keyin oila qurishga qaror qildik. Opa-singillarim ham Rossiyada edi, ular nikohdan o‘tganimni bilishdi, onamdan esa telefon orqali rozilik oldik. Keyin qaynota-qaynonamni ko‘rish uchun O‘zbekistonga kelganimizda u o‘rtog‘ini o‘ldirib qo‘yib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U paytda men yosh kelinchak edim.

    Turmush o‘rtog‘imdan voz kechganim yo‘q, qaynonam bilan ham munosabatlarim yaxshi edi. Opalarim ishga chaqirishganidan keyin yana Rossiyaga qaytib ketdim. Ishlagan pullarimni onamga jo‘natib, Yangiyo‘ldan yer sotib oldik. Keyin onamning yordami bilan uy qurishni boshladim.

    Onam chala bitgan uyimizga bir er-xotinni ijaraga qo‘ygan ekan. Ayol homilador bo‘lib, keyin bolasini tashlab ketgan. Ish tegishli tashkilot xodimlari tomonidan o‘rganilgan va onam bolani vasiylik asosida o‘zida qoldirishlarini so‘ragan. “Ering 10 yilga qamalib ketdi, hali senda bola bo‘ladimi-yo‘qmi, hujjatda onasi men bo‘laman, lekin uni o‘zing katta qilasan”, degandi. Rossiyadan qaytib bolani bag‘rimga bosdim, Faridjon deb ism qo‘ydim. Avvaliga hammasi yaxshi edi, keyinroq bolaning tutqanoq kasali, bir oyog‘i boshqasidan kalta ekani va chap qo‘li yaxshi ishlamasligi ayon bo‘ldi. Ammo mehrim tushib qolgani uchun undan voz kechishni hayolimga ham keltirmadim. O‘zimda ham tug‘ma epilepsiya bo‘lgani uchun qo‘ldan kelgancha bolamni davolatdim.

    Avvaliga xo‘jayinim bolani asrab olganimga norozi bo‘ldi. “Mayli senga ovunchoq bo‘ladi”, deb unga bo‘lgan munosabati ham ancha o‘zgardi.

    Foto: “Daryo”

    Roppa-rosa 10 yildan keyin jazo muddatini o‘tab qaytdi. Bir yildan ortiq yaxshi yashadik, ammo keyin turmush o‘rtog‘im ichkilikka berilib ketdi. Uyda har xil tabletkalar topib olardim, ularni ichgach, turmush o‘rtog‘imning sarxush bo‘lib qolishini sezib ularni tashlab yuborardim.

    “Nega tashlading, ularni necha pul turishi bilasanmi?” deb baqirardi. Ming o‘rtoqlari yomon bo‘lgani bilan odamning o‘zida iroda bo‘lishi kerak ekan. Turmush o‘rtog‘im irodasizlik qildi, topgan pulini kayf-safoga sarfladi. Shundan keyin u nogiron onam va farzandimni yoqtirmay qoldi. Har kungi janjallardan charchagan onam qishloqqa ketib qoldi.

    Uyda yo‘qligimda o‘g‘limga arqon ko‘rsatib “Onangga aytsang shu bilan osib qo‘yaman”, deb qo‘rqitgan ekan. Shundan keyin u bilan yashashni istamadim. Uy meniki, uning hech qanday hissasi yo‘q edi. Shu bois uydan ketishini so‘radim, ammo bugun ketib ertasiga yana qaytib kelaverardi. Shundan keyin ustidan ariza yozib, tegishli tashkilotlardan yordam so‘radim.

    O‘zim ham spirtli ichimlik iste’mol qilardim. 2021-yilning 12-avgust kuni birga ichdik. Avvaliga kayfiyatimiz yaxshi edi, keyin yana janjallashdik. Eski gap-so‘zlar yana takrorlandi. Mahalla noziriga qo‘ng‘iroq qilgandim, uni olib ketishdi. Ammo yarim soatdan keyin qaytib kelib, kechirim so‘radi. Uyga bozorlik qilib keldi va yana spirtli ichimlik iste’mol qildik. Onam farzandim bilan birga qishloqqa qaytib ketganidan keyin narsalarimni yig‘ishtirib Rossiyaga ishlash uchun ketmoqchi bo‘lib yurgandim. Turmush o‘rtog‘im ketishimni istamasdi. O‘sha kuni maosh olganini bilib “Kasalmand onangizni ko‘rgani borib, ozgina pul berib keling, men uyda bo‘laman”, deb aldab ertasiga Rossiyaga ketishni rejalashtirgandim. Ammo u bormadi. Xullas, kun davomida ichdik, keyin janjallashdik. Men esa mahalla noziriga qo‘ng‘iroq qilib “Olib ketinglar”, deb baqiraman. Bu holat uch marta takrorlanganidan keyin mahalla noziri “Endi qaytmaydi, uyga ketgunicha kuzatib turaman”, dedi.

    Foto: “Daryo”
     

    Kelmasa kerak deb singan idish-tovoqlarni yig‘ishtirib tursam yana kirib keldi va o‘z-o‘zidan sochimdan tortib, yotoqxonaga sudradi. O‘shanda stol ustida turgan osh pichog‘ini olib, u bilan ko‘kragini kesib yuborgan ekanman. Ammo pichoqda qon izi yo‘q edi. Yana mahalla noziriga qo‘ng‘iroq qildim. U paytda vaqt allamahal bo‘lib qolgandi. Mahalla noziri uyga keldi, ammo turmush o‘rtog‘imni topolmadi. U uyda ham, ko‘chada ham yo‘q edi.

    “Pichoq bilan qo‘rqitibsiz-ku, endi qaytmasa kerak”, deb ketdi. Yarim soatdan so‘ng sigaret chekish uchun hovliga chiqsam, u kran tagida yotgan ekan. Yana mahalla noziriga qo‘ng‘iroq qildim, u ko‘tarmadi. 102 ga qo‘ng‘iroq qilib “Erim o‘lib yotibdi”, deb aytdim. Tungi 12:45 da qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsam 1:40 da mahalla noziri bilan tez yordam shifokorlari keldi. Ungacha bir necha metr narida turmush o‘rtog‘imning murdasiga qarab turdim. Ammo men haqiqatan o‘lganiga ishonmagandim. Uxlab qolgan bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim.

    Aniq esimda u yurib yotoqxonadan chiqib ketgandi, menimcha mahalla noziri kelgan vaqtda qo‘rqib yashirinib olgan bo‘lgan. Chunki u qayta qamalishdan nihoyatda qo‘rqardi. Keyin suv ichish uchun kran yoniga kelgan va yiqilib o‘lib qolgan, deb taxmin qilaman.

    Aybimga iqrorman, katta xatoga yo‘l qo‘ydim. Agar o‘sha kuni spirtli ichimlik ichmaganimda shuncha voqealar bo‘lmagan bo‘lardi. Nafaqat bir insonning o‘limiga balki, nogiron onam va farzandimga ham jabr qildim. Allohning oldiga borganimda ana shu gunohimni aytib berishdan qo‘rqaman. Bu haqida har kuni o‘ylayman, vijdonim qiynaladi. Turmush o‘rtog‘imni yaxshi ko‘rardim, agar unga sadoqatim bo‘lmaganida 10 yil ozodlikka chiqishini kutmasdim. Turmush o‘rtog‘imning menga bo‘lgan munosabati ham yaxshi edi, o‘g‘lim va onamga bo‘lgan munosabati sabab janjallashardik.

    Sudyadan menga o‘lim jazosini berishini so‘ragandim. Chunki qilgan ishimni hech narsa bilan oqlay olmayman, deydi mahkuma.

    31.08.2024, 16:09   Izoh (0)   14414
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Farzandlarimning yuzini yerga qaratdim” — borini qimorga tikkan mahkum nadomatlari (video)

    01.08.2024, 16:38

    “Kelinim sabab 70 yoshda kampirimni o‘ldirdim” — 83 yoshida ozodlikka chiqadigan mahkum nadomatlari (video)

    07.08.2024, 18:39

    “Aybim — keraksiz joyda bo‘lib qolganim”. Andijonlik tadbirkor nega qotillikka qo‘l urdi? (video)  

    13.08.2024, 19:15

    O‘zbekistonda kuzning birinchi oyida qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi 

    31.08.2024, 14:34

    “Xalq nazorati” portali orqali yil boshidan buyon qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi

    31.08.2024, 13:26

    Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

    31.08.2024, 12:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.