Namangan viloyatida qasddan odam o‘ldirib, ichki ishlar xodimlaridan yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shermat Jo‘rayev 1964-yilda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Jinoyat kodeksining 97-modda, 2-qismida (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan yashirinib yurgani uchun qidirilmoqda.
Ushbu shaxs haqida biron-bir ma’lumotga ega fuqarolardan zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33, 97-273-11-01 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Avvalroq Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 13 yoshli qizning jasadi o‘z uyidan qotillik alomatlari bilan topilgan edi. Shundan keyin viloyat IIB uni o‘ldirishda gumonlangan erkakka nisbatan qidiruv eʼlon qildi. Avvalroq qizning onasi bu qotillikda ishqiy munosabat bildirib yurgan erkakdan gumon qilayotganini taʼkidlagan edi. Aytishicha, erkak oilasiga biror marta yomon so‘z gapirmagan, ayolga uni yoqtirib qolganini bildirgan.
Izoh (0)