Suriyadagi Xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi bo‘lgan sirdaryolik yigit qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jo‘raboyev Abbos 1995-yilda Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tug‘ilgan. “Hayat tahrir ash-shom” xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi. Tezkor qidiruv tadbirlari davomida uning Rossiyada bo‘lishi davomida “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi a’zolari tomonidan yollanib, 2019-yilda “hijrat” qilish maqsadida Qirg‘iziston orqali Turkiyaning Istanbul shahriga ketgani aniqlangan.
U 2020-yilning sentyabr oyida Turkiyadan noqonuniy yo‘llar orqali Suriyaning Idlib shahriga o‘tib, u yerda “Hayat tahrir ash-shom” xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilgan. 2023-yilda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm) 1-qismi hamda 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.
Izoh (0)