• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Sport

    “Xalqimizning chinakam qahramonlari”. Prezident Olimpiadada o‘zbekistonliklar erishgan rekord natijalarni sanab o‘tdi

    Parij Olimpiadasi O‘zbekiston uchun tom ma’noda rekordlar, mislsiz yutuqlarga boy bo‘ldi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Ko‘ksaroyda sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Avvalo, mazkur Olimpiadada O‘zbekiston birinchi marta eng ko‘p tarkib bilan, ya’ni, 19 ta sport turi bo‘yicha 90 nafar sportchi bilan ishtirok etganini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, ayollar kurashi, kamondan o‘q otish, suvga sakrash, futbol kabi sport turlari bo‘yicha sportchilarimiz ilk bor Olimpiya o‘yinlarida qatnashganini alohida e’tirof etish kerak”, dedi prezident.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uchrashuvda davlat rahbari Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgani rekord natijalarni sanab o‘tdi.

    “Masalan, dzyudo bo‘yicha bizda ilgari oltin medal bo‘lmagan edi. Bu safar matonatli dzyudochi qizimiz Diyora Keldiyorova tomonidan ushbu marra zabt etildi. Olimpiya o‘yinlari tarixida o‘zbekistonlik ayollar o‘rtasida birinchi marta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Diyora yana bir rekord o‘rnatdi.

    Yana bir jasur qizimiz – Svetlana Osipova esa, taekvondo bo‘yicha birinchi kumush medalni egallab, mamlakatimiz ayollar sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Shu tariqa sportchi qizlarimiz bitta Olimpiadada ilk bor 2 ta medalni qo‘lga kiritib, yangi rekord o‘rnatishga erishdilar”, — dedi prezident.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston taekvondo bo‘yicha birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida 2 ta medalni qo‘lga kiritganini qayd etdi.

    “Mohir sportchimiz Ulug‘bek Rashitov Olimpiya harakati solnomasida taekvondo bo‘yicha eng yosh toifada ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi. Shu paytgacha dunyoda faqat 4 nafar sportchi shunday yuksak sharafga sazovor bo‘lgan edi. Ulug‘bek esa beshinchi bo‘lib, ularning safidan munosib va mustahkam joy egalladi”, dedi davlat rahbari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident u oyog‘idan qattiq jarohat olganiga qaramay, final jangida kuchli raqibga qarshi mardona jang qilib, g‘olib qahramonga aylanganini ta’kidlab o‘tdi.

    Boks bo‘yicha ham milliy terma jamoa oltin medallar soni bo‘yicha O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi va umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Erkaklar o‘rtasida yettita oltin medalning beshtasini yoki 71 foizini o‘zbekistonlik bokschilar qo‘lga kiritdi. Fursatdan foydalanib, prezident bokschilar — Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Xaloqovni shunday yutuqlari bilan yana bir bor tabrikladi.

    Erkin kurash bo‘yicha 12 yillik tanaffusdan so‘ng yana Olimpiada oltin medali qo‘lga kiritilgani ham tarixiy yutuq bo‘lgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan davlat rahbari mohir kurashchi Razambek Jamalovni ham tabriklab, unga yangi zafarlar tiladi.

    Mamlakati jamoasi erishgan yutuqlarda kumush medal sohibi — og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev, bronza medal sovrindorlari – erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev, tajribali dzyudochilar  Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupov ham hissasi katta bo‘lgani e’tirof etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyotiga albatta mana shunday ulkan g‘alabalar yarashadi. Shu ma’noda, sizlar Parijda erishgan natijalaringiz bilan o‘z nomingizni milliy sportimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlab qo‘ydingiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident ushbu yutuqlarda ustoz-murabbiylar, mutaxassis va mutasaddilar, omad tilab turgan butun xalq hissasi beqiyos ekanini ta’kidladi.

    28.08.2024, 14:34   Izoh (0)   8972
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muhammadqodir Abdullayevdan Diyora Keldiyorovagacha. Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga oltin medal olib kelgan sportchilar 

    16.08.2024, 18:02

    Bahodir Jalolov, Novak Jokovich, Yusuf Dikech va boshqalar. Olimpiadaning 31 qahramoni

    19.08.2024, 21:49

    “Olimpiya medallari davlatning umumiy rivojlanish darajasini bildiradi” — Shavkat Mirziyoyev

    28.08.2024, 13:49

    “Daryo.uz”da ayrim maqolalarni o‘qish pulli bo‘ldi

    28.08.2024, 13:39

    Paralimpiya haqida faktlar, raqamlar va O‘zbekiston ishtiroki

    28.08.2024, 13:01

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi 

    28.08.2024, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.