• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Muhammadqodir Abdullayevdan Diyora Keldiyorovagacha. Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga oltin medal olib kelgan sportchilar

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakat delegatsiyasi sakkizta yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Shu Olimpiadalarda umumiy hisobda 18 ta oltin medal qo‘lga kiritildi. Qayd etib o‘tish joiz, bundan 24 yil avval 1-oktabr sanasida Muhammadqodir Abdullayev O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk oltin medalni taqdim etgan edi. “Daryo” Olimpiadalarda O‘zbekiston uchun oltin medalni olib kelgan sportchilar haqida ma’lumot beradi.

    Sidney—2000 (1 ta oltin)

    Muhammadqodir Abdullayev
    Foto: MOQ matbuot xizmati

    O‘zbekiston delegatsiyasi 1996-yilda Atlantada o‘tkazilgan Olimpiadada o‘z ishtirokini boshlagan. Sportchilar ilk Olimpiadasida 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan kifoyalangan. 2000-yilda Sidneyda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada esa bokschi Muhammadqodir Abdullayev O‘zbekistonga ilk oltin medalni taqdim etdi.

    Muhammadqodir Sidney Olimpiadasida -63,5 kg vazn toifasida medal uchun kurash olib bordi. Dastlabki bosqichda Migel Kottoni taslim etgan. Nimchorak finalda Belarus vakili Sergey Bukovskiyni, yarim finalda jazoirlik Muhammad Allaluni taslim etib, finalga chiqqan. Abdullayev final bosqichida AQSh vakili Rikardo Uilyamsni 27:20 hisobida mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqandi.

    Afina—2004 (2 ta oltin)

    Foto: Anvar Ilyosov

    Gretsiyaning Afina shahrida 2004-yilda bo‘lib o‘tgan musobaqa O‘zbekiston uchun uchinchi Olimpiada bo‘ldi. Erkin kurash bo‘yicha -120 kg vazn toifasi finalida Artur Taymazov eronlik Alirizo Rizoyiga qarshi tatamiga chiqdi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Taymazov Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi.

    Yunon-rum kurashi bo‘yicha esa Aleksandr Dokturishvili -74 kg vazn toifasida finalga chiqdi va Finlyandiya vakili Marko Yuli-Hannuksela bilan oltin medal uchun kurash olib bordi. Aleksandr finalda g‘alaba qozonib, Afinadagi ikkinchi, umumiy hisobda esa uchinchi oltin medalni O‘zbekiston uchun taqdim etdi.

    Rio—2016 (4 ta oltin)

    Rio Olimpiadasi sovrindorlarining kutib olinishi
    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Afinadagi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng 2008-yil Pekinda, 2012-yil Londonda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medal qo‘lga kirita olmadi. 2016-yilda bo‘lib o‘tgan Riodagi Olimpiadada esa mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng ko‘p medal qo‘lga kiritildi. 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza bilan sportchilar o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qildi.

    Foto: Getty Images

    Og‘ir atletika bo‘yicha -105 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Ruslan Nuriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchi siltab ko‘tarishda 237 kg og‘irlikni bo‘ysundirib, Olimpiya rekordini o‘rnatdi.

    Foto: Getty Images

    Boks bo‘yicha -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov hal qiluvchi jangga qadar meksikalik Xoselito Velaskes, qozog‘istonlik Birjan Jakipov va amerikalik Niko Ernandesni mag‘lub etgandi. Finalda esa Kolumbiya vakili Yuberxen Martines Hasanboyga raqiblik qildi. Do‘stmatov 3 ta raundda ham raqibiga imkon qoldirmadi va Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi.

    Foto: Getty Images

    -52 kg vazn toifasining final jangida Shahobiddin Zoirov rossiyalik Mixail Aloyan bilan ringga chiqdi. Birinchi raundda rossiyalik charm qo‘lqop ustasining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, qolgan ikki raundda o‘zbekistonlik bokschi raqibidan ustun keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shahobiddin Zoirov final jangiga qadar irlandiyalik Brendan Irvin, amerikalik Antonio Vargas, ozarbayjonlik Elvin Mamishzade, venesuelalik Yoel Rivas kabi sportchilarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

    Foto: Getty Images

    Boksning -64 kg vazn toifasidagi musobaqada esa Fazliddin G‘oibnazarov oltin medalni qo‘lga kiritgan. Fazliddin finalga qadar kongolik Malonga Zalamou, hindistonlik Manoj Kumar, amerikalik Gari Rassell, rossiyalik Vitaliy Dunaysev kabi sportchilarni turnirdan chiqarib yuborgandi. Hal qiluvchi bosqichda o‘zbekistonlik sportchiga Ozarbayjon vakili Kollaso Sotomayor raqiblik qildi. Uch raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra Fazliddin g‘alaba qozondi va Olimpiada chempioniga aylandi.

    Tokio—2020 (3 ta oltin)

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2020-yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga kechiktirildi. 2021-yilning 23-iyulidan 8-avgustigacha bo‘lgan muddatda o‘tgan o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin medalga ega chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Tokio Olimpiadasida birinchi oltin medalni taekvondochi Ulug‘bek Rashidov qo‘lga kiritdi. Ulug‘bek finalda britaniyalik raqibi Bredli Sindenni mag‘lub etdi va chempionga aylandi. Shu tariqa u taekvondo bo‘yicha Olimpiadada chempion bo‘lgan ilk sportchi sifatida O‘zbekiston tarixiga kirdi.

    Foto: Getty Images

    Og‘ir atletikaning -109 kg vazn toifasi vakillari o‘rtasida kechgan musobaqada Akbar Jo‘rayev umumiy 430 kg vaznni bo‘ysundirdi. Bu bilan 21 yoshli Jo‘rayev birinchi natijani qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchi siltab ko‘tarish va ikki kurashda Olimpiya rekordini o‘rnatdi.

    Foto: Getty Images

    Boks bo‘yicha +91 kg vazn toifasida harakat qilgan Bahodir Jalolov final bahsida amerikalik Richard Torresni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi. O‘zbekistonlik bokschi yarim finalda Buyuk Britaniya vakili Freyzer Klarkk ustidan g‘alaba qozongandi.

    Parij—2024 (8 ta oltin)

    Foto: MOQ

    Hozircha yozgi Olimpiadalar ichida so‘nggisi bo‘lib turgan musobaqa O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi. 26-iyuldan 11-avgustga qadar davom etgan Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 8 ta oltin medalni jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: MOQ

    Parij Olimpiadasidagi ilk oltin medalni dzyudochi Diyora Keldiyorova olib keldi. -52 kg vazn toifasida harakat qiladigan Diyora finalda kosovalik Distriya Krasnichini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik dzyudochiga aylandi.

    Foto: MOQ

    Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov esa ketma-ket ikkinchi marta Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi. Nimchorak finalda 22 yoshli sportchi gongkonglik raqibini, chorak finalda esa xitoylik Liang Yushuayni mag‘lub etgandi. Yarim finalda esa ispaniyalik Xaver Peresdan ustun kelgandi. Finalda esa Rashitov iordaniyalik Zaid Karimga hech qanday imkon qoldirmadi.

    Foto: MOQ

    Parij Olimpiadasida erkin kurash musobasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan erkin kurashchi Razambek Jamalov esa finalda yaponiyalik Daichi Takatanini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: MOQ

    Boks musobaqalarida esa O‘zbekiston delegatsiyasi chinakam tarix yoza oldi.

    -51 kg vazn toifasida harakat qiladigan Hasanboy Do‘stmatov fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi jang qildi va raqibiga imkon qoldirmasdan, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.

    Asadxo‘ja

    -71 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa har qiluvchi bahsda meksikalik Marko Alonso Verdeni taslim etdi va oltin medalga ega chiqdi.

    Foto: MOQ

    -92 kg vazn toifasi vakili Lazizbek Mullajonov finalda ozarbayjonlik Alfonso Domingesni taslim etdi.

    Foto: MOQ

    Abdumalik Halokov (-57 kg) ham o‘z sovrinlari orasiga Olimpiada oltin medalini qo‘shib qo‘ydi. Halokov finalda qirg‘izistonlik Munarbek Seitbek Uuluga qarshi jang qilib, qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi.

    Foto: MOQ

    +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov ketma-ket ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Jalolov finalga qadar hech qanday qiyinchiliksiz yetib bordi va hal qiluvchi jangda ham ispaniyalik Ayyub Gadfaga imkon qoldirmadi.

    Ma’rufjon Ochilov tayyorladi

    16.08.2024, 18:02   Izoh (1)   196662
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. xadichaamma7@gmail.com / 19.08.2024, 22:22

      Ахмоклармиз

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dzyudochi Diyora Keldiyorova Parij—2024 Olimpiadasi chempioni

    28.07.2024, 21:46

    1 million dollardan 3 xonali uygacha: Olimpiada sovrindorlariga qanday mukofotlar va’da qilingan? 

    30.07.2024, 11:00

    Parij—2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov — oltin medal sohibi 

    09.08.2024, 00:37

    Hasanboy Do‘stmatov — Parij Olimpiadasining oltin medal sohibi

    09.08.2024, 01:59

    Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Parij Olimpiadasi oltin medal sohibi 

    10.08.2024, 00:45

    Lazizbek Mullajonov — Parij Olimpiadasi chempioni

    10.08.2024, 01:53

    Parij—2024. Erkin kurashchi Razambek Jamalov — oltin medal sohibi 

    10.08.2024, 23:01

    Parij—2024. Abdumalik Halokov — Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi 

    11.08.2024, 01:04

    Parij—2024. Bahodir Jalolov — Olimpiada o‘yinlari oltin medali sohibi 

    11.08.2024, 02:12

    Parij—2024. O‘zbekiston sportida yangi sahifa ochgan musobaqa tafsiloti

    12.08.2024, 15:09

    Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlariga avtomobil hamda uy sovg‘a qilindi

    13.08.2024, 00:00

    O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij—2024 Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi 

    13.08.2024, 11:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37

    Flik “Barselona” futbolchilari uchun intizomiy talablarni kuchaytirdi

    Sport | 26 iyul, 15:27

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01

    “Britaniya o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin” — Starmer

    Dunyo | 26 iyul, 14:51

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.