O‘zbekiston Olimpiya jamoasi hujumchisi Alisher Odilov faoliyatini Rossiya Premyer Ligasida davom ettiradi.
![](/static/2024/08/27/Kfbdu8mdQg87mskEy2xcTYf4WZhU9H_normal-K1U_BlxC.jpg)
23 yoshli futbolchi “Ximki” klubiga o‘tdi.
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi so‘nggi mavsumni “Olimpik” safida o‘tkazdi. Ushbu mavsumda Alisher Superligada 12 ta o‘yinda 3 ta gol urdi.
Alisher Odilovning vakillari Hojimat Erkinov to‘p tepadigan BAAning “Al-Vahda” klubi bilan faol tarzda muzokaralar olib borgan, ammo oxirgi pallada futbolchining agentlari Rossiya klubiga qiziqish bildirgan. Futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 1+1 ko‘rinishida imzolandi.
Odilov Parij Olimpiadasida qatnashdi. Ikki o‘yinda maydonga tushgan futbolchi O‘zbekiston uchun yagona ochko olib kelgan Dominikan bilan bahsda to‘p kiritishga erishgandi.
“Ximki” bu mavsumda RPLda 6 o‘yinda 6 ochko to‘plab, 11-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)