• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 7 foizgacha pasaytirishni maqsad qilganmiz” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev “Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global muloqot” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

    Prezident joriy yilda mazkur nufuzli tadbirga O‘zbekistonning mezbon sifatida tanlangani mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro e’tirofi bo‘lganini ta’kidladi.

    Foto: “president.uz”

    Shuningdek, so‘nggi besh yilda ilg‘or xorijiy yondashuvlar hamda mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, eng quyi bo‘g‘in – mahalla darajasiga tushgan holda kambag‘allikka qarshi kurashish borasida muvaffaqiyatli tajriba yaratilgani e’tirof etdi.

    “Eng avvalo, aholi daromadlarini oshirishda fuqarolarning kasb-hunar egallashi va o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashishni ustuvor vazifa etib belgiladik.

    Hokimning mahalladagi yordamchilari instituti bu borada aholiga har tomonlama ko‘mak bermoqda. Birgina joriy yilning o‘zida 250 ming ishsiz fuqarolarni kasblarga o‘qitish, 2 million aholini tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

    Ikkinchidan, Yangi O‘zbekistonda har bir fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash, ta’lim va tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarimizning asosiy yo‘nalishi bo‘lib kelmoqda.

    2024-yilning o‘zida bog‘cha va maktablar barpo qilish, tibbiy xizmatni kengaytirish, mahallalarda ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun byudjetdan 31,5 trillion so‘m ajratildi. Eng muhimi, ushbu loyihalarni amalga oshirishda “Tashabbusli byudjet” tizimi orqali mahallalarning ishtiroki kengayib bormoqda.

    Uchinchidan, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirib, davlat ko‘magiga muhtoj oilalarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini keskin oshirdik. Shu maqsadda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi, tumanlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Natijada 2 million 300 mingdan ziyod muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar kafolatlangan ijtimoiy himoya bilan qamrab olindi. Bu – 2017-yilga nisbatan 4 barobar ko‘p, demakdir.

    Shu o‘rinda bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman: muhtoj oilalarda tug‘ilgan bolalarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni yaratib berish davlatimiz siyosatida muhim o‘rin egallagan”, dedi prezident.

    Ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, yurtimizdagi barcha bolalarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib kamol topishiga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. Xususan, keyingi yillarda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 27 foizdan 74 foizga oshirildi. Bolalar o‘rtasidagi kambag‘allik darajasi oxirgi uch yilda 22 foizdan 14 foizga pasaydi.

    Bundan tashqari, yoshlarni yuqori daromadli va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirildi, har bir tumanda IT markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    “Umuman, so‘nggi uch yilda mamlakatimizda ko‘makka muhtoj 3 million aholining turmush sharoitini yaxshilab, kambag‘allik darajasini 17 foizdan 11 foizga tushirishga erishdik”, deya qo‘shimcha qildi prezident.

    Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev respublikamizda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli siyosatni izchil davom ettirib, kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 7 foizgacha pasaytirish maqsad qilinganini ta’kidladi.

    “Bunday yuksak marralarga erishishda O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro tajriba almashish, birgalikda turli dastur va loyihalarni amalga oshirish orqali yaqin hamkorlikni izchil davom ettirishdan manfaatdor.

    Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha o‘zaro muloqot ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladi, uning yakunida ishlab chiqiladigan amaliy taklif va tavsiyalar jahon miqyosida kambag‘allikni kamaytirishda yangi qadam bo‘ladi, deb umid qilaman.

    Fursatdan foydalanib, konferensiya faoliyatiga, uning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilayman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    27.08.2024, 20:42   Izoh (0)   6058
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezidentning “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrigi e’lon qilindi 

    24.08.2024, 14:43

    Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi

    26.08.2024, 17:25

    Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

    26.08.2024, 19:19

    Toshkent metropolitenining “O‘zgarish” bekatida yong‘in chiqdi 

    27.08.2024, 20:28

    So‘nggi ikki oyda 11 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi

    27.08.2024, 19:59

    O‘zbekistonda AKT xizmatlarining iqtisodiyotdagi ulushi qanchaga ortgani ma’lum qilindi 

    27.08.2024, 19:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35

    O‘zbekiston yerlarining yarmidan ko‘p qismi qishloq xo‘jaligiga tegishli — Kadastr agentligi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 20:30

    TASS agentligi rahbar o‘rinbosari Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:09

    AQSHda IT mutaxassisi qamoqxonadan bevosita venchur startapida ish boshladi

    Dunyo | 25 iyul, 19:46

    O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8 foizga tushdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 19:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.