• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Yaxshi aktyor, ammo bemehr ota: nima uchun Alen Delonning farzandlari otasini va bir-birini yomon ko‘rgan?

    2024-yil 18-avgust kuni Alen Delonning uchta farzandi Fransiyaning AFP agentligiga mashhur otasining o‘limi haqida xabar berdi. Alen Delon 88 yoshida Parijda bolalari qurshovida vafot etdi. Delonning merosxo‘rlari bilan munosabatlari qandayligini hisobga olsak, bu tafsilot hayratlanarli.

    Alen Delonaning to‘rt farzandi bor, ammo uch o‘g‘li bilan aloqalari juda yomon bo‘lgan. Faqat qizi aktyor vafotigacha u bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan. Kino yulduzi nima uchun o‘z vorislariga haqiqiy ota bo‘la olmagani haqida gaplashamiz.

    Ari Bulon: tan olinmagan katta o‘g‘il

    Alen Delon bilan munosabatda bo‘lgan deyarli barcha ayollarning qalblari singan. Niko ham bundan mustasno emasdi (haqiqiy ismi — Krista Peffgen). U qo‘lida bolasi bilan yolg‘iz qoladi — 1962-yil 11-avgustda Niko Delondan Kristian (keyinchalik Ari deb atashadi) ismli o‘g‘ilini dunyoga keltiradi. “Baxtiyor” ota to‘ng‘ich farzandi tug‘ilganidan xursand bo‘lish o‘rniga, chaqaloqni tan olmasligini darhol aytadi. 

    Sababi aktyor bo‘lajak rafiqasi Natali Bartelemi bilan ishqiy munosabatda edi. Delon Natali bilan aloqasini uzishni ham, biror mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni ham istamasdi.

    Natijada mas’uliyatni aktyorning onasi va o‘gay otasi o‘z zimmalariga olishadi, ular kichik Arini o‘zlari bilan olib ketishadi, unga Bulon familiyasini berishadi. Buvisi va bobosi nabirasiga g‘amxo‘rlik qilishining sababi bor edi — Arining onasi Niko giyohvandlikdan aziyat chekardi. 

    1988-yilda Niko o‘g‘li bilan Ispaniyada dam olayotganida vafot etadi — u velosipedda sayohat paytida yurak xurujiga uchraydi. “U yilning eng issiq kunida erta tongda vafot etdi” deydi keyinchalik Ari onasining o‘limi haqida eslab.

    Mashhur otasi bilan yigitning munosabatlari hech qachon yaxshi bo‘lmaydi — 2001 va 2019-yillarda Ari Delonni qonuniy ravishda otalikni tan olishi uchun sudga berishga harakat qiladi, ammo u hech qachon aktyorning puliga da’vo qilmagan. Otasining uni o‘g‘il sifatida tan olishni qat’iyan istamasligi Arining qalbini og‘ritadi. Darvoqe, Delon shunchaki uni tan olishdan bosh tortmaydi — noma’lum sabablarga ko‘ra aktyor shaxsiy uchrashuvlarda o‘g‘lini xafa qilishga va kamsitishga urinardi.

    “Sen mening do‘stimsan. Lekin bir narsani aytib qo‘yay: o‘g‘lim emassan, hech qachon o‘g‘lim bo‘la olmaysan. Bu mening ko‘zlarim emas, geningdagi mening sochlarim emas”, deydi Alen Delon o‘g‘li Ariga

    Aslida Ariga faqat buvisi va bobosi g‘amxo‘rlik qilgan — onasi faqat karyerasini o‘ylagan, otasi esa u haqda hatto eshitishni ham istamagan. Tashlab ketilgan bola omadsiz katta odamga aylanadi — Delonning bosh merosxo‘ri o‘zini kinoda sinab ko‘radi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, keyin fotograflik bilan shug‘ullanadi. Bir paytlar u hatto “Muhabbat hech qachon unutmaydi” kitobini ham yozgan, unda onasi bilan munosabatlarini tahlil qilgan.

    Afsuski, giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolar Arini ham chetlab o‘tmaydi — u butun umri davomida bu qaramlik bilan kurashadi. 2023-yil aprel oyida Bulon oshirib yuborilgan doza oqibatida kasalxonaga yotqizilgan. Bir oy o‘tgach esa Parijdagi kvartirasida o‘lik holda topilgan. Arining ikki farzandi bor edi — o‘g‘li Sharl va qizi Blansh, ammo ular bobosi Alen bilan tanishmi-yo‘qmi noma’lum. Otasi ta’ziya ham bildirmaydi, uni o‘rniga bu ishni yana bir o‘g‘li Entoni Delon qiladi.

    Entoni Delon: rasmiy merosxo‘r

    Delon katta o‘g‘lidan voz kechib, Natali Bartelemiga uylanadi. Alen va Natali 1964-yil 13-avgustda turmush qurishadi va o‘sha yilning 30-sentyabrida ularning o‘g‘li Entoni Delon dunyoga keladi.

    Bir butun oila, yakka-yu yagona o‘g‘il, mashhur ota-ona — Entoni ham hech kimga kerak bo‘lmagan va o‘g‘il sifatida tan olinmagan akasidan voz kechadigandek tuyulardi. Lekin unday bo‘lmaydi, Delonning ikkinchi o‘g‘li ham otasining izidan bormaydi. Entonining eslashicha, bir vaqtlar u “vasiysiz qolgan” — 1968-yilda Alen va Natali ajrashadi, shundan so‘ng ular mas’uliyatdan qutulish umidida bolani bir-biriga “uloqtirishadi”. Avvaliga Entoni o‘g‘lini tarbiyalashdan ko‘ra ko‘proq karyerasi muhim bo‘lgan onasi bilan qoladi, shuning uchun ota-ona vazifasini uning cho‘qintirgan otasi — san’at agenti Jorj Bom bajargan.

    10 yoshida Entoni Fransiya poytaxti chekkasidagi xususiy pansionga jo‘natiladi, ammo bola u yerda yasholmaydi — pansiondan tez-tez qocha boshlaydi. O‘sha paytda Natali AQSHga karyera qurish uchun ketgan, o‘g‘lini sobiq eri qaramog‘ida qoldirgandi. Delonning o‘zi ham karyerasi bilan band, o‘g‘lini o‘zidan uzoqroqdagi navbatdagi ta’lim muassasasiga joylashtirishga harakat qiladi. Entoni 17 yoshga to‘lishi bilanoq o‘qishni tashlab, Parijni zabt etishga jo‘naydi.

    Ammo bu ishga yigitning murakkab va janjalkash fe’l-atvori to‘sqinlik qiladi — yoshligida Entonining tajovuzkorlik bilan bog‘liq muammolari bor edi. Shu sababli 18 yoshida u avtomobil o‘g‘irlaganlikda ayblanadi va 10 oylik qamoqqa hukm qilinadi. Bu har qalay kinoyulduzning o‘g‘liga foyda keltiradi — Entoni es-hushini yig‘ib olib, charm mahsulotlarini sotish biznesi bilan shug‘ullana boshlaydi, buning uchun u hatto Parijning eng yaxshi yosh tadbirkori deb ataladi.

    Ammo keyinchalik tadbirkorlik yosh yigit uchun zerikarli ishga aylanadi — bir necha yildan so‘ng u baribir o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rishga qaror qilib, Nyu Yorkka jo‘nab ketadi va 21 yoshida birinchi rolini ijro etadi. Darvoqe, mashhur ota o‘g‘liga hech qanday yordam bermaydi — Entonini super yulduz deb bo‘lmaydi, lekin u barcha rollariga o‘zining mehnati bilan erishgan.

    Entonining hayotida, xuddi akasi kabi ko‘plab ko‘tarilishlar va tushkunliklar bo‘lgan, otasi bilan munosabatlari esa har doim og‘irligicha qolgan.

    “Men otamdan juda qo‘rqardim. Uyg‘onishim bilan undan qo‘rqishni boshlardim. U xonaga kirganida, tushlik qilganimizda, mashinada o‘tirganimizda tushunarsiz qo‘rquvni his qilardim. Bunga uning hukmronligi, toqatsizligi, menga qarashi va atigi 5 yoshimda men bilan kattalardek gaplashgani sabab bo‘lgandir. O‘shanda o‘zimga: “Erkaklar yig‘lamaydi”, deganman.

    Yillar o‘tgani sayin Entonining ruhiy iztiroblari pasayadi — bugungi kunda u filmlarda suratga tushishdan tashqari, tabiatni muhofaza qilishda faol ishtirok etadi. Uning uchta farzandi bor — raqqosa bilan munosabatlaridan qizi Alison Le Borj (hozirda mashhur model) va Sofi Kleriko bilan turmushidan ikki qizi — Lu va Liv dunyoga kelgan.

    Anushka Delon: aktyorning yagona qizi

    1987-yilda Alen Delon gollandiyalik model Rozali van Bremen bilan tanishadi — u bilan 14 yil birga yashaydi. Bu munosabatlardan ikki farzand tug‘iladi — 1990-yilda qizi Anushka Delon va 1994-yilda o‘g‘li Alen-Fabien Delon. Merosxo‘rlar tug‘ilishiga qaramay, Delon Rozali bilan turmush qurishni xohlamaydi, lekin u bolalarni tan oladi.

    Delon bu bolalariga boshqacha munosabatda bo‘lgan — yo yoshi o‘tgan sayin sentimental bo‘lib qolgan, yoki sovuqqonligi bilan tanilgan aktyorda otalik tuyg‘ulari uyg‘ongan. Ammo u ularni tarbiyalashga, hatto ularning hayotida faol ishtirok etishga harakat ham qilmaydi.

    Masalan, 12 yoshli Anushka kinoda o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganida otasi unga yordam beradi. Natijada qiz otasi bilan birga “Sher” filmida suratga tushadi. Bugungi kunda u bu sohadagi faoliyatini davom ettirmoqda va Fransiyada kino, teatr va televideniye aktrisasi sifatida tanilgan. 2011-yildan boshlab esa Anushka otasi bilan bir teatr sahnasida muntazam ravishda chiqishlar qila boshlaydi.

    Anushka Delon — Alen Delonning to‘rt nafar farzandi orasida qonun bilan bog‘liq muammolari bo‘lmagan yagona qizi. U otasi bilan munosabatlarini saqlab qolgan yagona farzand. Bugungi kunda Anushka aktrisalik faoliyatini davom ettirmoqda va 2020-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Linoni tarbiyalamoqda.

    Anushka har doim otasiga katta hurmat va qo‘rquv bilan munosabatda bo‘lgan, u bilan tushgan suratlarini muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishardi. 

    Alen-Fabien Delon: kenja o‘g‘il

    1994-yilda fransuz kinosi afsonasining kenja farzandi Alen-Fabien Delon dunyoga keladi. Alen Delonning o‘zi uning aktyor bo‘lishiga qarshi emasdi, shuning uchun 9 yoshida Alen-Fabien otasi bilan “Fabio Montale” teleserialida rol o‘ynaydi. Ammo merosxo‘r aktyorlikka qiziqmasdi va tez orada ota-onasi ajrashadi.

    O‘smirlik davridayoq Alen-Fabien giyohvand moddalar iste’mol qila boshlaydi. Onasi o‘g‘lini davolanishga jo‘natmoqchi bo‘ladi, lekin Alen Delon o‘g‘lini yoniga chaqirib oladi, bu esa fojiaga olib keladi.

    Delon tez-tez ishga ketib, o‘g‘lini o‘z holiga tashlab qo‘yadi. Ushbu “tarbiya” natijasida Alenning Parijdagi kvartirasida har kecha bazm uyushtiriladi. Ulardan biri baxtsiz voqea bilan yakunlanadi — Alen-Fabien otasiga tegishli to‘pponcha bilan do‘stlaridan birini yaralab qo‘yadi. Yaxshiyamki, og‘ir yaralanganiga qaramay, qiz tirik qoladi, ammo yigit va uning otasi (qurol egasi sifatida) fransuz sudiga chaqiriladi. Alen-Fabien qamalmaydi — otasining tanishlari tufayli katta jarima bilan qutulib qoladi.

    Bugungi kunda Alen-Fabien Delon o‘zini aktyorlikda, shuningdek, modellik va yozuvchilikda sinab ko‘rishda davom etmoqda. Ammo uning mashhur otasi bilan munosabatlari ham yaxshi bo‘lmagan.

    Ammo Alen-Fabienning opasi bilan munosabatlari hali ham yomon. Akasi Entoni Anushkani meros bo‘yicha firibgarlikda ayblaganida Alen-Fabien u tomonida bo‘ladi. Fransuz matbuotiga ko‘ra, Alen Delon barcha aktivlarining 50 foizini qiziga, ikki o‘g‘lining har biriga esa 25 foizdan qoldirmoqchi bo‘lgan.

    Haqiqatan ham shunday bo‘lganmi buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo bir narsa ayonki – ekranda o‘nlab ajoyib obrazlarni gavdalantirgan aktyor hayotidagi eng muhim rol — haqiqiy ota rolini o‘ynay olmadi.

    23.08.2024, 12:14   Izoh (0)   13524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suvarak yegan, qovurg‘asi singan, kulbada yashagan: chidab bo‘lmas sharoitlarda rol o‘ynagan aktyorlar

    22.08.2024, 09:55

    “Atigi birgina savol”. Ilon Mask har doim shu savolni beradi va suhbatdoshi yolg‘on gapiryaptimi yo‘qmi, darhol bilib oladi

    21.08.2024, 18:52

    “Gajini” filmi yulduzi — Asin Tottumkal nima uchun mashhurlik cho‘qqisida kinoni tark etgan?

    21.08.2024, 14:31

    Instagram: saratonni yenggan Zara G‘aniyeva, farzand kutayotgan Afsona, Shahzoda Muhammedovaning qizi bilan ro‘y bergan ko‘ngilsizlik  

    23.08.2024, 11:40

    Telefon nega qizib ketadi va buni qanday bartaraf qilish mumkin?

    23.08.2024, 10:40

    Salomatlikni mustahkamlovchi to‘rtta eng muhim vitamin: ular qaysi mahsulotlarda mavjud? 

    23.08.2024, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.