• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Quruvchida pul yo‘q, qorovul qo‘shinlari tomoshabin, sobiq harbiy xizmatchilar esa sarson: Toshkentda yana uy mashmashasi

    Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Ichki ishlar vazirligining harbiy xizmatchilari uchun qurilayotgan yangi uylardan xonadon xarid qilgan 151 kishi ayni kunga kelib, sarson-sargardon bo‘lmoqda.

    “Daryo”ga murojaat qiluvchilarning aytishicha, 2024-yilning aprel oyida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan uylarning qurilishi hamon cho‘zilmoqda. Bitmagan. Ichki ishlar vazirligi qoshidagi qorovul qo‘shinlari masʼullari vaziyatga tomoshabin bo‘lishdan, quruvchi esa pulim tugadi deyishdan nariga o‘tmayapti.

    Davlat bizga Ichki ishlar vazirligi orqali 69 million so‘mdan pul berib, uyning boshlang‘ich badal to‘lovini to‘lab bergandi. Xonadonlarning kvadrat metri har xil bo‘lgani uchun yetmagan pulni o‘zimiz to‘laganmiz. Natijada uy narxining 25 foizi shakllantirilgan. Tan olishimiz kerak pulni to‘lashimizdan oldin quruvchi uy binosini ko‘tarib bo‘lgan edi. Bizga berilgan vaʼda va shartnoma shartlariga ko‘ra uy qurilishining kechiktirilishi hisobga olinganda bitishi 2024-yilning aprel oyi edi. Lekin mana ko‘rib turganingizdek 2024-yilning avgust oyida ham uy tayyor emas, deydi nafaqadagi xizmatchi Obid Shermatov.
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchilarning aytishicha, uy qurilishiga bel bog‘lagan quruvchi ayni kunga kelib, puli tugaganini vaj qilib, uyni foydalanish uchun tayyor holatga keltirmayapti.

    Obid Shermatov.
    Foto: “Daryo”
    Quruvchi pulim yo‘q, pul to‘langlar keyin qurilishni davom ettiraman deyapti. Biz esa bankdan kredit ololmayapmiz. Kadastri yo‘q uyga bank ipoteka krediti bermayapti. O‘zimiz yonimizdan to‘laylik desak, olayotgan nafaqamiz uy ijarasi va ro‘zg‘orga ketyapti. Orttirolmayapmiz. Uyimiz qurilishiga bosh-qosh bo‘layotgan Ichki ishlar vazirligi qoshidagi qorovul qo‘shinlari masʼullari esa uyning boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berilgan, qolganini uyni qabul qilib olgach, oyma-oy to‘laysizlar deyishmoqda, deydi murojaatchi.
    Foto: “Daryo”

    Ichki ishlar vazirligining sobiq xizmatchilari uchun qurilayotgan uy Comfort Construction MCHJ tomonidan olib borilayotgan bo‘lib, bu qurilish haqidagi shartnoma harbiy qism va quruvchi o‘rtasida 2021-yil 110-raqami bilan imzolangan.

    Foto: “Daryo”
    Quruvchi mablag‘im yo‘q, tugab qoldi degan sababni aytib, uy qurilishini to‘xtatib qo‘ygan. Aslida bunaqa katta ishni puli bor, mablag‘i tugab qolmaydigan quruvchilar olishi kerakmasmi? Tenderda shunga eʼtibor qaratilgan bo‘lishi kerak-ku. Xo‘sh, mablag‘i yo‘q ekan, nega unda birdaniga 4 ta uyning asosiy binosini ko‘tardi. Avval bitta uyni qurib, kadastr hujjatini olib, odamlarga topshirgach, pulini olib, qolganini ham shu tartibda qurmaydimi?, deydi Obid Shermatov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” jurnalisti savollariga javob bergan Comfort Construction MCHJ taʼsischisi Suyun Rahmonov ayni kunga qadar o‘z mablag‘lari hisobidan 50 milliard so‘mdan ortiq chiqim qilganini, ammo Ichki ishlar vazirligi qoshidagi qorovul qo‘shinlari masʼullari aytilgan vaʼdani bajarishmaganini taʼkidlamoqda.

    Suyun Rahmonov.
    Foto: “Daryo”
    Ichki ishlar vazirligining qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga uy qurish maqsadida tenderga kirib, 1,1 gektar maydonga 4 ta ko‘p qavatli uy qurish imkoniyatini qo‘lga kiritganmiz. 2021-yilning aprel oyida qorovul qo‘shinlari bilan 110-sonli shartnoma imzolab, shartlarimizni ko‘rsatganmiz. Shartnomaga ko‘ra, xonadon olmoqchi bo‘lgan fuqarolar uyning boshlang‘ich to‘lovini bir oy muddatda to‘lab, qolganini ishning borishiga qarab bosqichma-bosqich to‘lab borishlari kerak edi. Lekin bizga boshlang‘ich to‘lov summasi ham bo‘lib-bo‘lib, 2022-yilning noyabr oyida to‘lab berildi. Hozirga qadar 110-sonli shartnoma sharti qorovul qo‘shinlar masʼullari tomonidan to‘liq bajarilmadi, deydi quruvchi.
    Foto: “Daryo”

    Suyun Rahmonovning bildirishicha, yangi qurilayotgan 4 ta ko‘p qavatli uyda 173 ta xonadon bo‘lishi belgilangan. Qorovul qo‘shinlari 2024-yilning may oyigacha bo‘lgan muddatda faqatgina 155 kishining uyi uchun boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Qolgan 18 nafar kishining hatto ism-familiyasi ham berilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Qurilish to‘xtab qolishiga asosiy sabab bu emas. Biz dastlabki 110-shartnomada boshlang‘ich to‘lovdan tashqari, qurilish davomida oyma-oy pul to‘lab berilishi kerakligini aytganmiz va shunga kelishganmiz. Qorovul qo‘shinlari masʼullari uy qurilishini boshlang, qurilish davomida sizga kredit olishda yordam beramiz deyishgandi. Ammo olib berishmadi. Bizga dastlabki 25 foizlik badal to‘lovini to‘laguncha 2 ta uyning tom qismini ham yopib bo‘lgandik. Shartnoma shartlari biz tomondan buzilmagan, deydi Suyun aka.

    Quruvchining aytishicha, ayni kunda muammoning yechimi xonadon egalarining ipoteka krediti rasmiylashtirib, to‘lovni amalga oshirishiga bog‘liq.

    Bahriniso Xoliqova.
    Foto: “Daryo”
    Uyning kadastr hujjati bo‘lmasa biz bankdan qanday qilib ipoteka krediti olamiz. Pulni qayerga to‘laymiz? Marhamat bizga kadastr qilib berishsin, biz to‘lovni qilishni boshlaylik. Shaxsan men bankka bordim, hozir kredit bermaymiz deyishyapti. Pulimiz bo‘lsa tayyor uy olardik, pulimiz yo‘qligi uchun kredit olyapmiz, deydi Bahriniso Xoliqova.
    Foto: “Daryo”

    Quruvchi Suyun Rahmonovning maʼlumot berishicha, u ayni paytda shu 4 ta uy qurilishi uchun xonadonlar uchun to‘lab berilgan 10-12 milliard so‘mdan tashqari o‘z mablag‘lari hisobidan yana 50 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan. Ayni kunda 4 ta domning kamchiliklari bitib, kadastrga tayyor bo‘lishi uchun yana 10 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ zarur.

    Foto: “Daryo”
    Uy bitishining kechikishi shaxsan menga katta zarar bo‘lyapti. Shu imoratlarga tikilgan pulim muzlab yotibdi. Sizlarga shartnoma qilingan paytda uyning kvadrat metrini 3 million 990 ming so‘mdan hisoblab berganmiz. Hozir tan narxning o‘zi 6 million so‘mdan oshyapti, deydi quruvchi murojaatchilar savoliga javob berar ekan.
    Shavkat Abbosov.
    Foto: “Daryo”

    Shavkat Abbosov ismli sobiq harbiy xizmatchining aytishicha, bu yerdan xonadon xarid qilganlarning aksariyati hozirgi kunda ijarada yashaydi. Olayotgan pensiyasi ijaraga, yangi uy to‘loviga va yashashiga yetmaydi.

    Temur Altayev.
    Foto: “Daryo”
    Bu uy hali beri bitmasa kerak. Uyning kadastr hujjati chiqsa, biz ham to‘lov qilamiz. Lekin kadastrsiz qanday to‘lov qilamiz, deydi boshqa murojaatchi Temur Altayev.

    “Daryo” jurnalisti yuzaga kelgan holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi, shuningdek vazirlik qoshidagi qorovul qo‘shinlari masʼullari bilan suhbatlashib, vaziyatga aniqlik kiritishga urindi. Biroq Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bu borada jurnalistning savoliga faqat yozma tarzda murojaat qilinsagina javob berishini bildirdi.

    23.08.2024, 18:19   Izoh (0)   13862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Ozarbayjon Yevropaga “yashil” energiya eksport qilish bo‘yicha loyihani tezlashtiradi

    23.08.2024, 17:41

    2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 26 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

    23.08.2024, 17:20

    O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari biznes vakillari bilan uchrashdi

    23.08.2024, 17:04

    “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” jarimaga tortildi

    23.08.2024, 16:20

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    23.08.2024, 16:07

    O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi

    23.08.2024, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.