O‘zbekistonda yirik qurilish tashkilotlari ulushi 27,6% ga yetdi. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 26 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 28,7% ga o‘sgan.
Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 27,6% ni tashkil etgan.
Avvalroq Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-iyun oylarida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 10,1% ga o‘sgani haqida xabar bergandi.
Jumladan, o‘sish sur‘atlari bino va inshootlar qurilishida 111,9% ni, fuqarolik obyektlari qurilishida esa 110,9% ni tashkil etgan.
Izoh (0)