21-avgust kuni Moskvada Rossiya va Xitoy hukumat rahbarlarining navbatdagi 29-uchrashuvi doirasida Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Tsyan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot eʼlon qilindi.
“Rossiya va Xitoy sportni siyosiylashtirishga va sportchilarni fuqaroligi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodlari, irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra kamsitish vositasi sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi. Jahon hamjamiyatini sport qadriyatlariga javob beradigan teng huquqli xalqaro hamkorlikka undaydi”, deyiladi hujjatda.
Shuningdek, tomonlar SHHT va BRIKS assotsiatsiyalari va ular shafeligida o‘tkazilayotgan tadbirlarning mamlakatlar o‘rtasidagi sport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, olimpiya, noolimpiya, paralimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishdagi roliga katta ahamiyat berishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya delegatsiyasi Parijdagi Olimpiadada ishtirok etmadi.
Izoh (0)