Toshkentning to‘rt tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi, o‘ng mingdan ortiq xonadon gazsiz qoladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
![](/static/2024/08/21/gaz-8-T-B69f.jpg)
Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor, Shayxontohur, Mirobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 21-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
- Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha)
Aholi iste’molchilari soni: “Orzu”, “Quyosh” va “Chustiy” MFYlaridagi 40 ta ko‘p qavatli uydagi 4604 ta xonadon;
Ulgurji iste’molchilar soni: 35 ta.
- Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha)
Aholi iste’molchilari soni: Huvaydo, S-27 va S-26 dahalaridagi 60 ta yerli xonadon va 66 ta ko‘p qavatli uydagi 2588 ta xonadon;
Ulgurji iste’molchilar soni: 38 ta.
- Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni: “Beltepa” MFYdagi 582 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 487 ta xonadon;
“Ipakchi” MFYdagi 1103 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 447 ta xonadon;
“Katta Jarariq” MFYdagi 1032 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 346 ta xonadon;
“O‘zbekiston” MFYdagi 1171 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uydagi 19 ta xonadon;
“Eski Jarariq” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 662 ta xonadon;
“Yangi Jarariq” MFYdagi 454 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 434 ta xonadon;
Ulgurji iste’molchilar soni: 176 ta.
- Mirobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni: “Chinor” MFYdagi ko‘p qavatli uylardagi 660 ta xonadon;
Ulgurji iste’molchilar soni: 20 ta
- Yashnobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni: “A.Yassaviy” MFYdagi 4 ta ko‘p qavatli uylardagi 336 ta xonadon
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.
Izoh (0)