Janubiy Koreya 2024-yilgi Olimpiada ishtirokchilari orasidan Fransiyadan uyga qaytgan sportchi va murabbiylarda turli hasharotlarni (burga, kana) aniqlash uchun maxsus o‘rgatilgan iskovuch itdan foydalanmoqda.
The Independent nashrining xabar berishicha, it Incheon xalqaro aeroportida xizmatga shay bo‘lib turibdi. Bu Parij Olimpiadasida bo‘lgan sportchilar, rasmiylar va ishqibozlarning qaytishi chog‘ida mamlakatga mayda hasharotlar kirib kelish xavfini kamaytirish maqsadida qilinmoqda.
Zararkunandalarga qarshi kurashuvchi Cesco kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Seko laqabli it hasharotlardan chiqadigan hidlarni aniqlashga o‘rgatilgan mamlakatdagi birinchi va hozircha yagona jonivor hisoblanadi.
Kompaniya vakili Kim Min Suning aytishicha, Seko standart mehmonxona xonasini ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida tekshirib chiqishga qodir.
“Zararkunandalarga qarshi kurash kampaniyasi Janubiy Koreyaning Xavfsizlik va transport vazirliklari hamda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda”, deyiladi postda.
Izoh (0)