Kyolnda 7 mingga yaqin odam Ikkinchi jahon urushidan qolgan snaryad topilgani sababli uylarini tashlab ketishga majbur. Bu haqda Bild nashri yozmoqda.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Porz-Vestxoven hududida qurilish ishlari olib borilayotganda Amerikada ishlab chiqarilgan 20 tonnali bomba topilgan.
1 km radiusdagi aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Jami 7 mingga yaqin fuqaro — poliklinika bemorlari, qariyalar uyi va yuk stansiyasi xodimlari evakuatsiya qilindi. Voqea joyida portlovchi moddalarni yo‘q qilish bo‘yicha xodimlar ishlamoqda.
O‘tgan haftada Kyolnda Ikkinchi jahon urushidan qolgan ikkita bomba topilgan va zararsizlantirilgandi.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi oxirida Germaniyaga 2 milliondan ortiq turli kalibrli bombalar tashlangan, ularning 10-20 foizi portlamagan.
Izoh (0)