Latviya Ukrainaga 500 ga yaqin dronlarni topshiradi. Ular allaqachon jo‘natish uchun tayyorlab qo‘yilgan. Bu haqda Latviya mudofaa vaziri Andris Spruds ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
“Navbatdagi dronlar partiyasi tayyor. Latviyada ishlab chiqarilgan 500 ga yaqin dron ukrainaliklarga turli jangovar topshiriqlarni bajarishda yordam beradi”, deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina bunday yordamni dronlar koalitsiyasi doirasida oladi. Mazkur tashabbusga Buyuk Britaniya va Latviya yetakchilik qilmoqda.
Avvalroq Ukraina harbiy dronlari Belarus havo hududini buzib kirgani xabar berilgandi. Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko 10-avgust kuni Shklov tumaniga ish safari chog‘ida mamlakat havo hududiga kirib kelgan ukrain dronlari yo‘q qilinganini aytib o‘tgan. Ushbu ko‘rinishdagi havo hujumi Belarusdan tashqari Rossiyaning janubi-g‘arbiy qismlarida ham kuzatilgan.
Izoh (0)